«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi
AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
Download 343.9 Kb.
|
3. Amaliy mashg`ulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
- 5-Amaliy mashg’ulot Tokar-karuselchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar Reja
- XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
23. Ish bajarganda bosim ostida ishlaydigan idishda nosozliklarni aniqlaganda yoki avariya holati vujudga kelganda ishchi quyidagilarga majbur: 23.1. Barcha ishni to'xtatish. 23.2. Ishchilarni xavf haqida ogohlantirish. 23.3. Darhol uchastka mexanigiga (master, brigadir), bo'linma boshlig'iga xabar berish va avariya holatini bartaraf etishga ko'maklashish. 23.4. Mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilgan xavfsizlik talablariga amal qilgan holda kechiktirib bo'lmaydigan nosozliklarni bartaraf etish. 24. Idishning barcha avariya to'xtatish sabablari smena jurnaliga yozib borilishi kerak. ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI 25. Ishchi quyidagilarga majbur: 25.1. Ish joyini tartibga keltirish. 25.2. Mahalliy yorug'likni va ventilyasiyani uzish. 25.3. Ish jarayonida aniqlangan nosozliklar haqida mexanikni xabardor qilish. 25.4. Detal, asbob va moslamalarni olib qo'yish. 25.5. Yuz, qo'llarni iliq suvda sovun bilan yuvish va dush qabul qilish. 5-Amaliy mashg’ulot Tokar-karuselchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar Reja: 1. Xavfsizlikning umumiy talablari. 2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari 3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari 4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari 5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI 1.Mazkur yo'riqnoma tokarlik karusel stanoklarida turli kesish asboblari va moslamalar ishtirokida turli detallarga tokarlik ishlov beradigan tokar-karuselchi uchun mo'ljallangan. 2.Tokar tokar-karuselchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar: 2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmaganlar; 2.2. tibbiy ko'rikdan o'tganlar; 2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar; 2.4.yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlash lozim bo'lganda qo'shimcha o'qitilishi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq o'tganlar; 2.5. "…nizom"ga muvofiq kirish instruktajini va bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar. 3. Tokar tokar-karuselchi quyidagilarga majbur: 3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish; 3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik; 3.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish; 3.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish; 3.5. berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish; 3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish; 3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida smena ustasiga xabar berish; 3.8. xavfsizlik belgilari talablarini bajarish, yuk ko'tarish mashinalari va zavod transportlari ogohlantiruvchi signallariga e'tibor berish; 3.9. ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish; 3.10. stanokda qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik. 4. Tokar tokar-karuselchi quyidagilarni bilishi shart: 4.1. turli tipdagi tokarlik karusel stanoklari tuzilishi, kinematik sxemasi va aniqlikka tekshirish qoidalarini, konstruktiv o'ziga xos xususiyatlarini xamda universal va maxsus moslamalardan foydalanish qoidalarini, murakkab nazorat-o'lchov asboblari va priborlari tuzilishini, jilvir toshlarining markalarini va foydalanish qoidalarini, geometriyasini, termik ishlov berish qoidalarini,normal, maxsus va turli xil asboblarni o'rnatish, charxlash va me'yoriy o'lchamga yetkazish, elektrotexnika bo'yicha elementar talablarni, plazmali qurilmasi, oqimli-tortuvchi vintelyasiya va sovutish sistemasi havfsiz ishini ta'minlash choralarini, plazmali qizdirish qurilmasi prinsipial sxemasini va plazmatronni rostlash usullarini, plazmali qizdirish qurilmasi ekspluatasiyasi uchun texnik tavsifi va o'ziga xos xususiyatlarini. 5. Tokar tokar-karuselchiga ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta'sir etishi mumkin: 5.1. stanokning aylanuvchi va xarakatlanuvchi qismlari; 5.2. elektr toki urishi; 5.3. detallarga ishlov berishda metall qirindilaridan shikast yetkazilishi; 5.4. moylash-sovutish suyuqligi (SOJ). 6. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Download 343.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling