Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha
M.TETCHERNING NEOKONSERVATIZMIDAN E.BLERNING
Download 1 Mb.
|
Йилларда франция-fayllar.org (2)
4. M.TETCHERNING NEOKONSERVATIZMIDAN E.BLERNING
“YANGI LEYBORIZMI”GA. M.Tetcher va Britaniyada “neokonservativ inqilobi”. Konservatorlarning 1974 yili o‘tkazilgan saylovdagi mag‘lubiyati ichki partiyaviy muxolifotning faollashuviga chaqiruv bo‘ldi. Uning g‘oyaviy yetakchisi hukumat tarkibida bo‘lgan vaqtlardayoq Margaret Tetcher bilan birgalikda bir necha bor Xitning siyosatiga qarshi chiqishlar qilgan Xit Jozef edi. Jozef guruhining tashkiliy shtabi 1974 yilda tashkil etilgan siyosiy tadqiqotlar markazi (direktori Alfred SHerman edi). Partiyaning huquqiy qanotiga tayanib, Jozef o‘z qarashlarini nafaqat Xitga, balki torilarning makmillanchilarning yangi tarafdorlariga ham qarshi qo‘yishga harakat qildi. Xit Jozef Tetcher va SHermanlar bilan birgalikda g‘arb jamiyatining 70-80 yillardagi ma’naviy qiyofasini o‘zgartirgan umumiy neokonservativ to‘lqinga hamohang bo‘lgan “yangi konservatizm” konsepsiyasining uchinchi variantini ishlab chiqishga harakat qilayotgan guruhga rahbarlik qildi. Jozef va “yangi konservatizm”ni tubdan o‘zgartirishning boshqa tarafdorlari Britaniya jamityaidagi muammolarning ildizini barcha urushdan keyingi hukumatlarning qat’iylik bilan “odamlarning ko‘p, ko‘proq soni uchun iloji boricha ko‘proq, ko‘proq bajarish, iqtisodiyot va jamiyatni bir namuna asosida qayta qurishga” harakat qilishlarida ko‘rardi. Ular urushdan keyingi “ijtimoiy davlat” modelini tubdan o‘zgartirish zarurligini ta’kidlashdi. Xit 1974 yil kuzidagi saylov kompaniyalari vaqtidayoq bu qarashlarga yon bosishga majbur bo‘ldi. Xit partiya rahbarini qayta saylash uchun saylov o‘tkazishga qaror qildi. Vaziyatning keskin o‘zgarishi tufayli K.Jozef saylov kompaniyasidan tez orada chiqib ketdi. 19 oktabrda u parlamentdagi nutqida g‘ayrat bilan jamiyatning “aqliy va ma’naviy sog‘lomlashtirish” yo‘llarini muhokama qilishga kirishib ketdi. Zamonaviy inqirozning eng muhim sabablaridan biri deb u past tabaqalar o‘rtasidagi tug‘ilishning yuqori ko‘rsatkichlari tufayli “inson zahiralarining yomonlashuvi”ni ko‘rsatdi. Keyingi kunlar davomida esa Jozef boshiga maltuschilik g‘oyasini targ‘ib qilish tarafdori degan ayblovlar yog‘ildi. Bunday vaziyatda u partiya yetakchiligi uchun kurashishdan voz kechishini ma’lum qilishga shoshildi va bu jarayonda qatnashishni M.Tetcherga taklif qildi. Tetcherning o‘zi esa bu vaqtda o‘zining siyosiy qiyofasini qat’iy o‘zgartirdi. Uning keskin qoralashlar, betga choparlik va hattoki keskinlik bilan so‘zlangan nutqlari, Xitning ma’rifiy va bosiq nutqlaridan keskin farq qilardi. 1975 yilda Tetcher o‘ta og‘ir inqirozni boshdan kechirayotgan partiyaning rahbari bo‘ldi. Parlamentdagi fraksiya va partiyaning butun rahbariyati guruhlarning keskin raqobati natijasida susaygan edi. 50-yillarning boshiga nisbatan partiya a’zolari soni ikki marta, “yosh konservatorlar” harakati a’zolari soni esa uch martagacha kamaygan edi. Bularning hammasi Tetcherga partiyaning ichida tozalash o‘tkazishdan voz kechishga emas, balki partiya elitasini birlashtirishga majbur etdi. Uning “yashirin kabinetida”gi muhim lavozimlarni nafaqat Jozef va Nivlar, balki yaqindagina siyosiy jihatdan raqib bo‘lgan Prayor va Xaular ham egallashdi. Uaytlau esa hattoki, partiya yetakchisining o‘rinbosariga aylandi. Tetcher atrofida “eski gvardiya” a’zolaridan Lord Tornikfort, R.Modling, A.Madler ham paydo bo‘lishdi. Shu bilan bir vaqtda Tetcher “orqa kursichilar” o‘rtasida ham o‘z ta’sirini mustahkamlash uchun ko‘p harakat qildi. U norasmiy tarzda oddiy deputatlar bilan muloqotda bo‘lar, ko‘p yillik an’anaga qarshi o‘laroq lanch paytida past nufuzli parlament kafelarida bo‘lar, muhim muammolarni stol atrofida yoki navbatlarda muhokama qilar, mintaqaviy va yoshlar tashkilotlari vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazardi. Tetcher ataylab partiya rahbariyati uslubini o‘zgartirarli. U yuzlab partiya faollarining qo‘llab-quvvatlashisiz “ommaviy partiyaning” tubdan o‘zgartirishsiz ijtimoiy yangilanish radikal dasturlarini amalga oshirsh mumkin emasligiga qattiq ishonardi. Partiyaga Xit kabi siyosatchi emas, balki yangi toifadagi yetakchi, tolmas kurashchi va qat’iyatli siyosatchi kerak edi. Tetcher ustalik bilan “millatni ozod etish” uchun “qo‘shinni” “jangga” olib boruvchi “general” rolini o‘z zimmasiga oldi. Ammo, “temir xonim” nufuziga ega bo‘lgan Tetcher, partiyaning oddiy a’zolari uchun o‘sha muhitdan chiqqan, fikrlash, qadriyatlarga munosabat va hayotiy tajriba jihatidan yaqin bo‘lgan “o‘zining odam” qiyofasini saqlab qolishga harakat qilardi. Bunday siyosiy usul Britaniya neokonservatizmining eng muhim farqlanuvchi belgisi bo‘lib qoldi. 1976-1978 yillarda Konservatorlar partiyasining mafkuraviy yangilanishini aks ettiruvchi dasturiy xujjatlar kompleksi ishlab chiqilgan edi. Asosiy yo‘nalishlar antietatistik va antibyurokratik to‘ntarish, xususiy tadbirkorlik asosidagi iqtisodiy o‘sish dinamikasini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, soliqlarni kamaytirish g‘oyalaridan iborat bo‘ldi. Neokonservativ dasturning o‘ziga xos xususiyati “yagona millat” tiklanishi va ijtimoiy totuvlikni ta’minlash g‘oyalaridan iborat edi. Xitning jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan “mulkdorlar demokratiyasi” konsetsiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Tetcherning yangi konservatizmi zamonaviy iqtisodiy nazariyaga asoslangan edi. Uning asosini M.Fridmanning Chikago monetarizm maktabi va taklif nazariyasi tarafdorlari A.Laffer va R.Riganlarning asarlari tashkil etardi. Buyuk Britaniyaning o‘zida monetaristik nazariya 60-yillardan boshlab Manchester Universiteti iqtisodchilari va M.Parkin va D.Loydler, hamda Birmingem universitetidan A.Uolterslar tomonidan rivojlantirilayotgan edi. 70-yillarda ularga Liverpul universitetdan P.Minford guruhi va London iqtisodiyoti maktabidan B.Griffitslar qo‘shildi. Uolters o‘sha paytdayoq M.Tetcherning iqtisodi bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi. Neokonservativ yo‘nalishdagi iqtisodchilar davlat tomonidan makroiqtisodiy boshqaruv iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmasligini isbot qilishardi. Iqtisodiy o‘sishning asosini faqatgina tashqari ta’sirsiz, tabiiy raqobatga, bozordagi ishbilarmonlik va ishlab chiqarish madaniyatiga asoslangan tarqoq tartib tashkil etishi mumkin. Davlatning vazifasi bunday iqtisodiy tuzumning barqarorligini ta’minlash, eng avvalo inflyatsiyaga qarshi kurashishdan iborat bo‘lishi kerak. Davlat tejamli budjet to‘lovlari amaliyoti, daromadlarning tez oshib ketishi, faol dotatsiya siyosatidan voz kechishi kerak. Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarning saqlab turishga, neokonservatorlarning fikricha, umumiy talabni oshiruvchi omillarni rivojlantirish orqali emas, balki samarali taklifni ta’minlash-kapital va ishchi kuchning harakatlanishi, ularni taqdirlashni “tabiiy ishsizlik” sharoitida mehnat bozoridagi raqobatga mulkni xususiy sektor foydasiga qayta taqsimlashga, biznesning muvozanatlashtirilgan tuzilmasini shakllantirish, jumladan, kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga, ishbilarmonlik faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirgan holda ijtimoiy PATERNALIZMdan voz kechishga qaratildi. Tetcher va uning tarafdorlarining muhim xizmati monetarizm iqtisodiy nazariyasini to‘laqonli dunyoqarash darajasidagi ijtimoiy-siyosiy ta’minot darajasiga ko‘tarishdan iborat bo‘ldi. Taklif qilinayotgan iqtisodiy model samaradorligini hisoblashdan tashqari, Britaniya konservatorlarining yangi avlodi shaxsning ijtimoiy faolligi va javobgarligining yangilanishi, davlat yordamiga umid bog‘lamasdan o‘z hayoti uchun o‘zi kurashadigan konkret inson manfaatlari ustunligi zarurligidan kelib chiqdilar. Bu ijtimoiy mafkuraning ramzi “bepul pishloq faqat qopqonda bo‘ladi”-dan iborat bo‘ldi. Britaniya neokonservatizmi siyosiy fikrining asosiy xususiyati ma’naviy argumentatsiya(dalliar keltirib isbotlash)ning katta roli inglizlarning “tabiiy” konservatizmiga Britaniya jamiyatining an’anaviy viktoriyanlikga xos ma’naviy qadriyatlar- oila va dinga, qonun va tartibga, mehatsevarlik va ehtiyotkorlikka nisbatan hurmatga nisbatan appelyatsiyadan iborat edi. Tetcher siyosiy dasturi uchun “qonun va tartib” shiori markaziy shiorga aylandi. Jamiyatning turg‘un va karaxtligiga qarshi kurashgan holda u o‘ta tartibsizlik chalkashlikka emas , balki barqaror va harakatchan jamiyatni barpo etishga chaqirardi. O‘zgarmas hissiyotga beriluvchanlik, keskinlikka asoslangan, “temir xonim”ning siyosiy usuli, chiqishlarining jo‘shqinligi, qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida qat’iylik va izchillik bilan birgalikda - bu pastulatlarning hammasi Britaniyaga xos neokonservativ siyosiy falsafaning asosini tashkil etdi. 1977 yil may oyida bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlardagi g‘alaba konservatorlar partiyasining yangilanishida keskin burilish yasadi. Hukmron partiya, aksincha saylovchilarning ishonchini yo‘qota boshladi. 1979 yildagi “issiq qish”ning norozilik to‘lqini ko‘pgina inglizlarni Tetcherning dalillari to‘g‘riligiga ishontirdi. Konservatorlar partiyasi tarafdorlari uchun 1979 yil martida Irland ekspremistlari tomonidan Eyri Nivoning o‘ldirilishi qattiq zarba bo‘ldi. 28-mart kuni konservatorlar umum palatasiga hukumat ishonchsizlik votumi bilan rezolyutsiyani taqdim etishda va u bir ovozdan qabul qilindi. Hukumat parlament tarqatilishini uyushtirishga majbur bo‘ldi. 1979 yil 3 martdagi saylovlarda konservatorlarni saylovchilarning 43,9%i qo‘llab-quvvatladi va ular 339 ta (635 tadan) mandatni qo‘lga kiritishdi. Hukumat tarkibini tanlashda Tetcher bu gal o‘z tarafdorlari, ya’ni qat’iy monetar siyosat tarafdorlariga yon bosdi. Asosiy vazirliklar hisoblangan, moliya va sanoat vazirliklari Jefri Xau va Kit Jozefga topshirildi. Tetcher kollegial (bamaslahat) va har qanday bo‘linishga chek qo‘yib hukumat ishlashi xarakterini tubdan o‘zgartirdi. Hukumatda ilgarigi Tetcherning parlamentdagi chiqishlari ruhidagi keskin bahs-munozaralar olib borish rasm bo‘lib qoldi. qarorlar ko‘proq komissiya va kabinet ishtirokisiz kichik doiradagi siyosatchilar va bosh vazir ishtirokida qabul qilinadigan bo‘lib qoldi. 1981 yildayoq “Temir xonim” hukumat tarkibidan yetarlicha qat’iyatli bo‘lmagan siyosatchilarni chetlashtirib, uni “tozaladi”. Tetcher hukumati o‘ta murakkab iqtisodiy va ijtimoiy siyosat muammolariga duch keldi. 1979 yil o‘rtasi uchun xos bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarning ijobiy dinamikasi tezda o‘sayotgan inqiroz bilan almashdi. “Neft inqirozi” salbiy oqibatlarga olib keldi. 1979 yilda Eronda shohlik tuzumining ag‘darilishi va Eron-Iroq urushining boshlanishi munosabati bilan OPEK mamlakatlari neft narxini ikki baravar oshirishdi. 1980 yildayoq G‘arb mamlakatlari yana bir qayta ishlab chiqarish inqiroziga duch kelishdi. Buyuk Britaniyada sanoat ishlab chiqarishi 12%ga, qayta ishlovchi sanoatda 16%, yengil sanoat sohalarida 27%gacha pasayish kuzatildi. Inqiroz yangi inflyatsiyaning avj olishi va ishsizlikning tez o‘sishi bilan birga o‘tardi. 1980-1981 yillarda ishsizlar soni 1,5 dan 3,3 million kishigacha oshdi. Ammo bunday salbiy sharoitlarga qaramasdan Tetcher hukumati o‘zining oldingi iqtisodiyotni strukturaviy isloh qilish rejasidan voz kechmadi. Monetor konsepsiyasi mantig‘iga ko‘ra, hukumat oldin inflyatsiya sur’atlarini pasaytirishga urindi. Bu vazifa sanoat korxonalariga dotatsiya qilish amaliyotidan voz kechishni, emissiya ustidan qattiq nazorat o‘rnatishni, “qimmat kredit” siyosatiga qaytishni talab qilardi. Soliq tizimi qayta ishlab chiqildi. Daromad solig‘ining pasayishi va alohida shaxs va korxonalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqqa tortishdan egri soliqlarga o‘tish natijasida katta daromadlardagi to‘g‘ri soliqlar 3,5 mlrd. funt sterlingga kamaydi, shu bilan bir vaqtda budjet daromadlarida egri soliqlar urushi 34% (1979 y)dan 39% (1981 y)gacha ko‘tarildi. Ko‘pgina iste’mol mollari, maishiy xizmat, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalarga joriy qilingan oshirilgan narxlardagi soliqlar stavkasi 8%dan 15%gacha oshirildi. Bu choralarning hammasi shaxsiy iste’molni qisqartirishni tashviqot qilish bilan bir vaqtda amalga oshirildi. Neokonservatorlar millati “mablag‘ga qarab” yashashga chaqirdilar. Ijtimoiy xarajatlarga qaramasdan Tetcher hukumati kommunal va yo‘l qurilishi xo‘jaligi, madaniyat, ta’lim sohasidagi davlat xarajatlarini keng ko‘lamda kamaytirishga qaror qildi. 1980-1981 yillarda budjetdagi harakat moddalariga mos xarajatlar 4 mlrd.funt sterlingga qisqartirildi. Shu bilan birga davlat apparatida xodimlar sonini kamaytirildi va uni ta’minlash uchun xarajatlar ham qisqartirildi. Budjet vositalarini tejash shiori ostida mavjud davlat boshqaruv tizimini tubdan qayta qurish amalga oshirilayotgan edi. 1982 yilga kelib, hukumat tarkibidagi barcha soha vazirliklari bekor qilingan edi. Inflyatsiyaga qarshi siyosatning eng muhimi va tarkibiy qismlarida iqtisodiyotni liberallashtirishning radikal vositasi davlat korxonalarining xususiylashtirishidan iborat edi. Ularning ko‘pchiligi zarar keltiruvchi edi va doimiy dotatsion xarajatlarni talab qilardi. Bu yukdan qutulish va xususiylashtirishdan kelgan mablag‘lar budjet balansini ancha yaxshilashi mumkin edi. Bunday qadam natijasida noiloj yana bir ishsizlik avj olishi va ijtimoiy norozilikning oshishini boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. “Keskin” antiinflyatsion va strukturaviy siyosat allaqachon 1981-1982 yillarda ijobiy natijalar bera boshladi. Bu davrning tugashi arafasida inflyatsiya 4-5% ga pasaydi. 1982 yilning ikkinchi yarmidan boshlab Britaniya iqtisodiyotidan o‘sish belgilari ko‘zga tashlana boshlandi. 1983 yildan boshlab esa ishlab chiqarish qat’iy sur’atlar bilan o‘sa boshladi. Eng rentabel (daromadli) kompaniyalarning aksiyalari kursi ancha ko‘tarildi, xususiy investitsiyalar yuqori sur’atlar bilan oshdi (10,3%ga). Aholining iste’molchilik harajatlari ham 6,5 %ga oshdi. Ammo “keskin davolash” rentabelligi sust bo‘lgan sohalarda ishlab chiqarishning pasayishi, xususiylashtirilgan korxonalarda bandlikning kamayishi, mehnat bozorida kurashning keskinlashuviga olib keldi. 1981 yilga kelib mehnatga layoqatli aholi orasida ishsizlik 10% dan oshdi, yoshlar o‘rtasida esa bu raqam to‘rt baravar ortiq edi. Faqatgina 1980-1983 yillarda ishsizlar soni 2 milliondan 3 milliongacha oshdi. “Ichki shahar hududlari”- an’anaviy sohalarda faoliyat ko‘rsatgan ishchilarning shahar-markazlarida joylashgan ilgarigi hududlari xarobazorlarga aylangan edi. Bu keskin muammoni keltirib chiqardi. Jinoyatchilik va terroristik harakatlarning o‘sishi qayd qilindi. 1981 yilda Buyuk Britaniyaning yirik shaharlarini (London, Birgingem, Bristol, Liperpol) tarqoq norozilik namoyishlari qamrab oldi, bu namoyishlar ko‘p hollarda namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvlari bilan yakun topardi. Hukumat bunday namoyishlarni politsiya yordamida bosishga qaror qildi. Uyushgan ishchilar harakatiga nisbatan ham hukumat qat’iy pozitsiyada turib oldi. 80-yillarning boshida kasaba uyushmalarining norozilik namoyishlar o‘tkazish huquqlarini cheklash to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi. Barcha birdamlik namoyishlari g‘ayriqonuniy deb e’lon qilindi. 1982 yilda ishga qabul qilinayotganda kasaba uyushmalari a’zolariga ishtiyoq beruvchi nizom bekor qilindi. Shimoliy Irlandiyadagi norozilik harakatlarini bostirish uchun hukumat yanada shafqatsizlarcha munosabatda bo‘ldi. 1981 yilda u yerga qo‘shimcha harbiy kuchlar jo‘natildi. Katolik tashkilotlar faollarining sud tomonidan ta’qib qilinishi yanada kuchaydi. Bunga javoban Irlandiyalik mahbuslar ochlik e’lon qilib, hukumatdan o‘zlariga nisbatan oddiy jinoyatchilarga qilinadigan muomalada bo‘lmaslikni, balki ular o‘zlariga siyosiy mahbuslarga nisbatan qilinadigan muomalada bo‘lishini talab qilib chiqdilar. Ulardan 10 nafarining, jumladan parlament a’zosi B.Sendisning o‘limiga qaramasdan hukumat mahbuslarga nisbatan o‘z ta’qiblarini to‘xtatmadi. Buyuk Britaniyadagi ichki siyosiy vaziyatning keskin o‘zgarishida 1982 yildagi Folklend (Malvin) orollari bilan bog‘liq bo‘lgan tushunmovchiliklar tufayli Argentina bilan sodir bo‘lgan harbiy to‘qnashuvlar tub burilish yasadi. Mamlakat hududidan 8000 milya uzoqlikda ro‘y bergan harbiy harakatlarning muvaffaqiyati hukumatning pozitsiyasini yanada kuchaytirdi. Bu to‘qnashuv 11 hafta davom etib, bu vaqt mobaynida Tetcher harbiy harakatlarning siyosiy, moddiy va diplomatik ta’minoti bilan shaxsan o‘zi shug‘ullandi va o‘zining “temir xonim” sifatidagi shuhratini butunlay tasdiqladi. qulay fursatdan foydalanib u navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazishga qaror qildi. Saylov kompaniyasi hujumkor ruhda tashkil qilingan edi. Konservatorlar individual muvaffaqiyat va shaxsiy javobgarlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatovchi Britaniya jamiyati a’zolariga yon bosdilar. Chuqur qayta qurish davrini boshidan kechirayotgan muxolifot saylov kurashiga tayyor emas edi. 1981 yilda leyboristlar partiyasining anchadan beri, pishib yetilgan (muqarrar bo‘lib qolgan) parchalanishi ro‘y berdi. Roy Jenkins boshchilik qilgan guruh, partiya tarkibidan butunlay chiqib ketdi va Buyuk Britaniyaning sotsial-demokratik partiyasini tuzdi. Uning rahbariyati liberallar partiyasiga yaqinlashishga harakat qildi. Liberal va Sotsial-demokratik partiyalarning an’anasi saylov kompaniyasini Tetcherizmning qat’iylik va berahmligini tanqid qilish va parlamentning vakolatlarini hukumatning imtiyozlariga zarar keltirish, evaziga hamda davlatning huquqiy asoslarini yana mustahkamlash kabi shiorlarni ilgari surishdi. Leyboristlar partiyasida bu yillar davomida mafkuraviy jihatdan so‘l tomonga siljish kuzatildi. So‘l leyboristlar yetakchisi Maykl Fut 1980 yilda Kollagen iste’fosidan keyin partiyaga rahbarlik qila boshladi. Jenkins guruhining partiyani tark etishi o‘ng qanotni zaiflashtirib yuborgan edi. Ammo kutilmaganda Maykl Futga uning yaqin vaqtdagi ittifoqchisi Entoni Vejvud Benn tahdid qila boshladi. Ikkala yetakchi kurashi yagona mafkuraviy va saylov “maydonida” ro‘y berayotgan edi. Raqiblik kayfiyatida ikkovlon tobora radikal g‘oyalarni ilgari surishar, sotsializmning klassik qadriyatlarini tiklash, sanoatni milliylashtirishning keng dasturlarini amalga oshirish, kasaba uyushmalari huquqlarini himoya qilish, mamlakatning Yevropa Hamjamiyati tarkibidan chiqishini qo‘llab chiqishardi. Bu voqealarning noto‘g‘ri va xayoliy ekanligi tushunarli edi. 1983 yilning 9 iyunida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida konservatorlarni 42,4% saylovchilar (ya’ni 1979 yilga nisbatan 1,5% ga kamroq) qo‘llab-quvvatlab chiqishdi, ammo ularning parlamentdagi fraksiyalarining mandatlari 339 dan 397 ta deputat o‘rniga oshdi, leyboristlarga 28,3%, Alyans partiyaga esa 26% saylovchilar ovoz berishdi, leyboristlar 209 ta liberallar va sotsial-demokratlar esa 23 ta mandatga ega bo‘lishdi. 80-yillarning o‘rtalarida Tetcher hukumati tomonidan izchil va keng ko‘lamli yangilashlar (o‘zgarishlar) amalga oshirildi. 1984-87 yillarda davlat ixtiyorida bo‘lgan sanoat transport va kommersiya tashkilotlarining taxminan 3/1 qismi, jumladan gaz sanoati va telekomunikatsiya sohalaridagi 9 ta eng yirik konsernlar xususiylashtirilgan edi. qimmatli qog‘ozlar bozorida hukumat “British petroleum” neft kompaniyasi, po‘lat qo‘yish, aviakosmik sanoat, elektroenergetika, suv ta’minoti, havo transporti korxonalarining ko‘pchiligining aksiyalarining paketlari sotuvga chiqarildi. Shimoliy dengizda neft konlarini izlab topish va ishga tushirish, radioaktiv izotoplarni ishlab chiqarish, ko‘mir shaxtalaridan foydalanishda xususiy sarmoya qatnashuvi yanada kengaytirildi. O‘n yillik islohotlar davomida 35 mlrd. funt sterling hajmidan ishlab chiqarish fondlari xususiylashtirildi. Davlat sektorining ulushi 10 dan YAMM (Yalpi Milliy Mahsulot)ning 6,5%gacha pasaydi. Xususiylashtirishdan tashqari Tetcher hukumati davlat korxonalariga subsidiyalar berish va yordam berishning barcha formalari keskin qisqartirildi (1980-1987 yillar mobaynida taxminan 10 marta). Xususiy sektorning imtiyozli moliyalashtirish ham kamaydi. Xususiylashtirish jarayonida davlat sektorining qisqartirishi hisobidan bo‘lgan kishilar soni 1,9 dan 3 millionga ko‘tarildi. 80-yillar oxirlarida ishchilar soni 20 dan kam bo‘lgan korxonalarda xususiy sektordagi ishchi kuchning 35%i band edi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishdan tashqari, neokonservatorlar yangi ijtimoiy falsafaning qaror topishi uchun muhim vositalardan deb “mulkning tarqalishi”-mulkdorlar toifalarining kengayishini tushunishardi. Keng ko‘lam xususiylashtirish aholining keng qatlamlariga hissador (aksioner) bo‘lishga imkon berdi. Fransuzlarning xususiylashtirish tajribasidan farqli o‘laroq Buyuk Britaniyada seksiyalarning katta qismi kichik partiyalarda sotuvga chiqarilgan edi. Bunday aksiyalar imtiyoz bilan sotilardi, bunda har bir fuqaro qat’iy cheklangan miqdordagi aksiyalarni sotib olishi mumkin edi. Aksiyalarni xususiylashtirilayotgan korxonalarning ishchi yoki xizmatchilarining o‘zlari ham xarid qilishlari mumkin edi. 80-yillarning oxirida Buyuk Britaniya hissadorlar soniga ko‘ra AQShdan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turardi. “Mulkdorlar jamiyati”ni shakllantirishga qaratilgan siyosatning ajralmas qismi uy-joy xo‘jaligi, tibbiy xizmat va ta’limni isloh qilishdan iborat edi. Uning leytmotivi “umumfaravonlik holati” tizimini qayta tuzishdan iborat bo‘ldi. Tetcher hukumati munitsipal (shahar) uy-joy mulkini keng xususiylashtirish dasturini amalga oshirishga kirishdi. Xususiy uy qurilishi har tomonlama rag‘batlantirildi, kredit uchun foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar, (bu kreditlar uy qurilishi uchun ishlatilardi), qurilish kompaniyalariga uy-joy qurilishiga to‘lovlar ikki baravar kamaytirildi. O‘z uyiga ega bo‘lish, nafaqat shaxsiy uy-joy muammosini hal qilish nuqtai-nazaridan, balki hayotning yagona standartini bekor qilish, maishatning individual estetikasini rivojlantirish, hamda egalik hissining o‘zini mustahkamlash nuqtai nazaridan qoralardi. Sog‘liqni saqlash sohasida Tetcher hukumati amalda Xit kabineti siyosatini davom ettirdi. Sog‘liqni saqlash Milliy xizmatini xususiylashtirish keng miqyosdagi dastur o‘rniga uni “Deetatizatsiya” (davlat tasarrufidan chiqarish) qilishga, unga bozor munosabatlarini kiritishga urinishlar bo‘ldi. Neokonservatorlar “ta’limda fikrlar xilma-xilligi (blyuralizm)”ni tiklash dasturini e’lon qilib, ta’lim sohasida ham egalitarizm (jamiyatda barchaning tengligini asosiy tamoyil deb hisoblovchi kichik burjuaziya utopistlik ta’limoti tarafdorlari J.J.Russo, yakobinchilar Grakx Babyof)ga qarshi kurashni davom ettirdi. 1980 yilda ta’lim jarayonini nazorat qilishda ota-onalar huquqlarini kengaytirish maktabdagi ichki kengashlar vakolatini yanada oshirish, fuqarolarga ta’lim muassasalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni yetkazishni siyosatning muvaffaqiyatli tugash paytida Tetcher hukumati davlat tomonidan kapital qo‘yilishini sezilarli darajada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ularning asosiy obyektlari avtomobil sanoati, elektron, poligrafiya, sellyuloza qog‘oz, kimyo sohalaridan iborat bo‘ldi. Ilgarigi “cho‘loq o‘rdaklarni qo‘llash” amaliyotidan farqli o‘laroq bu investitsiyalar rentabelligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sohalarida amalga oshirildi va texnik-texnologik bazani keyinchalik yangilashga sarflandi. Ishchi xodimlar malakasi sezilarli darajada oshdi. Mehnat bozoridagi ma’lum bir napryajennost-ga qaramasdan, 80-yillarning oxiriga kelib ishsizlik kamayib bordi (1987 yilda 9,8% dan 1989 yilda 6,8% gacha). Mehnat kadrlari malakasining oshirilishi va menejmentning eng yangi tizimini kiritish natijasida mehnat unumdorligi katta sur’atlar bilan oshdi. Britaniya iqtisodiyotining sog‘lomlashtirishdan nafaqat uning jahon xo‘jalik tizimida raqobatbardoshligining oshganligi, balki shaxsiy ehtiyojning barqaror oshishi ham guvohlik berardi. 80-yillarning ikkinchi yarmida aholi daromadlari yiliga 5%dan oshib bordi. Bu davrga kelib, ingliz oilalarining 64%i o‘z uylariga, 70% o‘z avtomobillariga ega bo‘lishdi, aholining yarmidan ko‘pi darajasi yuqoriroq bo‘lgan pullik ta’lim muassasalarida o‘z bolalarini o‘qitishga imkoniyatlari yetarli edi. Aholining bu qatlami o‘zlarini “o‘rta sinf”ga tegishli deb hisoblashadi. Iqtisodiy o‘sish davrida hukumat parlamentni uning vakolatlari tugashiga bir yil qolganda tarqatib yubordi. Yangi saylovlar 1987 yil 11 iyunda bo‘lib o‘tdi. Konservatorlar dasturi optimizmga to‘la edi va saylovchilar diqqatini o‘tgan yillardagi yutuqlarga qaratdi. Hukmron partiyani saylovchilarning 42,3%i qo‘lladi (ya’ni oldingi saylovlarga qaraganda 0,1%ga kamroq), bu ularga 376 deputatlik mandatini olib keldi. Liberal va sotsial-demokratik partiyalar alyansi esa saylovchilarning 22,9%i tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va 22 mandatga ega bo‘ldi. Alyans partiyalari uchun tashvishli omil ularning parlamentdagi fraksiyasining bir a’zoga kamaygani emas, balki saylovchilarning ishonchi pasaygani bo‘ldi oldingi saylovlarda ularga 4% ko‘proq saylovchilar ovoz bergan edi. Leyboristik partiya vaziyatiga esa rahbariyatning almashgani ta’sir ko‘rsatdi. Partiya rahbarligiga radikal guruhlar bilan rejali kurashni boshlagan sentristik aholi vakili Nil Kinnok saylandi. Ammo leyboristlar partiyasining yangi rahbariyati yangilangan mafkuraviy dasturning ko‘lam (asos)larini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan edi. Ular olgan ovozlar ulushi 28,3 dan 32,1%ga ko‘tarildi, ularning parlamentdagi fraksiyasi 209 dan 229 deputatga oshdi, ammo obhinalar palatasida kuchlar mutanosibligini o‘zgartirish uchun bu muvaffaqiyatlar kifoya emas edi. Muvaffaqiyatli o‘tgan saylovlardan keyin Tetcher hukumat yo‘nalishiga biror tuzatishlar kiritmadi. 1988-1990 yillar davomida aeroportlar infratuzilmasi, suv bilan ta’minlash tizimlari va elektroenergetikani qamrab olgan yangi xususiylashtirish amalga oshirildi. Kompaniyalar foyda solig‘i hamda daromad solig‘i stavkalari yana kamaytirildi. Shahar uy-joylarini xususiylashtirish, xususiy uy qurilishini rag‘batlantirish, ta’lim tizimini isloh qilish davom ettirildi. 1988 yilda nafaqa tizimi qayta tashkil qilindi. Bu uning ma’muriy boshqarilishi darajasini pasaytirishga va ijtimoiy yordamni o‘z egasiga aniqroq yetkazishga imkon berdi. Uyushgan ishchilar harakatiga yangidan zarba berildi. 1988 yildagi bandlik to‘g‘risidagi akt noroziliklarni e’lon qilish qoidalarini buzgan kasaba uyushmalariga qarshi ko‘riladigan choralarni UJESTOCHIL. 1990 yildagi akt kasaba uyushmalariga u yoki bu korxonaning xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotiga butunlay a’zo bo‘lish va kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilmasliika imkon beruvchi “yopiq sex” qoidasini bekor qildi. qulay iqtisodiy konyuktura saqlangan sharoitda Tetcher hukumati mavqei 80-yillar oxirigacha barqaror edi. Ammo Tetcherizmning salbiy jihatlari ham asta-sekin namoyon bo‘la boshladi. “Faravon mamlakat”ni bekor qilishga qaratilgan yo‘nalish jamiyatda chuqur ijtimoiy qutblanish (ya’ni keskin qarama-qarshi qismlarga ajralish)ga olib keldi. 80-yillarda aholi jon boshiga o‘rtacha daromad 23%ni tashkil etganligiga qaramasdan, deyarli 20% oilalar qashshoqlik yoqasiga kelib qolgan edilar. Jamiyatning bu tabaqasi yangi konservatorlar tomonidan targ‘ib qilinayotgan kurashchanlik va raqobat ustunligi (kulti)ni salbiy qabul qilishdi. Ayni paytda tetchirchilar harakatchan, emonsipirovanno‘ye ijtimoiy guruhlar, jamiyat qo‘llab-quvvatlashi va ta’minotidan voz kechib, mustaqil, o‘z hayotini o‘zi “yaratuvchi” odam haqidagi g‘oyalari ularga xos bo‘lgan an’anaviy viktorian qadriyatlar, Tetcher uslubining JESTKOST siyosat va mafkuraviy xilma-xillik bilan ayovsiz kurash bilan mos kelmas edi. Tetcherizmning axloqiy holsizlanganligi namoyon bo‘la boshladi. Tetcherning siyosiy avtoritarizmi bilan kelisha olmaslik sababida 1986-1989 yillarda hukumatda mudofaa vaziri Maykl Xezeltayp va bosh vazir o‘rinbosari Jefri Xauning o‘z ixtiyorlari bilan iste’foga chiqishlariga olib kelgan bir qator shov-shuvlar bo‘lib o‘tdi. 1989 yil noyabridagi moliya vaziri Nigel Lousonning iste’fosi esa allaqachon jamiyatda keng norozilik tarqalayotgan paytda ro‘y berdi. Bunga mahalliy soliqqa tortish tizimining isloh qilinishi bahona bo‘ldi. Mahalliy hukumat organlari va qoidaga ko‘ra ko‘chmas mulk narxi va biznes hajmi asosida belgilanuvchi soliq o‘rniga yagona soliq joriy qilingan edi. Ko‘pchilik inglizlar yangi soliqni ijtimoiy adolatsizlikning eng ashaddiy namoyon bo‘lishi sifatida qabul qilishdi. qo‘llab-quvvatlash (ishonch)ni yo‘qatayotgan Tetcher 1990 yilning kuzida partiya yetakchisi saylovlarini o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Birinchi turda Xezeltayp bilan kurashib, Tetcher 204 ta ovozga ega bo‘ldi. Uning raqibi - 152 taga. Bu ikkinchi turda qatnashish uchun yaxshi imkoniyat edi, ammo bunday yetakchilik uchun kurash olib borish partiyani tarqalish yoqasiga olib kelishi mumkinligini fahmlagan Tetcher o‘z nomzodligini olishga qaror qildi. Ikkinchi turda Xozeltaypga Tetcher yaqinlaridan ikkita siyosatchi Jon Meyjor va Duglas Xordlar raqiblik qilindi. Meyjorni ham tetchirchilar (jumladan “temir xonim”ning o‘zi ham), ham davlat siyosatini o‘zgartirish tarafdorlari qo‘llab-quvvatlashdi. Uning yoshi ham unga foyda qildi: Tetcherning 47 yoshli merosxo‘ri, 57 yoshli muxolifotchi Xezeltayp yoki 60 yoshli Xerdga qaraganda ko‘proq partiya rahbariyatining yangilanishi ramziga yaqinroq edi. Ovoz berishning ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, Meyjor 185 ta, Xezetayp-131, Xerd-56 ovozga ega bo‘lishdi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling