Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati


Hasharotlarning ko‘krak bo‘limi: bo‘g‘inlari, oyoqlar tuzilishi, qanotlarning tuzilishi va sistematikadagi ahamiyati


Download 363.15 Kb.
bet10/26
Sana20.06.2023
Hajmi363.15 Kb.
#1628288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
yakuniy 22222222

Hasharotlarning ko‘krak bo‘limi: bo‘g‘inlari, oyoqlar tuzilishi, qanotlarning tuzilishi va sistematikadagi ahamiyati.
Hasharotlarning boshidan keyingi qismi ko‘krak bo‘lib, u uch bo‘g‘imdan: oldingi ko‘krak, o‘rta ko‘krak va orqa ko‘krakdan iborat. Hasharotlarning oldingi, o‘rta, orqa ko‘krak qismlari birbiriga harakatchan birikkan bo‘lib, ayrimlarida bu qismlar jips birikib ketgan bo‘ladi. Ko‘krakning uchta segmentining har biri xitinlashgan ayrim qismlardan – skleritlardan iborat. Segmentlarning yuqori qismi yoki ustki tomoni, yelka ostki tomoni yoki ko‘kragi yon tomonidagi skleritlar – biqincha yoki pleyritlar deb ataladi.
Hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imlarida bir juftdan oyog‘i bo‘ladi. Qanotli hasharotlarning o‘rta va orqa bo‘g‘imlarida juft qanotlar bo‘ladi. Shuning uchun o‘rta va orqa bo‘g‘imlari birgalikda pterotoraks degan nom bilan ifodalanadi. Ayrim hasharotlarda oldingi ko‘krak bo‘g‘imi boshqa ko‘krak bo‘g‘imlariga, jumladan, beshiktervatarlarda nisbatan oddiyroq tuzilgan. Oyoqlari qamrovchi tipda bo‘ladi.
Uchish xususiyatini yo‘qotgan hasharotlarda oldingi yelkalari yaxshi rivojlangan, uchuvchi hasharotlarda esa oldingi ko‘kragi ancha kichiklashgan bo‘ladi. Ko‘krak bo‘g‘imlarining yon tomonlari skleritlari biqini yoki pleyritlari murakkab tuzilgan bo‘lib, har bir oyog‘ining joylashgan yerida burmali teri – kutikula chuqurchani hosil qiladi. Ushbu chuqurchada oyog‘ining tozchasi joylashgan. O‘rta va orqa ko‘krak biqinchalarida kamdan kam hollarda oldingi ko‘krak biqinchasining ham ikki yonida bittadan zo‘rg‘a seziladigan va noto‘g‘ri yumaloq (oval) shaklli nafas teshikchalari bo‘lib, ular stigma deb ataladi.
Hasharotlarning qanoti. Ko‘pchilik hasharotlarda ikki juft qanot bo‘lib, ularning birinchi jufti o‘rta ko‘krakka va ikkinchisi orqa ko‘krakka joylashadi.
Lekin ikki qanotlilarda qanot bir juft bo‘lib, ular o‘rta kurakka, orqa kurakka esa yo‘qolib ketgan orqa qanot rudimentlari o‘rnashadi. Hasharotlar qanoti ikkita yupqa plastinkadan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidan to‘rt tomoni berk katakchalar hosil qiladigan tik va ko‘ndalang tomirlar o‘tadi.
Tomirlarning soni va joylashishi har xil. Tuban hasharotlar qanotida ko‘proq ko‘ndalang tomirlar bo‘ladi, qanot tomirlari qanot pardalarini ko‘tarib turuvchi mexanik tirgak vazifasini bajaradi. Ichi g‘ovak bo‘lgan ayrim tomirlar orqali oziq modda tashuvchi qon oqadi. Hasharotlar qanotlarini tutib turishida va ularni oziqlanishida uzunasiga ketgan tomirlar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular quyidagi xillarga bo‘linadi:
C – kostal tomir. Bunda tomir qanotning tubidan chiqib, uning oldingi cheti bo‘ylab ketadi.
Sc– subkostal tomir. Birinchi tomirdan keyin qanotlar tubidan
chiqadi. Ko‘pincha, kalta bo‘ladi va qanotning oldingi chekkasiga
borib taqaladi.
R – radial tomir. Subkostal tomirdan keyin qanotlar tubidan
chiqadi. Bu tomirlar, ko‘pincha, besh tarmoqli bo‘ladi, bu
tarmoqlar qanotning oldingi va tashqi chekkasiga borib yetadi.
Aksariyat hasharotlar qanotining chekkasi yonida – radial tomir tarmoqlarida terisimon plastinkacha – ko‘zcha, ya’ni pterosigma hosil bo‘ladi.
M – o‘rta yoki medimal tomirlar. Ular radial tomirlardan keyin joylashadi va tarmoqlaydi. Tarmoqlarning uchi qanotning tashqi chekkasiga borib taqaladi.
Cu – kubital tomir. Ular medial tomirdan keyin kelib, ildiz tubidan chiqadi. Ba’zi uchlari qanotning tashqi yoki chekkasiga borib taqaladigan ikki tarmoqqa bo‘linadi.
A – keyingi yoki anol tomirlar qanot tubidan chiqadi, lekin tarmoqlanmaydi. Har qaysisi qanotning orqa, ba’zan tashqi chekkasiga mustaqil borib taqaladi. Anol tomirlar, ko‘pincha, aksilyar tomir deb ham ataladi.

Download 363.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling