Energetika va Radioelektronika
Download 0.96 Mb.
|
SLAYD 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatik rostlash sistemalariga qo‘yiladigan talablar. Re’ja 1. Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar. 2. Rostlashning sifati va vaqti
- Statik xato
- Avtomatik rostlash sistemalari Avtomatik rostlagich
- Astatik rostlagich
- FOYDANILGAN ADABIYOTLAR VA SAYTLAR 3.ARXIV.UZ 2. STUDEN.JIZPI.UZ 3.BOSHQARISH NAZARIYASI
Jizzax Politexnika Instituti “Energetika va Radioelektronika “Fakulteti T J va I CH A va B kafedrasi 451-21 guruh talabasi Tursunov Diyorbekning Avtomatik bishqarish nazariyasi fanidan tayyorlagan slaydi Mavzu: Avtomatik rostlash sistemalariga qo‘yiladigan talablar. Bajardi: Tursunov.D Tekashirdi: Qarshiboyev.N 2023-yil Avtomatik rostlash sistemalariga qo‘yiladigan talablar. Re’ja 1. Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar. 2. Rostlashning sifati va vaqti 3.Avtomatik rostlagich Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar. Tashqi tasir etuvchi kuchlar ta’sirida muvozanatini yo’qotadigan, bu ta’sirlar bartaraf qilingandan so’ng o’zini boshlang’ich muvozanat holatiga qaytadigan sistemalar turg’un sistemalar deyiladi. Buning aksi esa turg’unlashmagan sistema hisoblanadi. Avtomatik rostlash sistemalarining vazifalariga ko’ra sistemalar turg’un bo’lishi talab etiladi. Bu o’z navbatida stabillash dasturli va ko’zatish sistemalariga ham tegishlidir. Ayrim hollarda sistemaning rostlanuvchi kattalikini berilgan qiymatga nisbatan chetga chiqish amplitudasi kichik bo’lgan so’nmas tebranishlar hosil qilsa, qoidadan chetga chiqishga yo’l qo’yiladi. Rostlashning sifati va vaqti, rostlashning dinamik va statik xatosi o’tish jarayonining so’nish darajasi ko’rsatkichlariga asoslanadi. Statik xato - rostlanuvchi kattalik va uning berilgan qiymati orasidagi farqhisoblanib jarayonni tugagandan keyingi qolgan xatodir. Dinamik xato - o’tish jarayonidagi rostlanuvchi kattalikning berilgan boshlang’ich qiymatidan maksimal chetga chiqish. So’nish darajasi - tebranish jarayonlarining intensiv holatini ifodaladovchi ko’rsatkich hisoblanadi va o’tish jarayonidagi uchinchi yarim davr amplitudasining birinchi yarim davr amplitudasiga bo’lgan nisbatiga teng. Avtomatik rostlash sistemalari Avtomatik rostlagich – bi-ron bir ob’ektning ish maromini (mas, stanokning tezligini) avtomatik tarzda rostlab turadigan qurilma. Avtomatik rostlagich ob’ektga va rostlovchi organga ulanadi. U quyidagi qismlardan iborat: 1) qabul qiluvchi organ; rostlanuvchi para-metr miqdrrining oʻzgarishini sezadi; 2) oraliq zveno; qabul qiluvchi qism harakatini kuchaytirib yoki oʻzgartirib, ma’lum qonuniyat asosida ijro etuvchi organga uzatadi; 3) ijro etuvchi organ; rostlovchi organga ta’sir etadi. Rostla-nuvchi parametrga qarab bosimni, temperaturani, namlikni, tezlikni, kuchlanishni, cha-stota va boshqalarni rostlovchi Avtomatik rostlagich lar boʻladi. Ijro etuvchi organining harakatlanish usuliga qarab Avtomatik rostlagich mexanik (shu jum-ladan, gidravlik, pnevmatik) va elektr xillarga ajraladi. Astatik rostlagich — rostlash tizimiga tashqi omil taʼsir qilganda ham rostlanuvchi miqdor qiymatini bir meʼyorda tutib turadigan avtomatik qurilma. Buning uchun rostlash sxemasiga integrallovchi zveno kiritiladi. Masalan, suv sathini astatik rostlash qurilmasida suv qancha sarf boʻlishidan qatʼi nazar, rostlanuvchi miqdor (suv sathi) faqat maʼlum qiymatdagina barqaror holatga keladi; bu holat rele oʻrta kontaktining neytral vaziyatiga mos keladi. Astatik rostlagich quyidagicha ishlaqdi: suv sarfi oshganda qalqovuch pastga tushib, yuqori kontaktni ulaydi, elektr dvigatel ishlay boshlaydi, zulfin ochiladi, suv kela boshlaydi. Suv sarfi kamayganda qalqovuch koʻtariladi va pastki kontaktni ulaydielektr dvigatel ishlab, zulfinni berkitadi, suv kelishi toʻxtaydi. Bu Astatik rostlagichni boshqa suyuqliklarga ham qoʻllash mumkin[1]. Integral (astatik) rostlagichlar deb rostlanayetgan parametr topshirilgan qiymatdan chetga chiqarish rostlovchi organning rostlanuvchi parametr chetga chiqishiga proporsional tezlikda harakat qilishiga aytiladi. Astatik rostlagichlar ishlatilganda rostlanuvchi parmetrning muvozanat qiymati yuklamaga bog’liq emas va statik xato nolga teng bo`ladi. Agar rostlanayetgan kattalik berilgan qiymatidan chetga chiqsa astatik rostlagich rostlovchi organi rostlanuvchi kattalik qiymati topshirilgan darajaga yetguncha harakatgakeltirib turadi. O`zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg’un emas, shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi. FOYDANILGAN ADABIYOTLAR VA SAYTLAR 3.ARXIV.UZ 2. STUDEN.JIZPI.UZ 3.BOSHQARISH NAZARIYASI Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling