Eng Qadimgi Xitoy. Reja
Xan saltanatining kuchayishi
Download 94 Kb.
|
Qadimgi Xitoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- (miloddan avvalgi 206, milodiy 25-yillar)
- 3. Xan saltanatining istilochilik yurishlari.
- Miloddan avvalgi 115-yilda
2. Xan saltanatining kuchayishi. Lyu Ban Xan taxtiga o`tirgach, o`zini Gao-Szu deb atashlarini buyuradi. U o`z boshqaruvining dastlabki yillarida halqqa ko`p yengilliklar beradi. Keyinchalik esa u sinlarning boshqaruv tizimidan foydalanadi. U Xanga itoat etmagan podsholiklar bilan qattiq kurash olib boradi. Shuni ta`kidlash kerakki, Xan saltanati o`z boshidan Katta Xan sulolasi (miloddan avvalgi 206, milodiy 25-yillar) va Kichik Xan sulolasi davrini kechirgan.
Xan podshosi Szin-di davrida yetti hokimlikning birlashgan 200 minglik qo`shini saltanat poytaxti Sanyanga hujum boshlaydi. Ammo «Yetti hokim qo`zg`oloni» poytaxt ostonalarida tor-mor etiladi. «Yetti hokim»lar amaldorlarini ishdan olib, mustaqil qo`shin tutishdan mahrum etadi. «Buyuk ipak yo`li»ning Markaziy qismi O`rta Osiyodan o`tgan edi. Bu yo`1 O`rta Osiyo xalqlarining jahon xalqlari bilan madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida alohida ahamiyat kasb etgan. 3. Xan saltanatining istilochilik yurishlari. Xan saltanati tashkil topib, o`zini tiklab olgach, podsholar qo`shni mamlakatlarni istilo qilishga kirishganlar. Miloddan avvalgi 200-yilda Lyu Ban-Gao-Szu o`z qo`shinlari bilan xunnlar ustiga bostirib borgan. Uning qo`shinlari xunnlardan mag`lubiyatga uchragan. Gao-Szuning o`zi asirga tushib, asirlikdan mo`jiza tufayli qochib qutulgan. Xan saltanatining eng kuchaygan davri U-Di podsholik qilgan miloddan avvalgi 140–87-yillardir. Bu davr Xitoy tarixida «Oltin asr» nomi bilan mashhurdir. U-Di davrida mahalliy aslzodalarning huquqlari cheklanib, saltanat amaldorlarining nazorati kuchaytirilgan. Xunnlarga qarshi kurashda o`ziga ittifoqchilar topish uchun Xan podshosi U-Di miloddan avvalgi 138-yili Chjan Syan boshliq o`z elchilarini O`rta Osiyo va Sinszyanga yuborgan. Chjan Syan miloddan avvalgi 138–125-yillarda Qang, Yuechji, Kushon, Dovon va Baqtriya hukmdorlari huzurida bo`lgan. U bu davlat rahbarlarini Xitoy bilan ittifoq bo`lib xunnlarga qarshi kurashga ko`ndira olmagan. Ammo u O`rta Osiyo va Hindiston xalqlari haqida juda ko`p ma`lumot to`plab kelgan. Shu davrdan boshlab Xitoyning O`rta Osiyo bilan aloqasi kuchayib, «Buyuk ipak yo`li»ga asos solingan. Miloddan avvalgi 115-yilda Chjan Syan o`zi kashf etgan bu yo`ldan O`rta Osiyoga yana bir bor kelgan. U Issiqko`l sohilida qarorgoh qurib O`rta Osiyo, Parfiya, Kushonlar mamlakati va Hindistonga o`z ayg`oqchilarini yuborgan. Ayg`oqchilar esa Chjan Syanga u mamlakatlar haqida ma`lumotlar yuborib turganlar. U-Di ko`p sonli otliq qo`shinga tayanib miloddan avvalgi 127– 119-yillardagi bo`lgan urushlarda xunnlarni yengib, dastlabki g`alabaga erishgan. U-Di davrida Xan qo`shinlari janubi-sharqiy Xitoydagi ko`p viloyatlarni bosib olganlar. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling