Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati
Download 363.15 Kb.
|
yakuniy 22222222
Hasharotlarning ko‘payishi.
Hasharotlarning ko’payish xillari. Barcha hasharotlar ayrim jinsli bo’lib, ular asosan jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Faqat ba‘zilarida kamdan-kam uchraydigan germafroditizm hodisasi kuzatiladi. Ba‘zan hasharotlar geterogoniya (ikki jinslik va partenogenetik nasllarning gallanishi) yo’li bilan ham ko’payadi. Bu hodisa odatda urg’ochisi qanotsiz bo’lgan hasharotlar orasida uchraydi. Masalan, yoz davomida shira bitlarining partenogenetik yo’l bilan tirik lichinka tug’adigan urg’ochilari rivojlanadi. Bu lichinkalardan faqat urg’ochilari rivojlanadi. Partenogenetik urg’ochi hasharotlarning oxirgi bo’g’inining naslidan esa urg’ochi va erkak hasharotlar rivojlanib chiqadi. Urug’langan urg’ochi hasharotlar qo’ygan tuxumlar qishlab qoladi va bahorda ulardan yana urg’ochilari chiqadi. Ayrim cho‘psimonlar, yong‘oqyasarlar va o’simlik bitlarining erkaklari umuman noma‘lum, ular faqat partenogenez usulda ko’payadi. Ayrim hasharotlar (asosan, ikki qanotlilar) lichinkalik davrida ham ko’payish xususiyatiga ega. Bu hodisa pedagenez deyiladi. Masalan, Miastor pashshalarining lichinkalari birin-ketin pedagenez yo’li bilan lichinkalarning bir necha yangi naslini hosil qiladi. Chivinlardan-galitslar lichinkalik davrida ko’payadi, ya‘ni katta yoshdagi lichinkalar mayda lichinkalar tug’adi. Keyingi nasl lichinkalari rivojlanib, erkak va urg’ochi hasharotlarga aylanadi. Urug’langan tuxumlardan yana pedagenetik lichinkalar rivojlanadi. Ba‘zi hasharotlar, masalan, yaydoqchilarning ko’payishida poliembrioniya hodisasini kuzatish mumkin. Bu hodisa tuxum hujayrasini maydalanish davrida bir qancha mustaqil rivojlanish xususiyatiga ega bo’lgan guruhlarga ajralishi va har bir guruhdan alohida lichinkalar rivojlanib chiqishidan iborat. Shu usul bilan bitta tuxumdan 100 tagacha, ba‘zan undan ham ko’proq embrion hosil bo’lishi mumkin. Poliembrioniyaning biologik mohiyati parazit individlari sonini keskin oshirishdan iborat. Download 363.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling