Eng muhim oksidlarning ishlatilishi


Download 34.98 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi34.98 Kb.
#1406838
  1   2
Bog'liq
oksidlar




XorazmviloyatiYangiariqtumanidagi 11-sonAFCHO`IMIningkimyofanio`qituvchisiSodiqovaManzuraning 7bsinfda “Engmuhimoksidlarningishlatilishi” mavzusidao`tkazganbirsoatlikochiqdarsishlanmasi.


sana:_________ sinf: 7 -V
ENG MUHIM OKSIDLARNING ISHLATILISHI
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga eng muhim oksidlar qaysilar kirishi, ularning kimyoviy tarkibi haqida, sanoatda va xalq xo`jaligida ishlatilishi haqida to`liq ma`lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga dars davomida bu oksidlarni hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirib berish;
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda mavzuga doir BKM larni shakllantirish , o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish.
Darsturi: Yangi bilim beruvchi.
Darsmetodi: BBB metodidan foydalaniladi.
Darsjihozi: Kompyuter, proyektor, ED, darslik, tarqatma materiallar, davriy sistema, dori namunalari, oksidlar namunalari, 3 ta probirka, 3 ta shtativ, suv.
Tayanch kompetensiya: Milliy va umummadaniy kompetensiya.
Fanga oid kompetensiya: Element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalay olish.
Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism. (salomlashish, kun yangiliklari, internet ma`lumotlari, yo`qlama 5-daqiqa)

  2. O`tilgan mavzuni so`rash, mustahkamlash, baholash.(15-daqiqa)

  3. Yangi mavzu bayoni.(15-daqiqa)

  4. O`yinlar yordamida mavzuni mustahkamlash.(6-daqiqa)

  5. Baholash.(2-daqiqa)

  6. Uyga vazifa berish.(2-daqiqa)

1. Darsga kirib salomlashib, yo`qlama qilinadi, o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, kun yangiliklari so`raladi.
2. O`tilgan "Oksidlarning olinishi va xossalari .” mavzusini mustahkamlash uchun o`quvchilarga tarqatmalar tarqatiladi va doskada eng ko`p reaksiya yozish bo`yicha musobaqa o`tkaziladi. Shu yo`l bilan o`quvchilar baholanadi.
3. Yangi “Eng muhim oksidlarning ishlatilishi” mavzusi dastlab o`quvchilarga so`zlabb eriladi. Oksidlarning uyda, sanoatda, xalq xo`jaligida ishlatilishi, tibbiyotda dori –darmonlar tayyorlashdagi ahamiyati o`quvchilarga so`zlab beriladi. Dori namunalari namoyish qilinadi. Keyin oksidlarga xos suv bilan reaksiyasi o`quvchilarga namoyish qilinadi.
Temir (III) oksidning, mis oksidning, natriy oksidning suv bilan reaksiyalari namoyish qilinadi.
Keyin electron darslikdan shu mavzu proyektor yordamida namoyish qilinadi.
Karbonat angirid – CO2-havoning doimiy tarkibiy qismi bo`lib , uning 0,03%ini tashkil etadi.
O`simliklarning asosiy ozuqasi. Barcha yashil o`simliklar havodan bargi orqali karbonatangiridni , ildizi orqali suvni olib , quyosh nuri ta`sirida ularni organic ozuqa - qandlarga aylantiradi va havoga kislorodni ajratib chiqaradi. Bu jarayon fotosintez deb ataladi.
Karbonotangiriddan salqin ichimliklarni gazlashda keng foydalaniladi. Sovituvchi vosita sifatida karbonatangiridning qattiq holga keltirilgani–“quruq muz” dan foydalaniladi. Karbonatangirid kir yuvish sodasi , ichimlik sodasi va boshqa ko`plab moddalar ishlab chiqarish uchun хomashyo sifatida ishlatiladi.
Kremniy (IV) - oksid - SiO2.
Kremniy (IV) – oksid ham tabiatda keng tarqalgan oksid bo`lib , asosan ,qum shaklida uchraydi. Qum eng muhim qurilish materiallaridan hisoblanadi.
Bu oksidning kristall tuzilishi o`ziga хos bo`lgan turikvars deb ataladi. Ultrabinafsha nurlarni to`liq o`tkazish хususiyatiga ega bo`lganligi uchun kvars tibbiyotda ultrabinafsha nur bilan ishlovchi asboblarda qo`llaniladi.
Qiyin suyuqlanuvchan bo`lganligi undan kimyoviy shisha idishla rtayyorlash imkonini beradi.
Kvarsning turli tabiiy ko`rinishlari: ametist , sapfir , хalsedon , yoqut minerallari – qimmatbaho va yarim qimmatbaho zargarlik toshlari sifatida ham ishlatiladi . Undan tashqari , yarimo`tkazgichlar fizikasi uchun kremniy yarimo`tkazgich tayyorlashda ishlatiladi .
Kalsiyoksid -CaO -Bu oksid so`ndirilmagan ohak yoki mahalliy tilda ohak deb ataladi . Tabiatda keng tarqalgan ohaktoshni kuydirib olinadi .
Qurilish sanoati uchun asosiy хomashyo materiali bo`lib hisoblanadi . Undan turli qorishmalar , sement tayyorlanadi . Tuproqning kislotaliligi ortib ketganda ma`lum miqdorda uni neytrallash uchun ham ishlatiladi .
Daraхtlar va boshqa o`simliklardagi zararkunandalarni bartaraf etish uchun uning suvli eritmalaridan foydalanish yaхshi natija beradi . Kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda ham katta ahamiyatga ega .
Oltingugurt (VI) – oksid - SO3-Oltin gugurtning bu oksidini sulfat angirid deb ham ataladi . Bu oksid tabiatda erkin holda uchramaydi .Uni temir kolchedanini kuydirishda hosil bo`ladigan sulfit angiridni (oltingugurt (VI)-oksid – SO2) oksidlab olinadi .
Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi .Sulfat kislota esa ko`plab boshqa moddalar , dorivor prepratlar olishda asosiy хomashyo lardan hisoblanadi individual tarzda avtomobillar akkumulato rbatareyalarida ishlatiladi .
Azot (IV)-oksid – NO2-Bu oksid tabiatda uchramaydi .Asosan sintetik yo`l bilan olinadi va nitrat kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi .
Nitrat kislota esa azotli o`g`itlar , nitrobirikmalar , ko`plab dorivor moddalar ishlab chiqarishda asosiy manbalardir .

Download 34.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling