@OYBEK_Alisherovich +998 90963-16-55 @Super_Biologiya_Uz
@OYBEK_Alisherovich +998 90963-16-55
ENERGIYA ALMASHINUVI. ATF. FOTOSINTEZ.
Moddalar almashinuvi – metabolizm – tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy
moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o`zgarib turishi. Moddalar
almashinuvi 3 bosqichda amalga oshadi:
1. Dastlabki bosqich – oziq moddalarning tirik organizmlar tomonidan o`zlashtirilishi
ya`ni ozuqani hazm bo`lishi;
2. Oraliq bosqich – hujayrada sodir bo`ladigan jarayonlar; (Fotosintez ham)
3. Oxirgi bosqich – hayot faoliyati natijasida hosil bo`lgan keraksiz
mahsulotlarning
tashqi muhitga
chiqarilishi;
Moddalar almashinuvi bir-biriga
qarama qarshi, lekin o`zaro bog`langan ikki jarayonni o`z
ichiga oladi:
1. Assimilyatsiya – anabolizm – plastik almashinuv – biologik sintez reaksiyalarining
to`plami – oddiy moddalardan murakkab moddalarning sintezlanishi – xloroplast plastik
almashinuv reaksiyalarida ishtirok etadi.
2. Dissimilatsiya – katabolizm – energiya almashinuvi – yuqori molekulyar
moddalarning parchalanishi – murakkab moddalardan oddiy moddalarning hosil bo`lishi
– mitoxondriya energiya almashinuv reaksiyalarida ishtirok etadi.
Tirik organizmlarda sodir bo`ladigan muhim jarayonlardan biri – bu ularning
aerob, ya`ni
kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda murakkab moddalarning kislorod ishtirokida
oksidlanishi natijasida ko`p energiya ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan ko`p energiya
organizmlarning
morfologik va fiziologik murakkablashishga imkon yaratadi.
Nafas olish hayvonlarda maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshadi.
O`simliklarda
esa maxsus nafas olish tizimi organlari bo`lmaydi.
Ular to`qima va organlari orqali nafas oladi.
Ozuqa moddalardan to`plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi
atomlarni bog`lovchi har xil kovalent bog`larda yig`ilgan bo`ladi.
Bir
molekula glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog`larda to`plangan energiya