Energetika, neft va gaz sohasida davlat nazorati


Download 117.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi117.72 Kb.
#209803
  1   2
Bog'liq
3-mavzu



 

MAVZU №3 

ENERGETIKA, NEFT VA GAZ SOHASIDA DAVLAT NAZORATI 

Reja: 

3.1. Energetika sohasida davlat nazorati. 

3.2. Neft va gaz sohasida davlat nazorati. 

 

3.1. Energetika sohasida davlat nazorati 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «O‘zbekiston  Respublikasi  yoqilg‘i  - 

energetika  tarmog‘ini  boshqarish  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora  -  tadbirlari 

to‘g‘risida»  2019-yil  1-fevraldagi  PF-5646-son  farmoniga  muvofiq  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi  huzuridagi  Elektr  energetikada  davlat  nazorat 

inspeksiyasi (“Uzdavenergonazorat” inspeksiyasi) O‘zbekiston Respublikasi Energetika 

vazirligi  huzuridagi  Elektr  energetikada  nazorat  inspeksiyasi  (“O‘zenergoinspeksiya”) 

sifatida qayta tashkil etildi. 

Qayta tashkil etish natijasida: 

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-son 

qarori bilan “Uzenergoinspeksiya”ning yangi nizomi tasdiqlandi; 

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son 

qaroriga  o‘zgartirish  kiritish  orqali  “Uzenergoinspeksiya”  elektr  energetika  sohasida 

davlat nazoratini olib boruvchi organ etib belgilandi. 

Yangi  nizom  bilan  bilan  “Uzenergoinspeksiya”ning  asosiy  vazifa  va  funksiyalari 

kengaydi.  Avval  “Uzdavenergonazorat”  inspeksiyasida  asosiy  3  ta  vazifa  qo‘yilgan 

bo‘lsa, hozirda “Uzenergoinspeksiya” oldida quyidagi 6 ta asosiy vazifa qo‘yildi: 

-  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  (aholidan  tashqari)  elektr  va  issiqlik 

energiyasini  ishlab  chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  iste’mol  qilish,  shuningdek, 

ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ - huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va 

normalar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

-  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  (aholidan  tashqari)  elektr  va  issiqlik 

energiyasini  ishlab  chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  iste’mol  qilish,  ko‘mirdan 



foydalanish  xavfsizligini  ta’minlash  sohasida  oldini  olish  chora-tadbirlari  ishlab 

chiqilishi  va  amalga  oshirilishi,  shuningdek,  elektr  energetika  ob’ektlari  va 

iste’molchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan, 

elektr  energetika  ob’ektlari  ishida  texnologik  buzilishlar  (avariyalar)ning  oldini  olish 

chora - tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga 

oshirish; 

-  iqtisodiyotning  bazaviy  tarmoqlarini  rivojlantirish  konsepsiyalari  va  davlat 

dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, ularning energiya samaradorligini oshirish va 

energiya  sarfini  kamaytirish,  shu  jumladan,  elektr  va  issiqlik  energiyasini  ishlab 

chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  iste’mol  qilish,  shuningdek,  ko‘mirdan  foydalanish 

jarayonlarini  samarali  tashkil  etish  masalalari  bo‘yicha  takliflarni  ishlab  chiqishda 

ishtirok etish

-  elektr  va  issiqlik  energiyasini  ishlab  chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  iste’mol 

qilish,  shuningdek,  ko‘mirdan  foydalanish  sohasida  normativ-huquqiy  aktlar  va 

normativ hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etish; 

-  elektr  va  issiqlik  energiyasini  ishlab  chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  iste’mol 

qilish,  shuningdek,  ko‘mirdan  foydalanish  xavfsizligi  tizimining  barqaror  ishlashini 

ta’minlash va doimiy takomillashtirish ishlarini tashkil etish

-  elektr  va  issiqlik  energiyasini  ishlab  chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  iste’mol 

qilish,  shuningdek,  ko‘mirdan  foydalanish  jarayonlarini  oqilona  va  samarali  tashkil 

etishni ta’minlash doirasida ishlar amalga oshirilishiga ko‘maklashish. 

Yuqoridagilardan  tashqari,  hozirda  “Uzenergoinspeksiya”  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha, aholi bundan  mustasno, pulli asosda quyidagi 

xizmatlarni ko‘rsatadi: 

-  elektr  energetika  ob’ektlari  va  iste’molchilarning  rahbarlari,  elektr-texnik  va 

issiqlik texnikasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish

-  issiqlik  energiyasini  ishlab  chiqarish,  uzatish,  taqsimlash  va  iste’mol  qilish, 

shuningdek,  ko‘mirdan  foydalanish  sohasida  normative  -  huquqiy  hujjatlarni, 

shuningdek,  texnik  qoidalar  va  normalarni,  elektr  va  issiqlik  xavfsizligi  masalalari 



bo‘yicha  axborot  va  metodik  adabiyotlarni,  plakatlar  va  boshqa  bosma  mahsulotlarni 

nashr etish va tarqatish

-  yangi  va  rekonstruksiya  qilingan  elektr  qurilmalarini  sinovdan  (o‘lchovdan) 

o‘tkazish; 

- elektr va issiqlik energiyasini oqilona va uzluksiz ishlab chiqarish va uzatish va 

taqsimlashni  ta’minlash  yuzasidan  elektr  energetika  ob’ektlarini  va  elektr  va  issiqlik 

energiyasidan  samarali  foydalanish  yuzasidan  iste’molchilarni  energetik  tekshirishdan 

o‘tkazish; 

-  iste’molchilar  tomonidan  reaktiv  energiyani  kompensatsiya  qilish  bilan  bog‘liq 

ishlarni tashkil etish va bajarish; 

-  elektr  uzatish  havo  liniyalarini,  shuningdek  magistral  neft  va  gaz  quvurlarini 

respublikaning borish qiyin bo‘lgan hududlarida ishlatish jarayonida ularni uchuvchisiz 

ko‘zdan kechirishni belgilangan tartibda tashkil etish; 

-  elektr  qurilmalari  (issiqlik  qurilmalari)  ulanishga  buyurtmanomalar  tayyorlash 

yuzasidan  elektr  qurilmalarini  (issiqlik  qurilmalarini)  elektr  (issiqlik)  tarmoqlariga 

texnologik  ulash  bo‘yicha  xizmatlar  ko‘rsatish,  energiya  ta’minoti  (issiqlik  ta’minoti) 

tashkilotlari  tomonidan  berilgan  texnik  shartlarni  ularning  qonun  hujjatlari  talablariga 

muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish, shuningdek, asoslangan rad etishlarni tayyorlash va 

hakamlik sudlarida ishtirok etish; 

elektr  ta’minoti  shartnomalarini  tuzishda  xizmatlar  ko‘rsatish  (uni 



rasmiylashtirishning  to‘g‘riligini  tekshirish,  zarur  shartlar  va  texnik  tavsiflarning 

qonunchilikka  muvofiqligini  to‘liq  hajmda  aks  ettirish),  shuningdek,  nizoli  vaziyatlar 

yuzaga kelganda energiya ta’minotining amaldagi shartnomalarini tahlil qilish; 

-  elektr  ta’minotining  joriy  holatini  tahlil  qilish  (yuklama  yo‘nalishining  tahlili, 

nazorat 

qilishning 

avtomatlashtirilgan 

tizimi 


joriy 

etilishining 

iqtisodiy 

samaradorligining  hisob-kitobi  hamda  elektr  energiyasi  va  reaktiv  quvvat 

kompensatsiyasi tizimlari hisobini yuritish). 


Download 117.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling