Energiya va uning mavjud formalari. Termodinamika fani
Ichki energiya va entalpiya, ularning o’zgarishi kimyoviy energiyaning manbaidir
Download 31 Kb.
|
energiya va uning mavjud formalari. t
Ichki energiya va entalpiya, ularning o’zgarishi kimyoviy energiyaning manbaidir
Turli xil termodinamik jarayonlarda jism ichidagi energiya o’zgarishlari uning ichki energiyasining o’zgarishi bilan bog’lab tushuntiriladi. Ichki energiya harakatlanayotgan molekulalarning kinetik energiyasi ularning potensial energiyasi elektronlar energiyasi atom yadrolari energiysi va nur energiyasining yig’indisidan iborat. Lekin bunga umuman jismning kinetik energiyasi va jism holatining potensial energiyasi kirmaydi. Ichki energiya moddaning tabiati va miqdoriga shuningdek uning mavjud bo’lish sharoitlariga bog’liq. Ichki energiya odatda U harfi bilan belgilanadi. Kimyoviy jarayonlarda ichki energiyasining hammasi to’liq, namoyon bo’lmaydi, shuning uchun bir real jarayonlarda ichki energiya zapasining o’zgarishinigina o’rganamiz. Ichki energiya jismning holati aniqlaniladi. Ya’ni u holat funksiyasidir, shu jihatdan u ish bilan issiqlikdan farqlanadi. Ish bilan issiqlik jarayonining qanday o’tganligiga bog’liq. Ichki energiyaning o’zgarishi esa moddaning bir holatdan ikkinchi holatga qanday yo’l bilan o’tganligidan qat’iy nazar ana shu holatida ichki energiyasi U1 oxirgi holatida U2 bo’lsa, ichki energiyaning o’zgarishi bo’ladi. Shunday qilib moddaning har qaysi hoaltiga muayyan ichki nergiya muvofiq keladi. Sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda uning ichki energiyasi ortishi yoki kamayaishi mumkin. Shunga ko’ra ichki energiyaning o’zgarishi U musbat yoki manfiy ishorali bo’ladi. U musbat bo’lsa sistemaga issiqlik yutilgan manfiy bo’lsa, sistemaga issiqlik olingan (chiqarilgan) deymiz. Bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashib turadigan atrof-muhitdan fikran ajratilgan jismlar gruppasi yoki alohida jism sistemasi deyiladi. Ichida ajralish sirti bo’lmagan va hamma nuqtalardagi xosslari o’zaro farq qilmaydigan sistema gomogen ichida ajralish sirti bo’lgan sistema esa Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling