13.6 – rasm. Texnik hisobga olish tizimida elektr energiya iste’molini hisobga olish: TP – transformator podstansiyasi; Wh – elektr energiya hisoblagichlari.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi, korxonalarni qayta modernizatsiya qilish, ularning alohida bo‘linmalarini texnologik jarayonlarga bog‘liq ravishda ajratish va tijorat tomonidan mustaqil, lekin ishlab chiqarishni energiya ta’minoti umumiy sxemasi orqali bog‘langan – tijorat va texnik asosida hisobga olish subabonentlari bir tizim doirasida birlashadi. Mos ravishda tijorat va texnik hisobga olish tizimi ENHAT lari alohida hamda yagona tizim sifatida ishlatilishi mumkin.
Ikki turdagi tijorat va texnik hisobga olish tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tijorat asosida hisobga olish tizimi konservativ tizim bo‘lib, u o‘rnatilgan energiya ta’minoti sxemasiga ega. Bu tizim uchun yuqori aniqlikdagi hisoblash asboblarini o‘rnatilishi talab qiladigan uncha katta bo‘lmagan iste’mol nuqtalarining bo‘lishi xarakterli, past va o‘rta pog‘ona ENHATlari vositalarining o‘zi esa O‘z Standart agentligining o‘lchash vositalari reestridan tanlanishi kerak. Bundan tashqari, tijorat asosida hisobga olish tizimlari majburiy tartibda muhrlanadi, bu korxona xodimi tomonidan nazarda tutilmagan operativ o‘zgartirishlarni kiritilishi mumkinligini cheklaydi. Texnik hisobga olish tizimi aksincha, ishlab chiqarishga o‘zgarayotgan talablarni aks ettirish bilan dinamik va doimo rivojlanmoqda. Texnik hisob asosida nazorat qilish tizimi O‘z Standart o‘lchash vositalari reestriga kiritilmagan asboblardan foydalanishga ruxsat etadi, lekin bunda tijorat va texnik hisobga olish tizimlaridan energiya resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar nobalansi sabablarini aniqlashtirilishiga bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkin. Energiya ta’minoti tashkilotlari hisoblagichlarida muxrlashning bo‘lmasligi korxona bosh energetigi xizmatiga energiya resurslarini texnik nazorat qilish va korxona energiya ta’minoti sxemasiga kiritilgan joriy o‘zgartirishlar, hisoblagichlari ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlarni kiritish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |