Energetika va radioelektronika
Akkumulyator batareyalarning turi hisoblash va sonini tanlash
Download 1.5 Mb.
|
Muqobil amaliy mashg`ulot lotin 2022 EEE
Akkumulyator batareyalarning turi hisoblash va sonini tanlash
Umumiy maqsadda ishlatiluvchi germetiklangan akkumulyatorlar Germetizatsiyalashtirilgan – gel akkumulyatorlari «Vash solnechnыy dom» firmasida ishlab chiqariladi va asosan kam quvvatli nasoslarni, hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Bu xildagi akkumulyatorlar boshqalariga qaraganda ancha arzon bo‘lib, barcha telekomunikatsiyalarni, nasoslarni biron xalokat mobaynida elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun zaxira elektr manbai xisobida qo‘llaniladi. Batareyalar bufer rejimida, ya’ni zaryadlanish rejimida 10-12 yil davomida xizmat qilishi mumkin. Takrorlanuvchi va qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan elektr manbai sifatida eslatilgan akkumulator batareyalari eng yaxshisi deb xisoblanadi. Ularning ishlab chiqarilish texnologiyasi yo‘lga qo‘ylgan bo‘lib, foydalanuvchilarni uzluksiz ta’minlanish imkoniyatiga ega. Akkumulyator batareyasining sig‘imi. Akkumulyator batareyasida (AB) saqlanishi mumkin bo‘lgan energiya miqdori uning sig‘imi deb ataladi va A*soatlarda o‘lchanadi. 100 A*soat sig‘imga ega akkumulyator batareyasi yuklamani 1 A tok bilan 100 soat davomida, yoki 4 A tok bilan 25 soat davomida ta’minlashi mumkin. Akkumulator batareyasining sig‘imi razryad toki ortishi bilan pasayishi mumkin. ABlaring xizmat muddatini oshirish uchun uning foydananiluvchi sig‘imi, qayta zaryadlash maqsadida maksimal sig‘imidan qamroq bo‘lishi kerak. Agar AB ning 50% energiyasi foydalanilsa u «chuqur razryadli» akkumulator sifatida hisobga olinishi mumkin. Qo‘rg‘oshin – kislotali akkumulatorlar avtonom elektr energiyasi bilan taminlash tizimlarida agar 20% gacha razryadlanadigan bo‘lsa 300 dan 5000 martagacha qayta zaryadlanish imkoniga ega. Nikel – kadmiy akkumulatorlari 50000 martagacha qayta zaryadlanishi mumkin. AB ortiqcha zaryadlansa u ishdan chiqishi mumkin. Kislotali AB bir element maksimal kuchlanishi 2,5 V bo‘lishi mumkin. 12 V AB uchun maksimal kuchlanish 15 V tashkil qiladi. Kam quvvatli nasoslarni elektr energiyasi bilan taminlash uchun akkumulatorlarni quyosh batareyasi bilan zaryadlashda AB ni to‘g‘ri zaryadlash va zaryadlash protsessini nazorat qilib borish uchun elektron kontrollyordan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi. AB ning o‘z-o‘zidan razryadlanishi. Bu xol barcha akkumulator xillariga taaluqli. O‘z-o‘zidan razryadlanish akkumulatorda saqlaniluvchi energiya hajmining vaqt davomida kamayishi bilan aniqlanadi. Energiya hajmining 24 soat ichida nikel – kadmiy akkumulatorlari uchun 10% kamayishi, qo‘rg‘oshin – kislotasi akkumulatorlar uchun esa bir yilda 40% kamayishi 20-40 °S xaroratda yo‘l qo‘ilgan ko‘rsatkich xisoblanadi. O‘z-o‘zidan – razryadlanish asosan musbat elektrodda kislorod ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun AB larni salqin joyida saqlash tavsiya qilinadi. Avtomobil akkumulyatorlari. Avtomobil akkumulyatorlari arzon bo‘lishiga qaramasdan, ko‘p kamchilinlarga ega, jumladan ventilyasiya qilinishi yoki salqin joyda saqlanishi lozim. Bundan tashqari juda yuqori o‘z-o‘zidan razryadlanish xususiyatiga ega, xamda zararli gaz chiqarishi, elektroliti to‘kilishi mumkin. Avtomobil qisqa vaqt ichida juda katta bir necha 100 A tok berishga mo‘ljallanganligi uchun doyimiy to‘liq zaryadlangan bo‘lishi kerak. Xizmat muddati esa past. SHu sababli avtonom elektr manbasi sifatida, uzluksiz uzoq vaqt davomida istemolchini elektr energiyasi bilan taminlash uchun deyarlik yaroqsiz. Quyosh batareyalari yordamida zaryadlash uchun eng qulay germetik gel AB xisoblanadi. Har bir talaba o‘z yashash xonadonining elektr energiyasi iste’molidan kelib chiqib yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib xonadoniga o‘rnatiladigan quyosh panellari uchun akkumulyatorlar tanlaydi. Amaliy mashg‘ulot №4 Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling