«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi


ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK QOIDALARI


Download 343.9 Kb.
bet38/41
Sana20.06.2023
Hajmi343.9 Kb.
#1633630
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK QOIDALARI
8. Ish boshlashdan oldin tokar quyidagilarga majbur:
8.1. ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va himoya kuzoynaklarini kiyish, tartibga solish, sochlarni bosh kiyimi ostiga yashirish;
8.2. stanoklarda sovutish moylari va suyukliklari qullanilgan xollarda, qulga profilaktik malxam(pasta)larni surish;
8.3. ish joyini keraklicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish, mahalliy yoritishni ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash;
8.4.asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqliligini tekshirish;
8.5. blokirovka (muhofazasi) va saklagichlar, zaminlash konturi yaroqliligini va jihozlar yaroqliligini tekshirish;
8.6. tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, uzatmalar xamda elektr apparatlari tok o'tkazish qismlari; kirindilardan, sovutish suyuqliklaridan saqlash qurilmalari; asbobni mahkamlash qurilmalari himoya to'siqlarining mavjudligini tekshirish;
8.7. oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini tekshirish.
9. Stanokni salt yurishda sinab ko'rishi va quyidagilarni tekshirishi lozim:
9.1. boshqarish organlarini yaroqliligini (bosh harakat mexanizmlari, surish, harakatni ishga tushirish, to'xtatish va boshqalar);
9.2. moylash va sovutish sistemalari yaroqliligini.
9.3. Yaqin atrofda joylashgan ish joylarini va o'tish joylarini uchayotgan qirindi va moylash-sovutish suyuqligi (SOJ) sachrashidan saklash uchun ximoya ekranlari va qalqonlari o'rnatish kerak.
10. Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmagan holatlarda o'z mulohazalarini smena ustasiga aytish va nuqsonlar tuzatilmaguncha ishga kirishmaslik.

ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI


Ish davomida tokar quyidagilarga majbur:
11. Topshirilgan ishning texnologik kartasiga rioya kilish.
12. Planshayba yoki patronni o'rnatish va yechishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
12.1. ular ostiga patron(planshayba) shakliga mos o'yiqchali yog'och taglikni stanok yunaltiruvchilari ustiga o'rnatish;
12.2. ularni patronni (planshaybani) qo'lda burash bilan o'rnatish va yechib olish; ularni qo'qisdan shpindelni to'xtatish bilan yechib olmaslik; patronni qo'lda buragan holatdagina kulachoklarni taglikka urish bilan yechishda uzun dastakli (qo'lda tutib turish uchun) tagliklardan foydalanish;
12.3.ularni shunday o'rnatish kerakki shpindelning ishchi (to'g'ri) xarakatida xam reversiv (teskari) xarakatida xam ular o'z-o'zidan shpindeldan buralib yechilib yoki uzilib ketishi imkoniyati qolmasligi kerak.
13.Ishlov berilayotgan detalni o'rnatish va mahkamlashda quyidagilarga rioya qilish zarur:
13.1. detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi ma'lumotlarga muvofiq bo'lish;
13.2. ishlov berilayotgan detal pitir(zausenes)laridan ehtiyot bulish;
13.3.detalni kulachokli patronga mahkamlashda detalni kulachoklar bilan mumkin qadar kattaroq uzunlikda qamrash; patron tashqi diametridan kulachokni chiqib yo'l qo'ymaslik (agar kulachoklar chiqib qolsa patronni kattasiga almashtirish yoki maxsus tusiqlar o'rnatish kerak);
13.4. kulachokli patronlarga orqa babkaga o'rnatilgan markaz bilan tirgamasdan faqatgina kalta, uzunligi ikki diametrdan oshmagan muvozanatlashgan detallarni mahkamlash; boshqa holatlarda tirgak uchun orqa babkadan foydalanish;
13.5.ruxsat etilgan maksimal diametrli detallarni patron yoki planshaybalarga o'rnatishda patron yoki planshayba uyalarida kulachoklarni ishonchli mahkamlanganligini tekshirish (ish vaqtida detalni vaqti-vaqti bilan ishonchli mahkamlanganligini tekshirib turish);
13.6. tirsakli vallar va boshqa eksentrik detallarni porsangi yordamida muvozanatlash; porsangilarni ishonchli mahkamlanganligini tekshirish, mumkin qadar uni to'siq bilan o'rash; (aylanishlar soni kamaytirilgan xolatda ishlash).
14. Detallarni markazlarda mahkamlash va ishlov berishda quyidagilarga rioya qilish zarur:
14.1. marazlarni yaroqliligini va ularni markaziy chiziqga mos kelishini tekshirish;
14.2.markazlar o'lchamini detalning markazlangan teshiklari o'lchamlariga mos kelishini tekshirish;
14.3. orqa babka va pinolni ishonchli mahkamlash; detalni to'g'ri o'rnatib orqa babka markazini shunday tirgash lozimki detal markazlar orasida erkin aylanishi ta'minlanishi, undan so'ng mahkamlash va markazni moylash kerak;
14.4. markazlangan teshikning barcha konus yuzasi bilan detalni markazga tayanishini tekshirish;
14.5. yuqori aylanish tezliklarida ishlashda stanokka birkitilgan aylanuvchi markazlarni ishlatish.

Download 343.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling