Energiyaning anaerob hosil bo’lishi


Download 301 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi301 Kb.
#1515115
  1   2   3   4   5
Bog'liq
GLIKOLIZ HODISASI


GLIKOLIZ HODISASI


Reja:
1. Energiyaning anaerob hosil bo’lishi.
2. Glikoliz va uning biologik ahamiyati.
3. Glikolizning energetik balansi va biologik vazifalari.
4. Glyukoneogenez.


1. Energiyaning anaerob hosil bo’lishi. Hujayrada energiyaning hosil bo’lishi faqat oksidlanishli fosforlanish, ya’ni aerob yo’l bilan emas, balki oziq moddalarning molekulyar kislorodsiz parchalanishidan ham hosil bo’ladi. Energiyaning bunday kislorodsiz yoki anaerob hosil bo’lishiga achish deb ataladi. Anaerob yo’l energiya ishlab chiqarishda eng qadimgi va past (quyi pog’onadagi) shakl hisoblanadi; hujayra “iqtisodiyoti” uchun samarali emas, chunki bu yerda ko’p material sarf qilinib, juda kam energiya olinadi. U sodda organizmlarda Yer atmosferasida kislorod bo’lmagan vaqtlarda shakllangan. Bu yo’l asosan mikroorganizmlar va achitqilar uchun xos, yuqori rivojlangan organizmlar bu yo’ldan faqat kislorod yetishmagan ba’zi holatlarda, masalan, muskul qisqarishida energiya bilan ta’min qilish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari normal hujayra rak kasalligida ayniganda undagi aerob oksidlanish qobiliyati yo’qolib, hujayra hayoti uchun kerakli energiyani achish reaktsiyasidan oladi. Bu xil hujayra o’zining tashkiliy jihati va vazifasi bo’yicha haqiqiy hujayradan quyi pog’onaga o’tadi deb hisoblanadi.
Hamma yuksak tuzilgan o’simliklar va hayvonlarda, shu jumladan odamda ham achish saqlanib qolgan bo’lib, ikki tomonlama vazifani bajaradi. U hosil bo’lgan oraliq mahsulotlarning aerob oksidlanishi bilan yakunlanadigan energetik resurslar parchalanishining boshlang’ich bosqichi hamda energiya ishlab chiqarishning qo’shimcha usuli hisoblanadi.
Hujayrada anaerob usulda energiya hosil bo’lishining asosiy manbai geksozalar, avvalo D-glyukoza bo’lib xizmat qiladi (ayrim mikroorganizmlar pentozalar, aminokislotalar, yog’ kislotalarini ham achitish xossasiga ega). Uglevodlar parchalanishining bir-biridan va oxirgi mahsulotlari bilan farq qiluvchi bir nechta yo’llari mavjud:

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling