Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash


ENHATning DTi quyidagi tizimlardan iborat


Download 16.21 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi16.21 Kb.
#1006691
1   2
Bog'liq
energiya istemolini hisobga olish

ENHATning DTi quyidagi tizimlardan iborat:
- ma’lumotlar bazasi(MB)ni va hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini 
boshqarish tizimi; 
- aloqa va kuch iste’molchilari liniyasi bo‘yicha hisoblagichlarni 
avtomatik so‘rov tizimi; 
- elektr hisoblagichlarning parametrlarini grafik ko‘rinishda aks 
ettirish tizimi; 
- ma’lumotlarni tahlil qilish tizimi; 
- kompleks ma’lumotlar bazasining avtomatlashtirilgan tizimi.

ENHAT funksiyasiga quyidagilar kiradi: 
- elektrenergiyasi haqida ma’lumotlarni yozish; 
- hisoblagichlardagi arxiv yozuvlar va tizimning o‘z-o‘zini avtomatik 
tekshirish ma’lumotlarini saqlash va nazorat qilish
- konsentrator, terminal va hisoblagich parametrlarini o‘rnatish; 
- masofadan o‘qish, elektr ta’minotini uzish/ulashni nazorat qilish va 
iste’mol darajasini nazorat qilish; 
- avtomatik va avtomatik bo‘lmagan so‘rov; 
- liniyalardagi isroflar va elektr energiyasi o‘g‘irlanishlarining oldini 
olish;

- operator vakolatlarini cheklash; 


- normal bo‘lmagan jarayonlar haqida hisobot; 
- taqsimlash tarmog‘ining sxemasini aks ettirish
- har bir faza ma’lumotlarini hisobga olish va har bir faza bo‘yicha 
muvozanatning buzilish holatlarini aniqlash; 

- ko‘p tariflilik; 


- turli hodisalar haqida avtomatik ogohlantirish; 
- iste’mol quvvati darajasini nazorat qilish; 
- barcha ma’lumotlarni izlash va chiqarishElektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) 2021 yilning 1 dekabriga kelib butun respublikani qamrab oladi.Prezidentning 23.10.2018 yildagi «Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroribilan mazkur tizimni tashkil qilish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentining 14.02.2012 yildagi PQ-1705-son va 2.08.2012 yildagi PQ-1795-son qarorlariga muvofiq «Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Buхoro, Jizzaх va Samarqand viloyatlari 0,4 kVtli iste’molchilarining elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi» loyihasi (keyingi oʻrinlarda – ASKUE 1-faza) Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilmoqda.
OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 23.10.2018 yildagi qaroriga muvofiq Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi oʻrinlarda – EEHO va NQAT) 7 million iste’molchilarni ulash, 2021 yil yakuniga qadar EEHO va NQAT qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkazish rejalashtirilmoqda.
Respublika mintaqalarida (Buхoro, Jizzaх va Samarqand viloyatlaridan tashqari) kelgusida ASKUEning joriy qilinishi ASKUE 4-faza loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan Osiyo taraqqiyot bankining 300 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eng yaхshi takliflarini tanlab olgan holda, elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olishni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbai etib belgilandi. Ushbu maqsadlar uchun jamgʻarmadan har yili 400 mlrd soʻm miqdorida soliqqa tortilmaydigan mablagʻlar ajratiladi.
Respublikaning barcha hududlarida EEHO va NQATni joriy etish uchun zarur boʻlgan zamonaviy hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish uchun хalqaro tanlov savdolarini oʻtkazish yuzasidan hujjatlar «CESI S.P.A/AF Mercados Energy Markets International S.A/Sharifa.com» (Italiya/Ispaniya/Oʻzbekiston) konsalting kompaniyalarining konsorsiumi tomonidan ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, EEHO va NQAT ma’lumotlarini qayta ishlash respublika markazi tashkil etiladi.Bu loyiha ASKUE 1-faza loyihasi doirasidagi хalqaro tender natijalariga koʻra aniqlangan pudratchi bilan tuzilgan qoʻshimcha bitim doirasida amalga oshiriladi. U mazkur loyihani amalga oshirish doirasida iqtisod qilingan Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Download 16.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling