Epiteliy hujayralarining tuzilishi Bir qavatli epiteliy
Bir qavatli ko’p qatorli epiteliy
Download 2.44 Mb.
|
Epiteliy to`qimasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Bir qavatli ko’p qatorli epiteliy. Bu epiteliy nafas yullarining devorini va jinsiy sistemaning ayrim qismlarini qoplaydi. Bu epiteliyda har bir hujayra bazal membranada yotadi, hujayralarning shakli turlicha va shu sababli yadrolari har xil tekislikda yotadi (51-rasm). Kekirdak epiteliysida kiprikli silindrsimon, qadahsimon, yirik va kichik qo’shimcha hujayralar hamda endokrin hujayralar tafovut qilinadi. Qo’shimcha hujayralar o’zining keng yuzasi bilan bazal membrane tegib turadi. Kiprikli hujayralar bazal membranaga o`zining ingichka qismi bilan tegib turadi, keng yuzasi esa kekirdak teshigiga qaragan bo`ladi.
48-rasm. Bir qavatli silindrsimon epiteliy. Me’da shillik qavatidan tayorlashgan. Ob.60,ok.10. 1 - silindrsimon hujayralar; 2 – yadro; 3 – biriktiruvchi to’qima Kiprikli hujayralarning apikal yuzasida kiprikchalar bo`lib, har bir hujayrada 250 atrofida uchraydi. Kiprikchalarning harakatlanishi shilliq sekretning siljishiga ta’sir qiladi. Shilliq sekret bilan tashqaridan kirgan chang zarralari ham chiqariladi. Elektron mikroskopda kiprikchalar 2 ta markaziy va 9 juft periferik («Hujayra markazi, sentrosoma»ga q.) mikronaychalardan iboratligi aniqlangan (52-rasm). 49-rasm. Silindrsimon hujayralar. Me’da tubining shillik qavatini qoplovchi hujayralar. Elektron mikrofotogramma. X 7500. 1 – silindrsimon hujayra; 2 – yadro; 3 – secretor donachalar. Adabiyotlar: Narziyev D.X., T.: “Mexnat”1986 Kodirov E. “Gistologiya” T.: “O’qituvchi” 1994 Alimov D.A. Gistologiya va Embriologiya. T. “O’qituvchi” Vrakin V.F. “Morfologiya selskoxozyaystvennix jivotnix” M.: “Kolos” 1984. Sidorova M.V. M.: VO “Agropromizdat” 1991 Akayevskiy A.I. Anatomiya domashnix jivotnix M.: “Kolos” 1975 Sidorova M.V. Davidova Praktikum po anatomi s osnovami gistologii L.: “Selxozizdat” 1985 Vrakin V.F. embriologi selskoxozyaystvennux jivotnux M. “Kolos” 1982. Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling