Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati
Download 363.15 Kb.
|
yakuniy 22222222
Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati. Fanning maqsadi va vazifalari: Fanning maqsadi: Entomologiya biologiya fanining tarkibiy qismi bo‘lib, hasharotlar olamini o‘rganadi. Hasharotlar o‘simlikxo‘rlar sifatida qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va bog‘dorchilikka zarar еtkazishi bilan birga ayrim turlarining hayvon va o‘simliklarga baktеrial, virus va zamburug‘ kasalliklarini tarqatishda ham ahamiyati katta.Talabalarga hasharotlar olami to’g’risida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni o’rgatishdir. Fanining vazifalari: hasharotlarning boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan farqi va ularning turini to‘g‘ri aniqlash hamda o‘simlik, odam va hayvonlarga ziyon kеltiruvchi turlariga qarshi ilmiy asosda kurashish hamda entomofaglarni muhofaza qilish bo’yicha fundamental bilimlarni berishdan iboratdir. Shuningdek, Entomologiya fani hasharotlarning anatomo-morfologik tuzilishi, hayot tarzi va biogеotsеnozda tutgan o‘rninito’laqonli yoritib bеradi Entomologiya-(yunoncha-entomon-hasharot, logos-fan) hasharotlarni o‘rganuvchi fan. Entomologiyani ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlangan. 1667-yili Redi hasharotlar ustida o‘tkazgan tajribalarini ularning ko‘payishini ilmiy asoslashga bag‘ishlagan. Shundan bir yil o‘tgandan so‘ng hasharotlar anatomiyasini o‘rgangan italiyalik olim I. Malpigi o‘z fikrlarini e’lon qildi. Keyinchalik gollandiyalik olimlar Layonet va Svammerdam entomologiya bo‘yicha izlanishlar natijasini chop etgan. Ma’lumki, biologiya fanining rivojlanishida shved olimi K. Linneyning hissasi katta, chunki u birinchi bo‘lib hayvonot va o‘simliklar dunyosi sistematikasini yaratdi va unga ikkilamchi nom berdi. Bular ichida hasharotlar ham bor edi. K. Linneyning shogirdi Fabritsius hasharotlar sistematikasini yaratishda muhim ishlarni olib bordi. O‘shavaqtda 4500 turdagi hayvonlar ma’lum bo‘lib, shulardan 2000 tasi hasharotlar deb hisoblangan. Hasharotlar anatomiyasi va biologiyasini tabiatshunos R.A. Reomyur (1683–1757) ham o‘rgangan. Keyinchalik E.K. Brandtning (1839–1891) hasharotlarning asab sistemasini o‘rganishi, A.O. Ko valevskiy (1840–1901) va I.I. Mechnikovning (1823–1916) fiziologik o‘zgarishdagi izlanishlari umumiy entomologiyaning rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. XX asr bo‘sag‘asida va asr oxirida hasharotlar sistematikasini o‘rganish juda rivojlandi. G.G. Yakobson (1871–1916) to‘g‘riqanotlilar va qo‘ng‘izlarni o‘rgandi. A.K. Mordvilko (1867–1938) o‘simlik bitlari sistematikasi va bioekologiyasini o‘rganish sohasidagi ishlari bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Umumiy entomologiyaning vazifasi hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini, fiziologik xususiyatlarini hamda tashqi muhitning ularga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Ana shu asosda ularning bioekologik xususiyatini o‘rgangan holda, ularga qarshi kurash tizimini ishlab chiqish, foydalilarini ko‘paytirib, zararlilariga qarshi kurash zarur bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik entomologiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan N.A. Xolodkovskiy, I.I. Mechnikov, A.O. Kovalevskiy va keyinchalik I.A. Parchinskiy va u bilan Entomologiya byurosi tarkibida ishlagan I.V. Vasilyev, V.P. Pospelov, K.K. Rossikov, Ya.F. Shreyner va boshqalarning kuzatishlari va ilmiy ishlari hozirgacha dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Markaziy Osiyoda entomologiya ishlarini rivojlantirishda va shu sohada mutaxassislar tayyorlashga E.N. Pavlovskiy, G.Y. Bey-Biyenko, A.N. Kirichenko, A.A. Shtakelberg, V.V. Popov, O.L. Krushnevskiy, K. Lopatin, F.N. Pravdin va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. Respublikamizda Zoologiya va parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti va ToshDMU ning tashkil topishi entomologiya fanining rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bu sohada bir qancha yirik olimlar va fan arboblari yetishib chiqdi. Bulardan V.V. Yaxontov, R.A. Olimjonov, S.A. Alimuhamedov, A.A. Bekkuzin, A.G. Davletshina va boshqalarni aytib o‘tish o‘rinlidir. O‘zbekistonda entomologiya fanini rivojlantirishda ko‘plab olimlar mehnat qilib, o‘z ilmiy ishlari bilan qishloq xo‘jalik entomologiyasi asosini yaratishdi. Jumladan, V.F. Oshanin va R.A. Olimjonovlar yarim qattiqqanotlilarning tur tarkibi, tarqalishi va xo‘jalik ahamiyatini o‘rganib, qo‘shni davlatlarga ham amaliy yordam berdilar. V.V. Yaxontovning «O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik ekinlari va mahsulotlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari» (1962), A.I.Plotnikovning «O‘rta Osiyo o‘simliklariga zarar yetkazadigan hasharotlar» (1953), V.P. Nevskiyning «O‘rta Osiyo shiralari» (1929) asarlari hozirgi kungacha entomologlar diqqatiga sazovordir. Yuqorida nomlari aytib o‘tilgan olimlardan tashqari, M.N. Narziqulov, F. Uspenskiy, K.I. Larchenko, X.R. Mirzaliyeva, B.P. Adashkevich, O.Mavlonov, S.A.Juravskaya va boshqalar ham qishloq xo‘jalik entomologiyasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti mavjud bo‘lib, bu yerda qishloq xo‘jalik entomologiyasining barcha yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Bu institutda ko‘plab mutaxassislar tayyorlanadi. Jumladan, akademik S.N.Alimuhamedov, professorlar N. Mahmudxo‘jayev, Sh.T. Xo‘jayev, F. G‘ofurov, M.I. Rashidov, X. Yahyoyev B. Jumonov kabi olimlar tinmay izlanib, zarar-kunandalarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqmoqdalar. Ular bilan bir qatorda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya va parazitologiya institutida akademik D.A. Azimov, professorlar M.K. Qodirova, A.Sh Hamroyev, Andijon qishloq xo‘jalik institutida professorlar G.K. Dubovskiy, A.A. Kan, A. Kamolov, Nukus davlat universitetida professor G.Sh. Shamurodov, Farg‘ona universitetida professorlar A. Muhamadiyev, A. Ahmedov qishloq xo‘jalik entomologiyasining turli sohalarida xizmat qilmoqdalar. Hozir O‘zbekistonda Davlat o‘simliklarning karantin xizmati mavjud bo‘lib, uning viloyat va tumanlardagi bo‘limlari karantinsinash laboratoriyalaridan tashkil topgan. Bu xizmat juda xavfli bo‘lgan zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning davlatimizga kirib kelishining oldini olish, O‘zbekistonda kam tarqalgan zararli organizmlarni yangi maydonlarga o‘tkazmaslik bilan shug‘ullanadi. Mustaqil respublikamiz aholisini ekologik toza, arzon va yuqori sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashda va sanoatga yuqori sifatli xomashyo yetkazib berishda qishloq xo‘jalik entomologiyasi muhim o‘rin tutadi. Download 363.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling