Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha yo‘nalishlar Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar
Download 24.15 Kb.
|
11 Energiya tejamkor texnologiyalar
Mavzu: Energiya tejamkor texnologiyalar. Reja: Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha yo‘nalishlarEnergiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalarEnergiya iste’mol qilishning har bir sohasi o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining energiya samaradorlik dasturlariga ega, energiya audit o‘tkazish chog‘ida bajariladigan hisoblash ishlarida ularni kompleks holatda inobatga olish lozim bo‘ladi. Binolar va inshootlarning energiya is’temol qilishini etarlicha aniq hisoblash imkonini beruvchi metodlarni qo‘llash va energiya tejovchi texnologiyalarni tadbiq etish pozitsiyasidan turib vaziyatni tahlil qilib chiqish taqozo etiladi. Enegiya auditni o‘tkazish natijasida bino xonalaridagi mikroiqlim sharoitlarining komfortligi (shinamligi) yomonlashmasligi kerak, shuning uchun binoning energetik holatini, shu jumladan muhandislik tizimlarining texnik haolatini baholash uchun energiya auditni o‘tkazuvchi xodim binolar qurilishi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan muhandis saviyasiga, muhandislik tizimlariga, muhandislik jihozlashga, issiqlik-massa almashinuvi savollariga va issiqlik texnikasiga oid bilimlarga hamda turli joriy parametrlarni respublika va regional darajadagi me’yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘lchash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Energiya samaradorlik dasturi, issiqlik energetik xo‘jalik holati haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plashdan boshlanadi. Zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olmog‘i lozim: qurilish materiallari, devor konstruksiyalari, pollar, shiftlar, derazalar va eshiklarning issiqlik-texnik xarakteristkalarini; bino muhandislik tizimlari va energiya iste’mol qiluvchi jihozlar to‘g‘risida ma’lumot (axborot) ga ega bo‘lishni; xonalarning ichki mikroiqlim holatini o‘rganishni. Zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning jamlangan qiymatlari va hisoblash natijalariga ega bo‘lgan energiya servis ishlanmalar bo‘yicha tuzilgan hisobot energiya tejamkor tadbirlarni tadbiq etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Unda binolarda energiya tejash bo‘yicha texnik va iqtisodiy imkoniyatlar o‘z ifodasini topmog‘i zarur. Shuningdek, mazkur hisobotda energetik texnologiyalarni tadbiq etishdan olinadigan iqtisodiy, energetik, ekologik va boshqa natijalar ham ko‘rsatilishi kerak. Energiya samaradorlik dasturini bajarish uchun aniq ishlaydigan o‘lchash priborlarini tegishli tekshiruvlardan o‘tkazish taqozo etiladi. Energiya tejamkor tadbirlarni amalga oshirishda foydalanish (eksplutatsiya) va xizmat ko‘rsatish tizimlarini tadbiq etishga, xizmat ko‘rsatuvchi personalni tayyorlashga e’tibor qaratish talab etiladi. Aniqlikni oshirish uchun turli mavzularda ko‘p sonli o‘lchashlarni o‘tkazish zarur. Energiya audit loyihasi har bir bino uchun alohida ishlab chiqiladi. Energiya tejamkor tadbirlarning ko‘lami binoning eskirish darajasiga, qabul qilingan loyihaviy yechimlarga, binoni qurish paytida qo‘llanilgan texnologiyalarga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek ayrim binolar uchun katta ahamiyat kasb etmaydigan energiya tejaydigan tadbirlar talab etilsa, boshqa bir binolar uchun esa yirik masshtabli rekonstruksiya ishlari talab etiladi. Butun tekshirish jarayonini puxta, etarlicha aniqlik bilan o‘tkazish taqozo etiladi. Olingan axborot asosida talab etiladigan kapital mablag‘lar miqdori va zarur bo‘lgan eksplutatsion xarajatlar, erishiladigan foyda, tadbirlarning o‘zini oqlashi hisoblab chiqiladi. Enegiya tejamkorlik bo‘yicha tadbirlarni tadbiq etgandan keyin energiya servis ishlanmasidan olinadigan iqtisodiy samara, shuningdek, uzoq vaqt davomida energiya tejashni ta’minlash bo‘yicha erishiladigan iqtisodiy yutuq muhim ahamiyat kasb etadi. Binodan foydalanish va binodagi energiya tejaydigan jihozlar ustidan tashqi nazoratni o‘rnatishni ta’minlash taqozo etiladi. Hisoblash jarayonida quyidagi asosiy ma’lumotlarni olish talab etiladi: yil davomida energiyani iqtisod qilish (kvt/sm2 yil); iqtisodiy samara (so‘m/yil); energiya tejaydigan tadbirlarning umumiy narxi: energiya tejash bo‘yicha erishiladigan daromad va bu tadbirlarning o‘zini oqlash muddati. Download 24.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling