Energiyaning erkinlik darajasi bo’yicha taqsimlanishi


Fizik jismlar diskret tuzilishga ega, Ular zarralardan


Download 138.39 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi138.39 Kb.
#1512512
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Molekulalarning kinetik va potensial energiyasi (2)

1.Fizik jismlar diskret tuzilishga ega, Ular zarralardan
(molekula, atom, ionlardan) tuzilgan.
Zarralaming real mavjudligi ko'p sonli tajribalarda aniqlangan
omillar: moddalarning erishi, suyuqlik va qattiq jismlaming
bug'lanishi, modda hidining tarqalishi bilan tasdiqlanadi. Bulaming
hammasi fizik jism va moddalarning diskret tuzilishga ega ekanligidan
dalolat beradi. Zamonaviy usullar yordamida olimlar ko'pgina
moddalarning molekulalarini suratga olishga muvaffaq bo'ldilar.
Makroskopik jismda molekulalar (atomlar) soni qanchalik ko'p
bo'lsa, bu jismda shunchalik ko'p modda jamlangan bo'ladi. Modda miqdorini o'lchash uchun mol birligi kiritilgan.
Mol grammlar hisobida olingan, massasi nisbiy molekulyar
massaga teng bo'lgan modda miqdoridir.
Har qanday moddaning bir molidagi molekulalar soni bir xildir. Bir mol moddalar soniga Avogadro soni deyiladi va NA bilan belgilanadi: molekula/mol ga teng. Normal sharoitda har qanday gazning bir moli
yoki 22.4l ga teng hajmni egallagan. Demak, Avogadro qonuni bo'yicha birday bosim, birday haroratda teng hajmda olingan turli gaz molekulalarining soni bir xildir.
Atom va molekulalar murakkab tuzilishga egadir. Har qaysi
molekula intensivligi masofa oshishi bilan kamayadigan elektromagnit
maydon bilan o'ralgan. Qandaydir masofada maydon juda
kichik bo'lib qoladi. Bu masofa molekula radiusi deb atalib, molekula
shar shaklida deb tavsiflanadi.
Hozirgi kunda jism xossalarining o‘zgarishiga bog'liq bo‘lgan
hodisalami o‘rganishning ikki usuli mavjud: makroskopik va
molekulyar kinetik. Makroskopik usul yana fenomenologik ham deyilib, u
makroskopik jismlaming xossalarini ulaming ichki tuzilishini hisobga
olmagan holda o'rganadi. Bunda energiyaning saqlanish qOnuni
(termodinamikaning 1-qonuni), doirniy kuzatish natijalari, yetarlicha
katta (makroskopik) jismlar ustida olib borilgan eksperimentlar katta
rol o'ynaydi. Bu borada qattiq jism bikrligining makroskopik
nazariyasini misol qilishimiz mumkin.
XIX asming birinchi yarmida issiqlik va ishning o‘zaro
bog'liqligini o‘rganuvchi termodinamika yuzaga keldi. Shu asming
oxirlarida bu bo‘lim kengayib, bunda bug1, suyuqlik va qattiq
jisftilarnirig xossalarini o‘rganish asosiy bo‘lib qoldi.
Molekulyar kinetik yoki mikrofizik usulning maqsadi, moddaning
ichki tuzilishiga qarab, modda xossalarini chuqurroq o‘rganishdir.
Moddalar molekulalardan tuzilganligi haqidagi fikr moddaning uch
holati (bug‘, suyuqlik, qattiq jism) orasidagi farqni tushuntiradi.
Molekulyar kinetik nazariyada jismning makroskopik xossalari
(bosim, hajm, harorat, bikrlik, qovushoqlik, issiqlik o‘tkazuvchankik
va h.k.) molekulalarning natijaviy ta’siri kabi qaraladi. Bu nazariyada
statistik usul qo‘llaniladi. Bu usul birgina molekulaning harakatini
emas, ko‘p sonli zarralar yig‘indisining o‘zaro ta’sirini va harakatini
tavsiflovchi kattaliklaming qiymatini aniqlash imkonini beradi.
Shuning uchun ham molekulyar kinetik nazariya statistik fizika deb
ham yuritiladi.: Statistik fizika ilmiy yo'nalish sifatida rivojlanishning
uzoq tarixiga ega, lekin uning zamonaviy strukturasi XX asming
boshlarida Maksvell, Bolsman va Gibsning ishlari natijasida
rivojlandi.
Fizik hodisalami o‘rganishning ikkala usuli (makroskopik va
mikroskopik) bir-birini to'ldiradi. Molekulyar fizika savollariga
termodinamika tushunchalariga yondjshmay turib javob berib
bo‘lmaydi, shu bilan birga, termodinamikada u yoki bu hodisalaming
tabiatini molekulyar tasawurlarsiz bayon etib bo‘lmaydi.
Molekulyar fizika qonunlarining mexanika qohunlaridan farqi
shundaki, ular statistik ma'noga ega bo4lgan qonunlardir. Shu sababli
molekulyar fizika masalalarini hal qilishda asosan statistik fizika
usullari qollaniladi.
Molekulyar tizimga kiruvchi har bir zarrachaning harakati turli
sabablarga bog’liq bo‘lib, bu harakatlar mexanika qonunlari asosida
ro‘y beradi. Ammo, zarraning harakat yo‘nalishi uning boshqa
molekulalar va idish devorlari bilan to‘qnashuvi natijasida qisqa vaqt
ichida shunchalik ko‘p o‘zgaradiki, natijada uniftg oniy holati
boshlang‘ich shartlarga bog‘liq bo‘lmay qoladi. Biindan shu narsa
kelib chiqadiki, statistik qonuniyatlar dinamik qoriuniyatlar kabi
boshlang‘ich shartlarga bog4liq emas. Agar idishga biror miqdor gaz
kiritsak, u holda muvozanat qaror topgandan keyin idishdagi gazning
bosimi gaz molekulalarining boshlang‘ich tezliklari va harakat
yo‘nalishlariga bog‘liq bo’lmaydi. Ko‘p sonli zarrachalar ichidan
bittasini tanlab olib, uning harakatini kuzatib bo4lmaydi. Biz faqat
moddani tashkil qilgan zairalaming kollektiv harakati bilan bog4liq
bo’lgan hodisalamigina kuzata olamiz.
Molekulyar fizika va termodinamika issiqlik hodisalari
qonuniyatlarini yoki materiya harakatining issiqlik shaklini o‘rganadi.
Bu bo4limlar issiqlik hodisalar tabiatini va makroskopik jism fizik
xossalarini o’rganishda turli usullami qo’llash bilan farqlanadi.
Molekulyar fizika issiqlik hodisalar, modda yoki jismning fizik
xossalarini ulaming molekulyar tuzilishi, o‘zaro ta’siri va zarralarining harakati asosida o‘rganadi. Moddalarning ko'pgina fizik xossalari termodinamik
(fenomenologik) usul bilan ham o‘rganiladi. Bu usul makroskopik
jismlar xossalarini ulaming ichki tuzilishiga bog'liq bo‘lmagan holda
o'rganadi. Termodinamikaning asosida tajriba faktlariga tayanib
o'matilgan prinsiplar yoki fundamental qonunlar yotadi. Birinchi
qonun energiyaning bir turdan ikkinchisiga miqdoriy o‘tishini
o'rgatsa, ikkinchi qonun bu o‘tishning sharoitlarini aniqlaydi. Bu
qonunlar yordamida issiqlik hodisalaming mohiyatlari va turlari,
agregat holatlardagi makroskopik jismlaming xossalari o‘rganiladi.

Download 138.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling