Eng sovuq odam yashaydigan hudud – Oymyakon. Bu yerdagi eng past harorat -71 C ni tashkil etgan. Qish oylarida o`rtacha havo harorat -40o va undan ham past bo`lishi mumkin.
Eng seryog`in hudud – Hindistonning Cherrapunji hududi. Yillik o`rtacha yog`in miqdori 12 665 mm. Yog`ingarchilikning ko`p miqdorda bo`lishida Hind okeanidan keladigan musson oqimining hissasi katta. Cherrapunjida 1860-yil 1-avgustdan 1861-yil 31-iyulgacha 22 987 mm li rekord darajadagi yog`in tushgan.
Eng sertuman hudud – Shimoliy Amerikadagi Nyufaundlend oroli.
Eng kuchli shamol – Tornado. Shimoliy Amerikada ko`p kuzatiladi va tezligi soatiga 600 km ga yetadi.
Eng, Eng, Eng… (Biosfera bo`yicha)
Eng katta o`rmon – Tayga.
Eng uzun daraxt – Avstraliya evkalipti. Balandligi 155 m.
Eng yengil daraxt – Balsa. Uning 1 m.kub bo`lagining og`irligi 120 grammga teng.
Eng semiz daraxt – Baobab. Diametri 4-10 metrgacha bo`ladi. Balandligi 20 metrgacha yetishi mumkin. Asosan Afrikada o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |