Energiya tamirlash sexida transformatorlarni tamirlash va sinash ishlarini tashkil etish
Yo‘l qo‘yiladigan xavfsiz kuchlanishlar
Download 1.82 Mb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Yo‘l qo‘yiladigan xavfsiz kuchlanishlar. Baxtsiz hodisalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, elektrjarohatlarning aksariyati kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarning himoyalanmagan qismlariga tasodifan tegib ketishi natijasida sodir bo‘ladi. Elektr qurilmadan foydalanilganda va atrof ishlab chiqarish muhitiga qarab (50-60 Gs) sanoat chastotali o‘zgaruvchan tokning 3 ta xavfsiz kuchlanishi o‘rnatilgan: Yuqori xavfsiz binolarda – 65 V. Yuqori xavfli binolarda – 36 V. O‘ta xavfli binolarda – 12 V. Ko‘pincha 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilma bilan ish qiluvchi xodimlarning elektrotok bilan shikastlanish holatlari yuz beradi negaki ular bunday kuchlanishni xavfsiz deb hisoblab, himoya vositalaridan asossiz foydalanishadi. U dan 36 V gachani nisbatan xavfsiz kuchlanish deb hisoblash qabul qilingan. U = 36 dan 60 V gacha kuyish va teridan og‘riqli qo‘zg‘atishini chaqiradi. U = 60 dan 100 V gacha jiddiy xavf chegarasi hisoblanadi va katta kuyishlar va nafas hamda yurak falajini hosil qiladi. 100 V dan yuqori kuchlanishli elektrotok inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Apparaturalar, asboblar va elektr qurilmani yig‘ayotganda xizmat ko‘rsatuvchi personalning qisqa uzilish yoki boshqa nosozlikda kuchlanish ostiga tushgan asbob korpusi yoki himoyalanmagan simlarga, tok o‘tuvchi qismlariga tasodifiy tegib ketishidan himoyaning maxsus choralari ko‘zda tutiladi. Elektroxavfsizlik shartlari tahlili Elektr aloqa tarmoqlari va 1000V gacha elektrqurilmalari. Elektr tarmoqlari va elektr qurilmalarini 2 guruhga bo‘lish qabul qilinadi: 1 guruh - 1000 V gacha kuchlanishli 2 guruh - 1000 V dan yuqori kuchlanishli Elektr tarmoqlari tokli quvurlar soni bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: Bir o‘tkazgichli, 2 o‘tkazgichli, 3 o‘tkazgichli, 4 o‘tkazgichli. Bir o‘tkazgichli tarmoqda rels yoki er ikkinchi o‘tkazgich sanaladi. Bu sxema bo‘yicha tramvaylar, elektrovozlar, gohida payvandlash qurilmalari ishlaydi. 2 o‘tkazgichli tarmoqlari - –oimiy va o‘zgaruvchan tok 1 fazali tarmoqlari. 3 o‘tkazgichli o‘zgaruvchan tok tarmoqlari - – zolyasiyalanadi yoki erga tutash neytralli 3-fazali tok tarmoqlari. 4 o‘tkazgichli tarmoqlari - –rga tutash neytralli va nolli o‘tkazgichli 3-fazali tok tarmoqlari.
Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling