Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari


Download 31 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi31 Kb.
#1790012
Bog'liq
Abdualimova


Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik tanloviga tayyorgarlik.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirining 2023-yil 21-iyundagi 01-01/1-3/7-296-sonli topshirig‘iga muvofiq “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” ko‘rik-tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagogik kadrlarini metodik ta’minlashni yaxshilash, ta’limni raqamlashtirish, axborot tizimlari hamda elektron ta’lim resurslarini(kontent) yaratish, pedagoglar tomonidan yaratilgan va o‘quv jarayonida keng qo‘llanilayotgan sifatli raqamli ta’lim resurslarini ommalashtirishdir.
Raqamli ta’lim resurslari (RTR) – bu aniq bir fanning barcha mavzularini qamrab olgan raqamli ta’lim kontentlari to’plami. U ta’lim berishda kompyuterni talab qiladigan mahsulotdir. Shu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, u ta’limning eng zamonaviy, qulay va tushunish oson bo‘lgan o‘qitish usullaridan biri hisoblanadi.
2-son kasb-hunar maktabining o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” ko‘rik tanlovining professional ta’lim muassasasi miqyosidagi 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirokchilar tayyorlagan raqamli ta’lim resurslari bilan ishtirok etdilar. Ular o‘zlarining fanlari bo‘yicha materiallarni taqdimot qilib berdilar. Tashkiliy qo‘mita a’zolari me’zonlar bo‘yicha baholab bordilar. Natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan Baxtiyor Shomirzayev “Raqamli axborotlarni qayta ishlash” kasbi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Mediya va axborot savodxonligi” fanidan tayyorlagan ishi namunali deb topilib, Jizzax viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmasiga taqdim etish uchun tavsiya qilindi.
Biz Baxtiyor Shomirzayevga tanlovning keyingi bosqichlaridagi ishtirokida ham omadlar tilab qolamiz.
M.Abdualimova,
G‘allaorol tuman 2-son kasb-hunar maktabi uslubchisi
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling