Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha yo‘nalishlar Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar


Энергия тeжaйдигaн тexнoлoгиялaрни тaдбиқ этиш бўйичa йўнaлишлaр


Download 24.15 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi24.15 Kb.
#1712903
1   2   3
Bog'liq
11 Energiya tejamkor texnologiyalar

Энергия тeжaйдигaн тexнoлoгиялaрни тaдбиқ этиш бўйичa йўнaлишлaр
Mavjud bo‘lgan, rekonstruksiya qilinadigan va loyihalanadigan binolar uchun energiya tejaydigan texologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutish mumkin, har bir yo‘nalish o‘zining konkret tadbirlariga ega bo‘ladi:

  • arxitekturaviy – tarhiy va konstruktiv yo‘nalishlar;

  • muhandislik tizimlari bo‘yicha tadbirlar;

  • ikkilamchi va yangilanadigan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tadbirlar.

Muhandislik tizimlarida asosiy e’tibor ularni jihozlashga qaratiladi. Loyihalanadigan bino uchun mo‘ljallangan energiya tejaydigan tadbirlar loyihaning majburiy bo‘limida ko‘zda tutilmog‘i lozim va bu tadbirlar amaldagi me’yorlarga muvofiq konkret xarakterga ega bo‘lishi kerak.
Tavsiyalar ishlab chiqish energiya servis ishlanmalarining muhim bosqichi deb hisoblanadi. Energiyadan foydalanishda, energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha asoslangan takliflarni olish uchun energetik tadqiqotlar olib boriladi. Energiya samaradorlikni oshirish energiya samarali jihozlarni tadbiq etish kabi ajoyib tadbirlar yordamida bajarilishi mumkin, ularni amalga oshirish vaqtida energiya ta’minoti tizimini o‘zgartirish, issiqlik va elektr energiyasini kompleksli ishlab chiqarish, sanoat chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanish singari tadbirlardan voz kechmaslik kerak, aksincha ularni maksimal qo‘llash taqozo etiladi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida ancha arzon energetik resurlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalarni energiya iste’mol qilish kategoriyalariga yoki o‘xshash muommalarning muqobil yechimlariga nisbatan bo‘limlarga ajratish qabul qilingan.
Energiya tejaydigan texnologiyalarni qo‘llashda ko‘pincha ular uchun ishlab chiqilgan tavsiyalarni ularning narxi bo‘yicha tarqatish taqozo etiladi.


Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar


Energiya tejaydigan texnologiyalarni tadbiq etishda mablag‘ sarflanmaydigan tavsiyalar:

  • mavjud resurslarni tejab ishlatish;

  • jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash; - ancha past narxdagi yoqilg‘ini xarid qilish.

Past mablag‘ talab etadigan tavsiyalar:

  • ancha samarador jihozlarni o‘rnatish;

  • boshqarishning yangi (avtonom) vositalarini o‘rnatish;

  • issiqlik trassalari va xonalarni issiqlik himoyalovchi materiallar bilan qoplash;

  • jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish reglamentini o‘zgartirish;

  • xodimlarni o‘qitish;

  • Energiya iste’mol qilinishini nazorat qilish va operativ (tezkor) rejalashtirish.

Yuqori mablag‘ sarflanadigan tavsiyalar:

  • ishlab chiqarish jihozlarini o‘zgartirish;

  • boshqarishning kopmleksli vositalarini o‘rnatish;

issiqlik va elektr energiyasini kompleksli ishlab chiqarish.

Download 24.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling