Energetika zaxiralaridan foydalanish jarayonlari
Download 19.61 Kb.
|
Energetika zaxiralaridan foydalanish jarayonlari
ENERGETIKA ZAXIRALARIDAN FOYDALANISH JARAYONLARI Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 2-yarmidan boshlab asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu omillar E.ni jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbobuskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. E. fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA I. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi milliy energetika resurslari saqlanishini, energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan umumiy huquqiy asoslarni shakllantirishdan iboratdir. Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Ushbu Qonun amal qiladigan soha Yuridik va jismoniy shaxslarning yoqilg‘i qazib olish, yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyasi (matnda bundan buyon energiya deb yuritiladi) hosil qilish, ularni qayta ishlash, saqlash, tashish, taqsimlash va sarflash (matnda bundan buyon energiya hosil qilish va uni sarflash deb yuritiladi) bilan bog‘liq faoliyati ushbu Qonun amal qiladigan soha hisoblanadi E'tiboringizni 8-moddaning birinchi qismi: «energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)» mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilganiga qaratmoqchimiz. 10-moddaning matni esa quyidagicha tahrir etildi: «Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: - davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish; - iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning hosil qilinishini va sarflanishini barqarorlashtirish; - energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi rejimlarini maqbullashtirish, uning hisobga olinishini tashkil etish; - energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar hamda energiya sarfi miqdori eng kam bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish; - energiya hosil qiluvchi va energiyani ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga doir normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik ko‘rsatkichlarini kiritish; - energiyaning sifati, ishlab chiqarishning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi hamda mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish; - korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi tekshiruvlarini tashkil etish; - mahsulotning, ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob'ektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini o‘tkazish; - energetika jihatidan samarador bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik namoyish etiladigan zonalarni barpo etish; - energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni hamda ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni pag‘batlantirish; - energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish»; O’zbekiston Energetikasi Haqida Ma’lumot O’zbekistonning energetika bozori haqida umumiy ma’lumot. 2018 yil boshida. O’zbekistonda yiliga 60 mlrd. KVt / s elektr energiyasi ishlab chiqariladi, shundan 10% gidroelektrostantsiyalar va 90% issiqlik elektr stantsiyalari tomonidan ishlab chiqariladi. Mamlakatda elektr iste’moli har yili ortib bormoqda. Agar 2000 yilda bir oilaning oylik iste’moli 114 kVt / soatni tashkil qilsa, 2016 yilga kelib u 35% ga oshdi va 160 kVt / soatga yetdi. 2017 yilning 16 iyulidan boshlab Qirg’iziston O’zbekistonga 1,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini eksport qilmoqda. Bir kilovatt-soat narxi 2 tsent. Avvalroq «O’zbekenergo» vakillari vakillari Qirg’izistondan arzon elektr energiyasi etkazib berish energiya tizimining ishlashini optimallashtirish va qishloq xo’jaligini elektr energiyasi evaziga olingan suv resurslari bilan ta’minlash uchun amalga oshirilayotganini aytdi. Ayni paytda elektr energiyasining muqobil manbalarini joriy etishni jadallashtirish O’zbekiston hukumati va «O’zbekenergo» DAKning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli MChJ SHAMS ilmiy markazi bir necha yillar davomida muqobil elektr energiyasidan foydalanish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi energetika sohasini o’rganib chiqdi. Quyosh energiyasi: Nomidan ko'rinib turibdiki, bu energiya quyosh nuri yordamida elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Shuningdek, texnologik taraqqiyot tufayli quyosh energiyasi taniqli quyosh panellari va quyosh avtomobillarini keltirib chiqardi.
Neft, ko'mir yoki tabiiy gaz kabi qazilma yoqilg'ilar: Ushbu manbalar tez orada tugaydi va biz aytayotgan dunyo mintaqasiga qarab, ular mavjud bo'lmasligi ham mumkin. Agar atrof-muhit ifloslanishi haqida gapiradigan bo'lsak, uni ishlatish, rivojlantirish va tashish katta xavf tug'diradi va buning bir qismi aybdor. Yadro energiyasi: Atom energiyasi deb ham ataladigan bu energiya fizikada asosiy rol o'ynaydi va mening mamlakatimning asosiy energiya manbalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi 412-I-sonli Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-mayda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma'qullangan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2020-yil 14-iyul sanasida ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarni O‘RQ-628-son bilan imzoladi, Qonun rasman e'lon qilindi va e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi. Reja 1 Energetika 2 Umumiy qoidalar 3 Neft, ko'mir yoki tabiiy gaz kabi qazilma yoqilg'ilar Download 19.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling