Ёниш учун зарур шароитлар
Download 190 Kb.
|
Хожиакбар ЁПХА
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOng‘in xavfsizligi sistemasiga talablar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 18 KIRISH
Mundarija
KIRISH Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. Olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish xamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ana shu strategiyaning uchinchi ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustaxkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish deb aytilgan. Shu yo‘nalishga mos xolda hozirgi kunda Respublikamizda kimyo sanoatini rivojlantirish, maxalliy xom ashyo resurslaridan unumli foydalanib, raqobatbardosh va sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish masalalariga alohida axamiyat berilmoqda. Shuning uchun kimyo sanoati korxonalarida mahsulot etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo‘qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo‘lishligining oldini olishga harakat qilish zarur. Bularni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya-gigiena qoidalari bilan belgilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda. Strategiyaning beshinchi ustuvor yo‘naliщida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash deb aytilgan. Demak xavfsizlik masalalariga juda katta ahamiyat berilyapti. Xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muxim manfaatlarini ichki va tashqi taxdidlar xamda xavf-xatarlardan muxofazalaganlik xolati. Hayotiy faoliyat xavfsizligi bu insonning atrof-muxiti- mexnat qilish, o‘qish, ovqatlanish, dam olish sharoitlarining qulay, me’yoriy xolati, unda insonning sog‘lig‘i, hayoti, mol-mulki, qonuniy manfaatlariga taxdid soluvchi xavfli omillarning yuzaga kelish ehtimolligi minimumgacha tushirilganligi. Shu borada kimyo sanoati korxonalarini loyixalashtirish jarayonida nafaqat texnologik jarayonni tug‘ri yo‘lga qo‘yiщga balki sog‘lom muxit, ya’ni ishchilarning xavfsiz mexnat sharoiti va sanitar-gigienik xolatlarni to‘g‘ri xal qilish dolzarb masalalardan biridir [1]. Ayni paytda mamlakatimizda axoli xavfsizligini ta’minlash, tabiiy, texnogen xamda ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida ilgari surilgan dolzarb vazifalarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xususan, Oliy Majlisga 2017 yil 22 dekabrda yo‘llagan Murojaatnomasida axoli xavfsizligini saqlash eng ustuvor vazifa, o‘tgan 2018 yilning 28 dekabridagi Murojaatnomasida esa xalqimiz xavfsizligini ta’minlashni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi muxim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. [2]. Xayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash masalalari kompleks xarakterga ega bo’lib, uni yuqori darajada mustahkamlash, tegishli chora-tadbirlarn amalga oshirish bilan bir qatorda, jamiyatimiznig xar bir a’zosidan innovatsion yondoshuvni, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologyalar yaratishni taqozo etadi. Insonlar hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ajralmas va o‘ta muhim qismlaridan biri bu – yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hisoblanadi Yong‘in xavfsizligini ta’minlash aholi xayotini, korxonalardagi texnologik jarayonlarni va jamiyatning tinchlik-osoyishtaligini ta’minlashning ajralmas va o‘ta muhim qismi hisoblanadi. Yong‘inlar halq xo‘jaligining hamma tarmoklari va korxonalarida, jumladan, suv va qishloq xo‘jaligi korxonalarining Yonilg’itarqatish shaxobchasida yuz berishi mumkin bo‘lgan, etkaziladigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashish darajasida bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi” qonunning 2009 yil 24 iyunda qabul qilinishi hamda yong‘in xavfsizligini tashkil qilish bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy va me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi yong‘in xavfsizligini ta’minlash umumdavlat miqyosidagi masala darajasiga ko‘tarilganligini ko‘rsatadi. Yuqoridagilarning barchasi korxonalarning Yonilg’itarqatish shaxobchasida mehnat va yong‘in xavfsizligi holatini yuksaltirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etishning me’yoriy va huquqiy bazasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda neft mahsulotlari omborlarida texnogen favqulotda vaziyatlar yuz berishini oldini olish yoki yuz berganda salbiy oqibatlarni kamaytirish katta muammolardan bittasi hisoblanadi. Chunki texnogen favqulotda vaziyatlar kompleksida (asosiy yong‘in va portlash) neft mahsulotlarini juda katta hajmda yo‘qotiladi. Bundan tashqari portlash va yong‘in yuz berishi juda katta darajada turli moddiy yo‘qotishlar, atrof – muhitning ifloslanishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sababli Yonilg’itarqatish shaxobchasida faoliyat xavfsizligi holatini yuksaltirish hamda texnogen favqulotda vaziyatlarning oldini olish o‘ta dolzarb masaladir. Shundan kelib chiqib kurs loyixasi mavzusi Yonilg’itarqatish shaxobchasida faoliyat xavfsizligi holatini yuksaltirish tadbirlarini ishlab chiqishga bag‘ishlanmoqda. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling