Eng eʼtiborli jihati shundaki, yaqin yillar ichida aholi orasida kitobga boʻlgan munosabat ijobiy tomonga oʻzgardi. Har bir katta-yu kichikning qoʻlida turli XIL mavzudagi kitoblarni koʻrish odatiy holga aylanib ulgurdi
Download 22.79 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Xalqaro fan yoki sport olimpiadalarida munosib oʻrin olib, yurtimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtargan yoshlarning ajoyib taqdirlanishi, ilmu toliblarga barcha imkoniyatlarning taqdim etilayotganligi Oʻzbekiston farzandi ekanligimdan faxrlantiradi. Bundan tashqari, bilimga chanqoq yoshlarni bir joyga toʻplash va fikr almashish uchun tashkillashtirilayotgan summitlar, yozgi oromgohlar, turli konferensiya va debatlar bizni yanada izlanishga, harakat qilishga, yangi choʻqqilarni zabt etishga chorlaydi. Eng eʼtiborli jihati shundaki, yaqin yillar ichida aholi orasida kitobga boʻlgan munosabat ijobiy tomonga oʻzgardi. Har bir katta-yu kichikning qoʻlida turli xil mavzudagi kitoblarni koʻrish odatiy holga aylanib ulgurdi. Avvallari maktab oʻquvchilari faqatgina oliygoh imtihonlari uchun tayyorgarlik koʻrishar, badiiy kitoblarga deyarli hech kimda kuchli qiziqish yoʻq edi. Ammo hozirgi kunga kelib 7 yoshdan 70 yoshgacha insonlarning kitobga boʻlgan qiziqishi ortmoqda. Bu esa jamiyatimizning rivojlanishidan darak. Xulosa qilib aytganda, Yurtboshimizning “Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor oʻtmasin! Yoshlik — umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim — oʻtda yonmaydigan, suvda choʻkmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!” deb yoshlarga qaratib aytilgan mazkur soʻzlari har birimizga shior boʻlishi darkor. Shundagina oʻz koʻzlagan maqsadimizga erisha olamiz. Kitob va ilm olishga boʻlgan qiziqishimiz hech qachon soʻnmasligi, hayotdagi asosiy missiyamizni toʻgʻri anglab olishimiz va yoʻlimizdagi toʻsiqlarga qaramay chekinmasligimiz barchamizni eng yuqori choʻqqilarga eltishiga ishonaman. Har bir kunimizdan unumli foydalangan holda oʻz-oʻzimizga savol berishimiz zarur: “Nega aynan shu diyorda va shu oilada dunyoga keldim?!”, “Hayotdagi oliy maqsadim nima?!”. Agarda biz mazkur savollarga toʻgʻri va toʻliq javob bera olsak, demak, oʻzligimizni qisman boʻlsada anglagan va harakat qilishga dastlabki qadamlar tashlagan hisoblanamiz. Maqsad qanchalik toʻgʻri va aniq boʻlsa, harakat ham shunga munosib boʻladi deb bejizga aytishmagan. Asosiy missiyalarimizdan biri ona Vatanimizga va oilamizga xizmat qilish ekan, imkoniyatlarimizni qoʻldan boy bermaylik hamda ajdodlarimizga munosib, avlodlarimizga oʻrnak boʻlib yashash barchamizga nasib esin. Zero, Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz! Bugungi yoshlar qanchalik bilimli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega vatanparvar boʻlib kamolga yetsa, yangi Oʻzbekistonni qurishga shu qadar kamarbasta boʻladi. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining talabalar bilan boʻlib oʻtgan ochiq muloqoti “Yangi Oʻzbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” mavzuiga bagʻishlandi. Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar Yoshlar markazi katta zalida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Senat aʼzolari – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori Shavkat Ayupov, respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan gʻoyalar mazmun-mohiyati haqida atroflicha soʻz yuritdilar. – Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar Oʻzbekistonning jahonda hech kimdan kam boʻlmaydigan taraqqiyoti yoʻlidagi ulugʻvor maqsadlarga qaratilgan,– dedi OʻzMU rektori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Avazjon Marahimov.– Yangi Oʻzbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulugʻvor maqsadlar zamirida ertangi kelajagimiz, yurtimiz taraqqiyoti masalasi turibdi. Bu ezgu maqsadlarga, albatta, siz talaba-yoshlar bilan birgalikda erishishimiz mumkin. Demak, bu sizlarning ham faol saʼy-harakatlaringizga bogʻliq. Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlanganidek, 2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy taʼlimni rivojlantirish uchun oʻtgan yili 19 ta yangi oliy oʻquv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qoʻshma taʼlim dasturi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Oliy taʼlim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar koʻp talaba oʻqishga qabul qilindi. Darhaqiqat, Murojaatnomada qayd etilganidek, nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat kerak. Ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʻgʻri yoʻldan adashish boʻladi. Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʻtarish maqsadida yurtimizda 2020-yilga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni taklif etar ekan, 2020-yil nomida belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirishimiz lozimligini alohida taʼkidladi. Murojaatnomada bayon etilgan umidbaxsh gʻoyalar va rejalar salmogʻi gʻoyatda ulkan. Bugun koʻpchilik “Yon daftar”iga, binobarin, qalb daftariga quyidagi ezgu maqsadlarni qayd etib olgan boʻlgan ajabmas: – Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkaziladi. – Oliy oʻquv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar koʻpaytiriladi. – Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. – Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari optimallashtiriladi. – Oliy oʻquv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratiladi. – Ona tili boʻyicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratiladi. – Taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitiladigan fanlar qayta koʻrib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi boʻlmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi. – Oliy taʼlimda oʻquv jarayonini kredit-modul tizimiga oʻtkazish talab etiladi. – Joriy yildan pedagogik taʼlimning 6 ta yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddati 3 yil qilib belgilanadi. – Oliy oʻquv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi oʻzini oʻzi moliyaviy taʼminlashga oʻtadi. – Kamida 5 ta oliy taʼlim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish boshlanadi. – Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yoʻnalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. – Ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablagʻlarini ajratish mexanizmi tubdan qayta koʻrib chiqiladi. – Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasi shakllantiriladi. – Har bir oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi. – Joriy yilda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-oʻqituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi. – Taʼlimning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga toʻliq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etiladi. Bu kabi koʻplab ezgu maqsadlarga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun har kim oʻz vazifasini sidqi-dildan ado etmogʻi zarur. Tadbirda universitetda tahsil olayotgan Davlat mukofoti sovrindorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalar, turli koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalari gʻoliblari, nomdor stipendiya sovrindorlari, faol iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishib, oʻzlarining takliflarini oʻrtaga tashladilar. Ularning takliflari bilan yaqin kunlarda bir guruh faol talaba-yoshlar Orol boʻylab sayohatga borishi, OʻzMUda maktab oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan yozda fan olimpiada oʻtkazilishi rejalashtirildi. Faol va tashabbuskor yoshlardan iborat targʻibot guruhlari tuzilib, boshqa taʼlim muassasalari, mahallalarda mazkur Murojaatnoma mazmun-mohiyati yuzasidan suhbatlar, ochiq muloqotlar oʻtkazish taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Senat aʼzolari bu mavzuda talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar. Umid bilan suqulgan tayoq, bir kun berar meva-yu yaproq, deganlaridek, bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan gʻoyalar mazmun-mohiyatini teran anglab yetgan talaba-yoshlar ertangi kunga umid va ishonch ila dadil qadam tashlaydilar. Toʻlqin ESHBEK, OʻzMU Jurnalistika kafedrasi mudiri, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling