Energetika va sanoatni axborotlashtirish


Mehnat faoliyati xavfsizligi


Download 0.7 Mb.
bet11/12
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1619192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4 kurs ishi Boyxonov.M BN

Mehnat faoliyati xavfsizligi
Mehnat sharoitlarini me'yorlashtirish, ishchilar uchun sog'lom va xavfsiz ish sharoitini ta'minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib ular ma'lum bir sistemaga solingan. Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me'yorlari talablariga muvofiq bo'lishi lozim. 1. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) haqida umumiy ma'lumotlar MXST- bu ish faoliyati davomida ishchilarni sog'ligi va hayotini saqlash, xavfsiz ish sharoitlarini yaratishni ta'minlashga qaratilgan sanitariya-gigiyena, metrologik, tashkiliy-texnik qoida va me'yor talablardan tashkil topgan o'zaro bog'langan standartlar kompleksidir. MXST ning asosiy maqsadi- mehnat sharoiti xavfsizligini standartlashtirish bo'yicha yagona davlat siyosatini olib borishga yo'naltirilgan o'zaro bog'langan standartlar kompleksini o'rnatish. Mehnat xavfsizligi talablarini standartlashtirish bo'yicha ishlar ikki yo'nalishda olib boriladi:
1. xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha talablarni aks ettiruvchi maxsus standartlarni ishlab chiqish; 2. standartlar va texnik shartlarga “Xavfsizlik talablari” degan maxsus bo'lim kiritish. Birinchi yo'nalish mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) ni ishlab chiqishda amalga oshiriladi. O'z MXST ning ta'sir doirasi quyidagi standartlashtirish ob'yektlarini o'z ichiga oladi: 0- asosiy holat va umumiy tashkiliy- metodik asoslari; 1- mehnat xavfsizligini metrologik ta'minlash;
2- mehnat sharoiti xavfsizligini ta'minlash ishlarini tashkil etish bo'yicha umumiy xolat;
3- ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillarini klassifikatsiyalash;
4- mehnat xavfsizligi bo'yicha terminlar va asosiy tushunchalarni aniqlash;
5- ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari bo'yicha mehnat xavfsizligini me'yor va talablari (elektrxavfsizlik, yong'in va portlash xavfsizligi, gigiyenik va umumiy talablar);
6- ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarini me'yoriy ko'rsatkichlari;
7- ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarini nazorat metodlari (o'lchash, sinash, taxlil qilish);
8- ishlab chiqarish jihozlariga, avtomat va yarim avtomat rejimida ishlaydigan ishlab chiqarish jihozlari guruhlariga xavfsiz ishlashni umumtexnik talablari va yana bu talablarni bajarilishini nazorat qilish va baholash usullari;
9- ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik jarayonlar qo'rinishiga umumtexnik xavfsizlik talablari va bu talablarni bajarilishini nazorat qilish va baholash usullari; 10-ishchilarni himoya qilish vositalari klassifikatsiyasi Hozirgi kunda 370 nomdagi davlatlararo standart (GOST) lar ishlamoqda. Asosiy holatlarni tartibga soluvchi O'zbekiston davlat standartlari ham qabul qilingan. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga “12” shifri berilgan va u 0 dan 9 gacha raqamlardan iborat shifr osti tizimlardan tashkil topgan. 6 – 9 tizimlari hozircha zahira hisoblanadi.

Xulosa
Men “Boshqarish nazariyasi” fani haqidagi bilimlarimni yanada sayqallash uchun ushbu fan bo`yicha chuqurroq yondashdim.” Raqamli avtomatik boshqarish sistemalari” mavzusi bo`yicha kurs ishi tayyorlash mobaynida o`zimga notanish bo`lgan ma`lumotlar haqida tanishib chiqdim.Mavzuni yoritish davrida turli yangi formulalar boshqarish sistemalariga oid farqlar, uni fanga tadbiqi ,olimlarni yaratgan formulalari asosida teoremalari haqida o`rganib chiqib ushbu mavzu bo`yicha yetarli ma`lumotlarni oldim.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling