Energetika, neft va gaz sohasida davlat nazorati
Neft va gaz sohasida davlat nazorati
Download 117.72 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
3.2. Neft va gaz sohasida davlat nazorati
“O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar tartibi
“O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” (“O‘zneftgazinspeksiya”) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 24 -iyunda qabul qilingan 520-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. “O‘zneftgazinspeksiya” neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. Davlat nazoratini amalga oshirishda “O‘zneftgazinspeksiya” hukumat qarorlari va qonunchilik bilan belgilangan quyidagi tartib va tamoyillarga amal qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli farmoniga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish, ular tomonidan qonunbuzarlik sodir etish “xavfini tahlil etish tizimi”ni joriy etish tartibi to‘g‘risidagi “O‘zneftgazinspeksiya” boshlig‘ining 2019-yil 5-iyuldagi 57- son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va savdo-sanoat palatasi raisi bilan kelishilgan nizomda belgilangan tanlash tamoyillariga asosan amalga oshiriladi. Tekshiruvlar bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan, shuningdek 2018-yil 7-noyabrda Adliya vazirligida ro‘yhatga olingan 3067-sonli “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom” bilan belgilangan tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’ektida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan, shuningdek 2018-yil 30-noyabrda Adliya vazirligida ro‘yhatga olingan 3093-sonli “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizom”ga asosan yagona tizimda majburiy tarzda ro‘yhatdan o‘tkaziladi. Tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik
sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida va maxsus kod orqali amalga oshiriladi.
1. “Uzenergoinspeksiya” ning asosiy vazifalari nimadan iborat?
2. Neft va gaz sohasida davlat nazorati deganda nima tushuniladi? 3. Energetika sohasida davlat nazorati qanday amalga oshiriladi? 4. “Uzenergoinspeksiya” qanday xizmatlarni ko‘rsatadi? 5. “Uzenergoinspeksiya” faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari? Download 117.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling