Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim
Download 1.26 Mb.
|
oila .psix.1 Azamat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Goziev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y. 2.Lyaudis V.L. – Metodika prepodavaniya psixologii. iz.vo 2000 URAO 3.G.Stefanenko. Etnopsixologiya.-M.:1999
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Nikoh shartnomasi taraflari nikohga kiriuvchilar va nikohdagi er va xotindan iborat bo‘lishi mumkin. Bu shartnoma er-xotin o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni sud amaliyotida to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi.
Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi. Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Bugun butun dunyo oila instituti inqiroziga, xususan, nikohlar beqarorligi, ajrashishlar soni ortishi, nikohsiz tugʻilishlar koʻpayishi, oilaviy hayot va farzand tarbiyasiga toqatsizlik kabi muammolarga toʻqnash kelyapti. Olimlar bunday muammolar millatning maʼnaviy tanazzuliga sabab boʻlishi mumkinligini ilmiy jihatdan asosladi. Bu borada Abdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bogʻliq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shuncha kuchli boʻladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yoʻl qoʻysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” [1:8], deb taʼkidlagan. Islomda er-xotin oʻrtasidagi munosabatning davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar joriy qilingan. Bunda oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va aʼzolari boʻlmish er va xotinning har biriga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq-huquqlari ham belgilab berilgan. Bu haqda Qurʼonning bir qator suralarida oyatlar keltiriladi: “Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshligʻi sifatida doimiy) qoim turuvchilardir Sababi – Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (baʼzi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar oʻz oilasiga) oʻz mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir” (Niso surasi, 34-oyat) [4:390]; “Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir” (Baqara surasi, 228-oyat) [3:398]. Agar er va xotin bu qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmasidagi burch va masʼuliyatini his qilib sidqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Xotinning er zimmasidagi haqqi erning oʻziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri zimmasida mahr va nafaqa singari shaxsiy va moliyaviy haqlari bor. Ular quyidagilar: Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir. Zero, Alloh taolo Oʻz Kitobida: “Ayollar bilan yaxshilik ila turmush kechiring. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻplab yaxshiliklarni paydo qilsa!”, deya amr etgan (Niso surasi, 19-oyat) [3:402]. Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi mahrdir. Bu – ayolni ikrom qilish, unga yaxshilik qilish bobidan. Alloh taolo Qurʼoni karimda erlarni ayollarning bu haqqiga rioya qilishga chaqirib: “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz” (Niso surasi, 4-oyat), deb amr etgan. Er xotinning ozorini koʻtarishi, u gʻazablanganida va jahli chiqqanida muloyim boʻlishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.)dan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini koʻrmadim”. Erkak ayolining or-nomusini saqlashi kerak. Oqibati buzuq boʻladigan har qanday holatga beparvo boʻlmaslik lozim. Ammo yomon oʻy, oʻta talabchanlik va gumonda haddan oshish durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan bunday rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.) erni oilasini xiyonatda gumon qilib, uyga kechqurun kelishdan qaytarganlar”. Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli taʼminlashi kerak. Er xotinining iffatini saqlashi lozim. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir. Er xotinini yaxshi koʻrsa, juda hurmatlashi lozim, yomon koʻrsa, zulm qilmasligi kerak. Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajrashsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar xoʻrlaydi. 1.Goziev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y. 2.Lyaudis V.L. – Metodika prepodavaniya psixologii. iz.vo 2000 URAO 3.G.Stefanenko. Etnopsixologiya.-M.:1999 4.X.Alimov. Milliylik va ijtimoiy ruxiyat.-T.:1992 Adabiyotlar. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling