Enologiyada yangi konsepsiyalar
Download 37.9 Kb.
|
ENOLOGIYADA YANGI KONSEPSIYALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yolkerkunde»
ENOLOGIYADA YANGI KONSEPSIYALAR REJA: 1. Etnologiyaning paydo bo'lish tarixi va ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o'rni 2. Etnologiyaning turli yondosh fanlar bilan aloqalari 3. Tarixiy va zamonaviy Etnologiya hamda Etnologiyaning bugungi dolzarb muammolari XVIII asrning oxirlariga qadar etnos tushunchasi nihoyatda chegaralangan tarzda iste’molda bo‘ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu termin ilmiy adabiyotlarda «xalq» («narod») ma’nosida kengroq qo‘llanila boshlagan. XIX asrgacha "etnografiya" iborasi maxsus fanga nisbatan emas, balki onda-sonda turli etnografik jarayonlarni tavsiflash maqsadida ishlatilgan. Darvoqe, «etnografiya» termini fanga ilk marotaba 1784 yil A.SHavann tomonidan olib kirilgan. Lekin ushbu fanning taraqqiyoti biroz keyingi davr bilan Har qanday fanning fan sifatida shakllanishi insonlar ehtiyoji bilan ma’lum ma’noda bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnografiya fani uchun ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashagan barcha etnoslar o‘ziga xos turmush-tarzi, urf-odatlari va an’analari bilan bir-biridan ajralib turgan. O‘tgan ming yilliklar mobaynida yig‘ilgan bilimlar shundan dalolat beradiki, er sharida garchi turfa xil rasm-rusmlar va urf-odatlarga ega xalqlar yashashlariga qaramay, ularning barchasi tabiatning ajralmas bir qismi tarzida rivojlanganini va aynan tabiiy-geografik hamda xo‘jalik munosabatlari bilan bog‘liq holda o‘ziga xos etnomadaniy an’analarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o‘zlarining balki tevarak atroflarda va uzoq yurtlarda yashovchi el-uluslar, ularning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqib, ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni yig‘ishga, turli-tuman xalqlarning xo‘jalik va madaniy belgilariga qarab tasniflashga intilganlar. Lekin o‘sha davr mualliflari asosan jangchilar, sayyohlar, elchilar va boshqa mamlakatlarda turli maqsadlarda bo‘lgan kishilarning xotiralari yoki bo‘lmasa o‘zga yurtlar to‘g‘risidagi turli-tuman rivoyatlarga asoslanib ma’lumotlar berganliklari bois ham ularning bizgacha qoldirgan ma’lumotlari ko‘pincha umumiy yoki mavhumiy xususiyat kasb etgan. Etnografiya-xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX - asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Mazkur fanning aynan shu davrda paydo bo‘lishining o‘ziga xos sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, turli xalqlarning mustamlaka tuzum ta’siriga tushib qolishi va mustamlakachi davlatlarni o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishi u erlarda yashovchi mahalliy xalqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishni talab qilar edi. Qolaversa, o‘sha davrda buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi natijasida dunyoning turli mintaqalari orasida o‘zaro etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlarni, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi. Bugungi kunga kelib ayrim mamlakatlarda mazkur fan «etnografiya», yoki «etnografiya» deb nomlansa, qator g‘arb mamlakatlarida ushbu fanni «madaniy antropologiya» yoki «ijtimoiy (sotsial) antropologiya» deb yuritish an’anaga aylangan. Ma’lumki, yaqin o‘tmishda sobiq Ittifoqda elshunoslik fani «etnografiya» deb nomlanib, mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borgan institut va ilmiy tadqiqot markazlari ham shu atama bilan yuritilar edi. Biroq o‘tgan asrning 90-yillaridan e’tiboran ushbu fanga nisbatan «etnografiya» atamasi bilan birga «etnografiya» atamasi ham qo‘llaniladigan bo‘ldi. Fransiyada mazkur termin XIX asr oxirigacha ilmiy iste’mol doirasida bo‘lgan. XX asr boshlarida fransuz tadqiqotchilari tomonidan etnografiyaga tarixiy va nazariy materiallarni jalb etgan holda izlanishlar olib borilishi natijasida etnografiya etnografiyaga aylangan va hozirda fransuz olimlari tomonidan asosan etnologik tadqiqotlar olib boriladi. Xalqlar to‘grisidagi fan - etnografiya tarzda shakllangan mamlakatlardan yana biri Germaniyadir. 1789 yil Germaniyada evropalik bo‘lmagan xalqlar va ularning madaniyatlarini o‘rganuvi «Yolkerkunde» deb nomlangan ilmiy maktabga asos solingan. XIX asrning 30-yillarida nemis sayyohlari va tadqiqotchilar tomonidan barcha o‘rganilgan xalqlarga nisbatan "etnografiya" terminini qo‘shib tadqiq qilish rasm bo‘lgan. XIX asr o‘rtalariga kelib esa "Yolkerkunde" va "etnografiya" iboralari bir xil ma’noda, ya’ni insoniyat madaniyatini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘iga nisbatan qo‘llanilgan. Qizig‘i shundaki, nemislar orasida mazkur termin hozirda ham ba’zida etnografiyaga sinonim tarzda qo‘llaniladi. Bundan tashqari nemislarda xalqlar to‘grisidagi Volkskund (xalqshunoslik) degan yo‘nalish ham mavjud bo‘lib, buni asosan nemis tilida so‘zlashuvchi xalqlar va ularning madaniyati o‘rganadi. XX asrning so‘nggi choragidan boshlab Germaniyada etnologik yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar ancha samarali natijalar bera boshlagan. Ayniqsa, bu borada Maks Planka nomidagi Etnografiya va antropologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib borilayotgan izlanishlar alohida e’tiborga sazovordir. Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar orasida etnografiyaning fan tarzda shakllanishi birmuncha boshqacharoq tarzda kechgan. Avvalo inglizzabon mamlakatlarda xalqlar to‘g‘risidagi fan antropologiyaning bir qismi sifatida o‘rganilgan. SHu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, antropologiya insoniyat tabiatiga oid biologik fan tarzida paydo bo‘lishini ayrim tadqiqotchi olimlar O. Gosmanning 1596 yilda aynan shu nomdagi kitobining nashr etilishi bilan bog‘laydilar. XVIII asrda dunyo miqyosida mustamlakachilik siyosati va irqchilik hamda demografik jarayonlarning kuchayishi antropologiyani juda tezlik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Natijada XIX asrga kelib Evropa mamlakatlarida "orqada qolgan" ibtidoiy xalqlarni o‘rganuvchi qator antropologik jamiyatlar tuzila boshlagan. 1906 yil ingliz etnografiya maktabining asoschilaridan biri Dj. Frezer tomonidan "Ijtimoy antropologiya" nomli yangi yo‘nalishga asos solindi. Mazkur yo‘nalish orqali mashhur ingliz tadqiqotchisi o‘zining mustaqil maktabini yaratgan va u o‘z qarashlarini «madaniy antropologiya» nomi bilan yuritiluvchi E. Taylor qarashlaridan ajratib olishga muyassar bo‘ldi. Darhaqiqat, "ijtimoy antropologiya" iborasi dunyo bo‘yicha juda tezlikda tarqaldi va keyinchalik etnografiyaning inglizcha sinonimiga aylangan. Hozirda ham ayrim «ijtimoiy antropologiya» maktabi vakillari o‘zlarining ilmiy izlanishlarini turfa xil madaniyatlar sohiblari bo‘lgan ayrim etnik guruhlar tadqiqiga qaratadilar. Download 37.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling