Nazorat uchun savollar:
1. Er va xotinning umumiy mulki, har birining mulki: vujudga kelish asoslari va ularga nisbatan huquqlarni amalga oshirishni tahlil qiling.
2. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda ulushlarni aniqlash: nazariya va sud amaliyoti.
3. Bo‘lajak er-xotinlar Ahrorov va Yangiboyevalar Yunusobod tumani 1-sonli FHDYo organiga nikohlarini rasmiylashtirishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladilar. Ular o‘zlarining arizalarida Ahrorov va Yangiboyevalar familiyasida umumiy familiya qilib qoldirishlarini so‘raganlarida, FHDYo mudirasi ularga faqatgina bitta familiyani umumiy familiya qilib tanlash yoki har biri o‘zining turmushga qadar bo‘lgan familiyasida qolishi mumkinligini tushuntirganda, ular o‘z e’tirozlarini bildirib, FHDYo bo‘limi mudirasi ustidan shikoyat qilishlarini ma’lum qiladilar.
Aytingchi, Oila huquqida nikoh munosabatlariga kirishayotgan shaxslarga ikkita familiyani umumiy familiya qilib tanlash huquqi beriladimi? Ahrorov va Yangiboyevalarning e’tirozlari asoslimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |