Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari. Er va xotin mulkining shartnomaviy tartibi


Download 23.32 Kb.
bet3/8
Sana22.04.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1381942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu oila

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish. Oila kodeksining 27-moddasiga ko‘ra, er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin. Qonun sudni masalani bunday asosda hal qilishga majbur etmaydi. Pul summasini undirib berish masalasini ko‘rayotganda sud ishning aniq sharoitiga qarab (er-xotin har birining moddiy va boshqa oilaviy holatlarini inobatga olib) hal qiladi. Bunday holatda er-xotindan bittasiga birgalikdagi umumiy mulk tarkibiga kirgan uyning qismi uchun pul to‘lash belgilansa, u egallagan xonani bo‘shatib berishi lozim.
Mulkdor o‘z mulkiga nisbatan egallash, foydalanish va tasarruf qilish huquqlariga ega. Agar er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki nikohdan ajralish vaqtida bo‘linmagan bo‘lsa, bunda er-xotindan biri amalda faqat mol-mulkka nisbatan egalikdan mahrum bo‘lmasdan, undan foydalana olmasligi ham mumkin. Shunday qilib, ajralish er-xotinlarga yoki ulardan biriga ularning qonuniy huquqini amalga oshirishga muqarrar ravishda ta’sir qilishi mumkin.
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi. Er-xotindan birining qarzi uchun haq uning o‘z xususiy mulkidan, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lganida esa unga tegishli bo‘lgan hissadan undirilishi mumkin.
Umumiy qarz er-xotinning ikkalasi yoki ulardan bittasi (ikkinchi tomon bilan kelishilmagan bo‘lsa-da), yoki butun oila manfaatiga qaratilgan bo‘ladi.
Shaxsiy qarzlar esa bunday belgilarga ega bo‘lmaydi. Qarzlar bo‘yicha javobgarlik er-xotinning umumiy mulkini bo‘lishda, undan tashqari ham qo‘llanishi mumkin.
Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari harakatlari tufayli zarar ko‘rgan tomonning talabi er-xotinning mulkidan haq undirishning alohida turi hisoblanadi. Ota-onalarning moddiy javobgarlik masalasi fuqarolik qonun hujjatlari normalari asosida hal qilinadi. Yetkazilgan zararni er-xotindan bittasining xususiy mulkidan, shuningdek, ularning birgalikdagi umumiy mulkidan ham undirish mumkin. Masalan, agar er-xotin qayd etilgan nikohda bo‘lib, alohida yashayotgan bo‘lsalar, ularning voyaga yetmagan bolalari moddiy zarar keltirsa, bu holat ulardan birining aybi bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, uning xususiy mulkidan yoki unga tegishli umumiy mulkidan haq undirish mumkin. Biroq er-xotinning nikohdan ajralib alohida yashashi yoki ota-onalarning bolalardan alohida yashashi er-xotinning yoki ulardan birining voyaga yetmagan o‘z bolalari keltirgan zararni to‘lashdan ozod qilish uchun asos bo‘lmaydi. Agar nizo chiqsa, sud bolaga yetkazilgan zarar uchun ota-onaning har ikkalasini ham javobgar qilib, yetkazilgan moddiy zararni ularga to‘latishi mumkin. Aksariyat hollarda esa, bola yetkazgan zarar uchun bola bilan birga yashaydigan ota yoki ona javobgar hisoblanadi.
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki hisoblangan mulkidan haq undirishga, ulardan bittasi tomonidan sodir qilingan jinoyat tufayli keltirilgan zararni undirishga, agar bu mol-mulk jinoyat sodir qilish yo‘li bilan topilgan mablag‘ga olinganligi aniqlansa va bu boyicha jinoyat ishi materiallari, sud hujjatida (qaror, ajrim) mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Zararni undirish to‘g‘risidagi da’voni ko‘rayotgan sud er-xotindan har biri yetkazgan zararning aniq miqdorini belgilash masalasini hal qiladi. Sud bunday ishlarni ko‘rishda, avvalo, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkdagi tegishli qismini aniqlab, qarzdorga tegishli bo‘lgan mulkni belgilaydi. Shundan so‘ng, agar bunga yetarli asos bo‘lsa, ikkinchi tomonga tegishli mol-mulklar taqiqdan chiqariladi.



Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling