Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati


Download 363.15 Kb.
bet9/26
Sana20.06.2023
Hajmi363.15 Kb.
#1628288
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
yakuniy 22222222

Qorin bo‘lagi. Hasharotlarning qorin bo‘lagi bir nechta segmentdan tashkil topgan. Tuban hasharotlar (Protura)ning qorin bo‘lagi 12 ta bo‘ladi. Ko‘pchilik hasharotlarda voyaga yetgan yoshida 11 ta segment bo‘ladi, ba’zilari qo‘shilib ketib, ular o‘rnini baquvvat rivojlangan segmentlar egallashi hisobiga ular yo‘qolib ketadi. Segmentlarning har biri 2ta asosiy skleritdan iborat bo‘lib, ustki tomonidagi plastinka – tergit, pastki tomonidagi plastinka – sternit deb ataladi; ular orasida pardasimon yumshoq qism –biqincha yoki pleyrit bo‘ladi. Voyaga yetgan hasharotlarda tergit bilan sternitning soni hamma vaqt bir xil bo‘lmaydi, chunki ayrim segmentlarning orqa qirrasi keyingi segmentning oldingi qirrasini bosib turadi. Ayrim hollarda segmentning tergiti shu bo‘g‘imning sternitiga qaraganda yirikroq, ba’zan sternit yirikroq bo‘lishi mumkin yoki har ikkalasining kattaligi bir xil bo‘ladi. Qornining ayrim segmentlari bir-biriga harakatchan ravishda
birikadi. Qorin bo‘lagi ham ko‘krakka harakatchan birikadi. Lekinpardaqanotlilar (Hemenoptera) turkumiga mansub hasharotlar qornining birinchi bo‘g‘imi ko‘krakka harakatsiz birikadi va ularoraliq segment deb ataladi. Oraliq segmentlarning ko‘krakkacha zich yopishishi tufayli pardaqanotlilar kuragi uch emas, balki to‘rt segmentdan iborat bo‘lib ko‘rinadi. Hasharotlar qorni tuzilishiga
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Keng qorin. Bunday qorinning birinchi bo‘g‘imi enli bo‘lib, hamma joyi bilan ko‘krakka zich yopishadi. Osilgan qorin. Bunday qorinning birinchi bo‘g‘imi keng bo‘lib, lekin segmentning ostki qismi yordamida ko‘krakka harakatchan birikadi va qorin osilib turadi. Poyasimon qorin. Bunday qorinning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘imlari cho‘zilib, uzun poyaga aylanadi.
Qorin segmentining yonida nafas teshigi stigmasi joylashadi, ular har xil shaklda, ko‘pincha noto‘g‘ri oval yoki yumaloq shaklda, juda kichkina bo‘ladi. Qorinning nafas teshikli segmentlarining soni har xil bo‘ladi. Odatda, ularning soni 7 yoki 8 juft, har qaysi segmentda bir juft nafas teshigi bo‘lib, qornining 9- va 10-segmentlarida nafas teshiklari bo‘lmaydi. Voyaga yetgan hasharotlarning qorin bo‘lagida oyoqlar bo‘lmaydi, lekin tuban hasharotlarda har xil o‘simtalar bo‘lishi mumkin.
Masalan, Diptera, ya’ni ayridumlilar (Thysanura), qildumlilar turkumiga kiruvchi hasharotlarning qorin qismida har xil o‘simtalar bo‘ladi. Bu hasharotlar qorin qismining birinchi segmentida rudiment o‘simtalari bo‘lib, ular qorin oyoqchalari deb ataladi.
Ayrim hasharotlarda, to‘g‘riqanotlilarda, suvaraklarda qorin bo‘lagining 11-, kamdan kam hollarda 10- yoki 9-segmentlar tergitida bo‘g‘imli sezuvchi serklar bo‘ladi. Uxovyortkalarda ular (serklar) baquvvat omburga aylangan. Ular himoyalash va uchish oldidan qanotlarni to‘g‘rilovchi organ vazifasini bajaradi.
Ko‘pchilik hasharotlarda 9-qorin bo‘lagining segmentida ayrim hollarda 8-segmentlardagi genital plastinka gona-pofiz deb ataladigan o‘simtalardan tashqari, hech qanday o‘simtalar bo‘lmaydi. Gonapofizlar jinsiy yoki himoya vazifasini bajaradi.
Bunday qismlar qatoriga hasharotlar, masalan, temirchaklar (Thigonidae) yoki sikadalar (Cicadidae) erkagining tashqi jinsiy organlari, urg‘ochilarining tuxumqo‘ygichi kiradi. Ular asalarilarda (Apidae) gonapofiz nayza holida bo‘ladi. Ninachilar (Odonata) erkaklarining jinsiy o‘simtalari o‘ziga xos tuzilgan. Bu o‘simtalar qorin qismining 2- va 3-sternitlarida, jinsiy teshiklari esa o‘zining asli joyida, ya’ni 9-sternitda bo‘ladi. Bu o‘simtalar 2-sternitdagi 6 juft xitinlashgan plastinkadan va 3-segmentdagi uch bo‘g‘imli jinsiy organdan iborat. Urug‘lantirish oldidan erkak ninachi urug‘ suyuqligini avval jinsiy teshikdan jinsiy o‘simtalar rezervuariga ko‘chirishi lozim.
Hasharotlar tuxumqo‘ygichi orqali substrat ichiga, tuproqqa, poya ichiga, barg to‘qimalari ichiga, har xil teshiklar, yoriqlarga, hatto hasharotlarning o‘ziga ham tuxum qo‘yadi. Tuxumqo‘ygich gonapofizning o‘zidagina hosil bo‘lmay, balki ko‘pgina pashshalar (Diptera), qo‘ng‘izlar (Coleoptera) da qorin bo‘lagi oxirgi segmentining qiyofasi o‘zgarib, ichiga tortishishi va tuxum qo‘yish vaqtida do‘ppayib tashqariga chiqishidan ham hosil bo‘lishi mumkin.

Download 363.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling