Eng qodimgi davrdan VII asrgacha bo’lgan ta’lim-tarbiya ishlari reja
Download 23.07 Kb.
|
ENG QODIMGI DAVRDAN VII ASRGACHA BO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avesto”, “SHohnoma”
- Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida keltirilgan rivoyatlarda SHiroq (Siroq) obrazi vatanparvarlik va qahramonlik timsoli sifatida hali hanuz yoshlarni tarbiyalab keladi. YOki Gerodotning “Tarix” kitobida keltirilgan massagetlar hukmdori To’marisga uylanish bahonasida Eron shohi Kirning Turon o’lkasiga uyushtirgan hujumi haqidagi ma’lumotlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Demak, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvoriga oid xislatlari eng qadimgi epik yodgorliklar - “Avesto”, “SHohnoma” kabi asarlar, mif va afsonalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlarni qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotida ro’y bergan o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilik davrida qaror topgan turmush tarzi insonda ana shunday xislatlarning shakllanishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi ayovsiz kurash insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita tarkib topishiga turtki bo’lgan. Eng qadimgi qo’shiq va lirik she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo’shiq va lirik she’rlar XI asrda yashagan ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Devonu-lug’atit-turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan. Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda pand-nasihat va o’gitlar etilgan asarlar ham ko’plab uchraydi. Ana shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari ham kiradi. Alloma mazkur asarni 1076-1077 yillarda yozgan. Geograf olim H. Hasanov shunday misol keltiradi: 1914 yil Turkiyaning Diyorbakir shahrida bir beva xotin pulga muhtoj bo’lib, kitob do’koniga eski qo’lyozmani keltiradi va 30 liraga sotishini aytadi. Ammo bu narxga kitobni hech kim olmaydi. Bir kun do’konga keksa kitob muxlislaridan Ali Amiriy kirib qoladi va bir do’stidan qarz olib, kitobni sotib oladi (Ali Amiriy 1857-1924 yillarda yashagan, o’z shaxsiy kutubxonasida 15 mingga yaqin kitob yig’ib, hammasini SHayx Fayzulloh madrasasiga hadya etgan. Keyinchalik bu kitoblar Fotih kutubxonasi - milliy kutubxonaga o’tkazilgan). Bu kitob Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari edi. Mazkur qo’lyozma asl nusxasidan hattot Muhammad bin Abu Bakr ibn Abdul Fotih as-Soviy al-Damashqiy tomonidan devon yozilgandan 200 yil o’tgach (1266 yilda) ko’chirilgan edi. Qo’lyozma 219 varaqli jilddan iborat bo’lib, sahifalar raqamlanmagan, fikrlarning boshi va oxiri noma’lum edi. Hozir bu qo’lyozma Istambulda Fotih kutubxonasining Ali Amiriy fondida saqlanadi. “Devonu lug’atit-turk” asarida qadimgi turkiy so’zlarning arabcha izohli tarjimasi ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izohli lug’ati ham deyish mumkin. “Devonu lug’atit-turk” 1928 yilda nemis olimi Brokelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan. 1939 yilda esa Bosim Atalay uni usmonli turk tiliga tarjima qilgan va mazkur tarjima Anqarada chop etilgan. O’zbekistonda asar Solih Muttalibov tomonidan tarjima qilinib, 1960-1963 yillarda uch jilddan iborat “Turkiy so’zlar lug’ati” nomi bilan nashr qilingan. 1967 yilda indeks lug’at ko’rsatkichi ham chop etilgan. “Devonu lug’atit-turk” asarining she’riy parchalari ham nemis tiliga tarjima qilinib, 1914 yilda nashr etilgan. Turk olimi Fuad Kuprilzoda, rus turkologlari V. Radlov hamda S.F. Malovlar ham “Devonu-lug’atit-turk” asari yuzasidan tadqiqotlar olib borganlar. Abdurauf Fitrat ham she’riy parchalarni tarjima qilib, ularning lug’atini tuzgan va 1930 yilda Samarqandda nashr ettirgan. N.M. Mallayev “o’zbek adabiyoti tarixi” darsligiga “Devonu lug’atit turk”dagi qo’shiq va maqollarni kiritib, ularni tahlil etadi. A. Qayumov esa noyob qadimgi yodgorliklarimiz - qo’shiqlar (she’riy parchalar)ni birinchi marta nasrdan nazmga o’girib, “Qadimiyat obidalari” nomli asariga kiritgan. Download 23.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling