Standartlarni elon qilish, tarqatish va nashr etish Hamidova Mardona Masharifova Go’zal


Download 1.12 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1503728
Bog'liq
Mardona va Go\'zal slayidi


Standartlarni elon qilish, tarqatish va nashr etish
Hamidova Mardona
Masharifova Go’zal

23-modda. Standartlarni e’lon qilish, tarqatish va nashr etish Milliy standartlarni e’lon qilish va shartnoma asosida tarqatish Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi. Milliy standartlar davlat tilida e’lon qilinishi kerak. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning, shuningdek xorijiy mamlakatlarning standartlari va boshqa nashrlari keyinchalik davlat tiliga rasmiy tarjima qilingan holda, ushbu tashkilotlarning rasmiy tillaridan birida qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning standartlarini nashr etish hamda tarqatish standartlashtirish bo‘yicha xalqaro yoki mintaqaviy tashkilot belgilagan tartibda va shartlar asosida Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlarning standartlarini nashr etish va tarqatish mazkur davlatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy organlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi. Chet el huquq egalari bilan tuzilgan litsenziyaga oid shartnomalarda, shuningdek xalqaro shartnomalarda va boshqa xalqaro huquq normalarida xalqaro (mintaqaviy) standartlardan, xorijiy mamlakatlarning standartlaridan pulli asosda erkin foydalanish nazarda tutilgan va (yoki) ushbu standartlardan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan hollarda, Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tegishli hujjatlarni taqdim etganlik uchun to‘lov miqdori hamda ularni tarqatish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling