Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari


Download 1.26 Mb.
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1444549
1   2   3   4
Bog'liq
oila .psix.1 Azamat

Oila kodeksining 25-moddasi er va xotinning har birining mulkining turlarini ko‘rsatgan. Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.

  • Oila kodeksining 25-moddasi er va xotinning har birining mulkining turlarini ko‘rsatgan. Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.
  • Demak, er yoki xotindan faqat bitimiga tegishli bo‘lgan va u tomonidan tasarruf etiladigan mulk xususiy mulk hisoblanadi.
  • Xususiy mulkka quyidagilar kiradi:
  • Er yoki xotinning nikohga qadar faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mulki (masalan, uy, uy jihozlari, omonat kassasiga qo‘yilgan pul, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqalar);
  • Nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olgan mulklari;
  • To‘y sovg‘alari, agar ular er yoki xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (qimmatbaho va serhasham buyumlar bundan mustasno);
  • Er yoki xotin tomonidan olingan Davlat mukofotlari va sovg‘alar (masalan, oltin soat, mototsikl va boshqalar);
  • Er-xotinning nikoh tuzishga qadar olgan hadyalari (kelinning sepi va hakozalar), bu buyumlardan turmushda birgalikda foydalanishdan qat’iy nazar, ularning birgalikdagi umumiy mulki turiga kirmaydi.

Nikoh shartnomasi

  • Nikoh shartnomasi
  • O‘zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida ilk bor nikoh shartnomasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
  • Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
  • Oila kodeksida nikoh shartnomasiga 29-36-moddalar ajratilgan. Ularda nikoh shartnomasi tushunchasi, shartnomasini tuzish asoslari, nikoh shartnomasining mazmuni, nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish, nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish, haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish, nikoh shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari va er-xotin o‘rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar bayon etilgan.
  • Nikoh shartnomasi taraflari faqat nikohga kiruvchilar va nikohdagi er-xotindan iborat bo‘lishi mumkin. Nikoh shartnomasi notarial kontoralarda tuziladi.
  • Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishiuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling