Epidemiologiya nima?


Fаvquloddа holаtlаr sodir boʼlgаndа yuqumli kаsаlliklаrni oldini olish


Download 22.18 Kb.
bet2/6
Sana22.12.2022
Hajmi22.18 Kb.
#1041877
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Epidemiologiya

Fаvquloddа holаtlаr sodir boʼlgаndа yuqumli kаsаlliklаrni oldini olish
Favqulodda vaziyatlar sodir boʼlgan joyda maʼlum miqdorda sanitar-gigienik tadbirlar olib borilishi lozim. Bu tadbirlar dezinfektsiya ishlarini olib borish, emlash kabi tadbirlardan iborat boʼlishi mumkin va bu tadbirlar favqulodda vaziyat oqibatlari toʼla-toʼkis bartaraf etilgunga qadar toʼxtovsiz olib borilishi lozim. Ularning oʼz vaqtida olib borilmasligi yoki toʼxtab qolishi yuqumli kasalliklar, hatto oʼta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi bilan bogʼliq ogʼir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yuqumli kasalliklar bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarda kasallik tarqalishiga yoʼl qoʼymaslikka qaratilgan rejimli cheklash choralari koʼriladi. Favqulodda vaziyatning koʼlami va kasallik turi qandayligiga qarab, kuzatish (observatsiya) yoki karantin tadbirlarini oʼtkazish ana shunday choralardan hisoblanadi.
Kuzatish vaqtidagi tadbirlar cheklash xususiyatli boʼlib, quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
— favqulodda vaziyat yuzaga kelgan aholi punktidan chiqishni cheklash;
— favqulodda vaziyat hududiga unga kirishni cheklash;
— favqulodda vaziyat hududidan oʼtishni cheklash. Yuqumli kasallik yuqish xususiyati yuqori, oʼta xavfli boʼlganda (karonavirus, oʼlat, vabo, spid, tabiiy chechak va h.) karantin rejimi kiritiladi.
Karantin rejimi xududdan asosiy chiqish joylarini qurolli soqchilar qoʼyib, hududning butun chegarasi boʼylab qurshab, falokat oʼchogʼini batamom ajratib (izolyatsiya qilib) qoʼyishni koʼzda tutadi. Ommaviy tadbirlar oʼtkazish taqiqlanadi, chiqish va kirish butunlay cheklanadi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashning maxsus tizimi kiritiladi. Bu cheklash chora-tadbirlari eng soʼnggi kasal topilgan vaqtdan boshlab, kasallikning inkubatsiya davri oʼtib boʼlguncha vaqt davomida olib boriladi. Observatsiya yoki karantin hududida qolgan aholi ularning oldiga qoʼyilgan barcha talablarni qatʼiyan bajarishlari hamda vahimaga tushmasliklari kerak.
Bu ayniqsa vaqtinchalik kelib qolgan kishilarga tegishlidir. Rejim hududidan shoshilinch chiqib ketish zarur boʼlib qolganida ular inkubatsiya davri mobaynida izolyatorga qoʼyilib, nazorat ostida boʼlganlaridan keyin hududdan tashqariga chiqishlariga ruxsat berilishi mumkin. Yuqumli kasalliklarni bartaraf etish va epidemiya avj olib ketishining oldini olish boʼyicha olib boriladigan kompleks chora-tadbirlardan biri bu dezinfektsiya tadbiri hisoblanadi. Dezinfeksiya obʼektlardagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli kasalliklarning qoʼzgʼatuvchilarini yoʼq qilish uchun oʼtkaziladi.
Dezinfeksiyaning bir qancha usullari usullari mavjud. Bular quyidagilar: Mexanik usul — bu hududni toza tutish, axlatlarni yigʼish, supurib-sidirish, jihozlarni artish, qoʼllarni, badanni yuvish, kir jihoz va buyumlarni yuvish. Bunda odatdagi kir bilan birga kasallik qoʼzgʼatuvchilari ham yoʼqotiladi.
Fizik usul
bu suvda qaynatish, bugʼlatish, jihoz va buyumlarni quyoshda toblash (maʼlumki, quyosh nuri koʼplab mikroblarni oʼldiradi), dazmollash, kvarts lampalaridan foydalanish. Bu usul ham koʼplab kasallik qoʼzgʼatuvchilarini oʼldiradi.
Kimyoviy usul
— bu kimyoviy moddalar yordamida kasallik qoʼzgʼatuvchisini yoʼqotish. Maʼlumki, baʼzi kimyoviy moddalar kasallik qoʼzgʼatuvchilarini qirib tashlash xususiyatiga ega. Xlorli preparatlar – xlorli ohak, xloramin, kaltsiy gipoxlorid tuzi, lizol – dezinfeksiya ishlarida eng koʼp qoʼllanadigan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish usullaridan yana biri bu deratizatsiya fаvquloddа holаtlаr sodir boʼlgаndа yuqumli kаsаlliklаrni oldini olish
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
- 2021 tadbiridir. Deratizatsiya deganda yukumli kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar
sichqon kalamush, yumronqoziq va hakazolarni yoʼqotish boʼyicha olib boriladigan tadbirlar tushuniladi. Maʼlumki, koʼplab kemiruvchilar qonida insonlar uchun xavfli boʼlgan mikroblar mavjud. Bu mikroblar ularning ajralmalaridan tashqi muhitga tushib atrof muhitni, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslantirishi va kasallikka sabab boʼlishi mumkin. Yuqumli kasallik tarqalishining oldini olishga qaratilgan yana bir tadbir bu dezinsektsiya tadbiridir. Dezinseksiya deganda yuqumli kasallik tarqatuvchi hasharotlar — pashsha, chivin, kana, bit, burga va hakazolarni yoʼqotish boʼyicha olib bboriladigan choratadbirlar tushuniladi. Hasharotlarni yoʼqotish orqali biz kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar tashuvchisini yoʼqotamiz. Yuqumli kasalliklarning oldini olish usullaridan yana biri bu emlash tadbiridir. Buning uchun vaktsina, zardob va antitoksinlardan foydalaniladi. Emlash kasallik hali yoʼq vaqtda rejaga muvofiq (majburiy emlash) hamda kasallik avj olgan paytda epidemik koʼrsatkichlarga binoan oʼtkazilishi mumkin. Rejali emlash tadbiriga bolalarni emlashni misol qilib koʼrsatish mumkin. Bunday rejali emlashlar sababli mamlakatimizda va boshqa mamlakatlarda tabiiy chechak, poliomielit va boshqa kasalliklar tugatib yuborganligi emlash tadbirlarining qanchalik samaradorligini koʼrsatadi.

Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling