Ergasheva diloromning


Download 335.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana08.01.2022
Hajmi335.38 Kb.
#243710
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
ozbek nutqining oziga xos xususiyatlari

Nutq  aniqligi.  Aniqlik  –  madaniy  nutqning  asosiy  belgilaridan 

biridir. Nutqning aniqligini bir qator lug„aviy, morfologik va sintaktik 

omillar ta‟minlaydi. Masalan,  

1) sinonimlardan o„rinli foydalanish

2) antonimlardan to„g„ri foydalanish; 

3) ko„chma ma‟noli so„zlarni o„rinli qo„llash; 

4) so„z birikmalarini to„g„ri qo„llash; 

5) iboralarni to„g„ri qo„llash. 

 Nutqning aniqligi so„zlovchining bilimi, umumiy saviyasi, tafakkur 

darajasi  va  adabiy-me‟yoriy  ko„nikmasi  bilan  bog„liq.  Agar  to„g„ri 

nutqning  yuzaga  kelishiga  faqat  lisoniy  faktor  zaruriy  belgi  sifatida 




qaralsa,  nutqning  aniqligi  deyilganda,  uning  shakllanishiga  xizmat 

qiluvchi tildan tashqarida bo„lgan holatlarni ham nazarda tutish lozim 

bo„ladi. Bu eng avvalo, til va tafakkur dialektikasidir. Chunki, aniqlik 

deyilganda,  tabiat  va  jamiyatdagi  narsa  va  hodisalar  bilan  ularning 

nutqdagi  atamasi  bo„lgan  materiali  o„rtasidagi  munosabatlik 

tushuniladi.  

 

Nutq  sofligi.  Nutq  madaniyatida  soflik  tushunchasi.Nutqning 

sofligi  deganda,  een  avvalo,  uning  adabiy  tilning  lisoniy  normasiga 

muvofiq  kelish-kelmasligi  tushuniladi.  Darhaqiqat,  yaxshi,  ideal  nutq 

hozirgi  o„zek  adabiy  tili  talablariga  mos  holda  tuzilgan  bo„lishi  turli 

xil g„ayri adabiy til usullaridan xoli bo„lishi kerak. Nutq tozaligining 

lingvistik va nolingvistik aspektlari bor. +o„pol so„zlarning ishlatilishi 

ham  nutqtimiz  tozaligiga  salbiy  ta‟sir  qiladi.  Og„zaki  nutqda  ba‟zan 

uchrab  turadigan  so„kinish,  haqorat  so„zlari  jamiyatning  ahloq 

normalariga  mutlaqo  to„g„ri  kelmaydigan  hodisadir.  Ammo  badiiy 

adabiyotda  personajlarning  kuchli  hayajonli  g„azablanganligini  ifoda 

etish maqsadida dag„al so„zlardan foydalaniladi. 

 

Tilning  tozaligini,  sofligini  buzuvchi  vositalar-  noo„rin  talaffuz 



yoki ohang, siyqa ibora va birikmalar, o„rinsiz kalkalash, shevachilik, 

ortiqcha va rasmiy, chet so„zlarni o„rinsiz ishlatish. 

 

Nutq boyligi. Til boyligi va nutq boyligi. Nutq boyligi bevosita 

lug„at bilan bog„liqdir.

1

  So„zlovchining  lug„at  boyligi  qanchalik  ko„p 



bo„lsa, nutqi ham shunchalik boy bo„ladi. Lug„at boyligi esa badiiy va 

ilmiy  adabiyotlardadir.  Shuning  uchun  ham  ko„p  mutoala  qilgan 

kishining  lug„at  boyligi  ko„p  bo„ladi.  Nutq  boyligini  ta‟minlovchi 

                                                           

1

 Nutq madaniyatiga oid masalalar. Fan, 1973 




lingvistik vositalar. Nutq boyligi, rang-barangliligi va nutqiy uslublar. 

Badiiy  uslub  eng  boy  uslub  sifatida.  O„zbek  adabiy  tili  badiiy 

uslubining boy va rang-baring bo„lishini ta‟minlashda adiblarning roli. 

O„zbek adiblarining til boyligidan namunalar. 

 


Download 335.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling