Energiya tamirlash sexida transformatorlarni tamirlash va sinash ishlarini tashkil etish


Transformatorlarni o‘zaro yuklanish usuli


Download 1.82 Mb.
bet19/26
Sana03.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1076605
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Transformatorlarni o‘zaro yuklanish usuli bo‘yicha sinashda ular parallel ulanadi. Agar parallel ulash shartlari bajarilsa, u holda ikkinchi chulg‘amdan hech qanday tok oqib o‘tmaydi, xar bir transformator tarmoqdan faqat yuksiz ishlash tokini iste’mol qiladi. Transformatorlarni yuklash uchun transformatorlarning ikkilamchi chulg‘am EYK orasidagi farq nolga teng bo‘lmasligi kerak. Agar u qisqa tutashuv kuchlanishi yig‘indisiga teng bo‘lsa, transformatorlar chulg‘amlaridan nominal elektr isroflarni xosil qiluvchi nominal tok oqib o‘tadi. Transformatorlar nominal kuchlanish bilan ishlagani sababli, po‘lat o‘zakdagi isroflar ham nominal bo‘ladi. O‘zaro yuklanish usuli yordamida sinashdagi isroflarni kompensatsiyalash uchun elektr ta’minoti manbasini parallel yoki ketma-ket ulash usullaridan foydalaniladi.
Ta’minot manbasini parallel ulash usuli parallel ulangan T1 va T2 transformatorlar yuqori kuchlanishli chulg‘amlarining turli ulanishlarida ishlaydi.
Quvvat isroflarni qoplovchi elektr energiya manbasining kerakli quvvati transformatorlar bir xil bo‘lganda:
,
bu erda SN transformatorning nominal quvvati, [kVA]; i0 – bitta transformatorning yuksiz ishlash toki, [%]; uk – bitta transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi, [%].

9– rasm. Asinxron mashinlarni o‘zaro yuklanish usulida sinashning prinsipial sxemasi
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu usulda har ikki transformatorda elektr isroflari bir xil bo‘lmaydi. O‘ramlar soni ko‘p bo‘lgan transformatorning yuqori kuchlanish chulg‘ami isrofi, o‘ramlar soni kamroq bo‘lgan yuqori kuchlanish chulg‘amli transformatordan katta bo‘ladi.
Quvvat manbasiga ketma-ket ulash usulini qo‘llaganda, T1 va T2 transformatorlarning birlamchi chulg‘ami (odatda, bu past kuchlanishli chulg‘am) kuchlanish manbasi 1ga ulanadi. Bu transformatorlar ikkilamchi chulg‘amlari orasida kuchlanish qo‘shuvchi transformator KQT ning ikkilamchi chulg‘ami ulangan va uning birlamchi chulg‘ami manba chastotasi bilan bir xil chastotaga ega bo‘lgan rostlanadigan kuchlanish manbasi 2dan ta’minlanadi. Kuchlanish qo‘shuvchi transformatorning ikkilamchi chulg‘ami sinalayotgan transformatorlar ikkilamchi chulg‘ami izolyasiya sinfidan kam bo‘lmagan izolyasiya kuchlanishi sinfiga ega bo‘lishi kerak.


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling