Ergashgan qo ʻ shma gaplar


Masalan: Uning bunday odati yoʻq edi, shuning


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1340683
1   2   3
Bog'liq
Taqdimot

Masalan: Uning bunday odati yoʻq edi, shuning 
uchun yigit hayron boʻlib biroz qarab qoldi. (A.Qahhor)
Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli moʻl-
koʻl hosil oldik. (Olimjon Xoldor) 


Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini 
bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga koʻpincha deb soʻzi 
yordamida bogʻlanadi. Ergash gaplarning kesimi buyruq va shart 
maylidagi, shuningdek, kelasi zamon fe’llar bilan ifodalangan da, 
maqsad ma’nosi, oʻtgan zamon fe'llari bilan ifodalanganda, 
koʻproq sabab ma’nosi anglashiladi. 
Masalan
: Sen otash ichida uragan javlon, 
Dushman qilmasin 
deb 
sevgan elimda.
(Hamid Olimjon) 


Bosh gap tarkibidagi koʻrsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun 
qoʻllangan ergash gaplar bosh gapga –ki yuklamasi
yordamida bogʻlanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida 
boʻladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan 
bu boʻlak qoʻllanmasligi ham mumkin, ammo uning oʻrni boʻladi. 
Masalan: Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi koʻramiz. 
Shunday yashaylikki hamma bizga havas qilsin. 


Ergash gap tarkibida qoʻllanuvchi kim, nima, qancha, qanday, 
qayer kabi soʻroq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob 
boʻlib keluvchi shu, Oʻsha, shunday, Oʻsha yerda kabi olmoshlar 
bir-biriga nisbatan qoʻllanganligi, biri ikkinchisini taqazo etganligi 
uchun nisbiy soʻzlar hisoblanadi. Bunda ergash gapning kesimi 
shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
Masalan: Sen birodaringni qanchalik yaxshi koʻrsang,
Tangri ham seni shunchalik yaxshi koʻradi. 
(Hadis) 


Ergashgan qoʻshma gaplarning sodda gaplar 
bilan ma’nodoshligi:
Tarkibida koʻrsatish olmoshi mavjud boʻlgan ergashgan qoʻshma gaplar tegishli 
sodda gaplar bilan ma’nodosh boʻla oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida 
tegishli koʻrsatish olmoshi bilan ifodalangan gap boʻlagi oʻrniga qoʻyish orqali 
sodda gapga aylantirish mumkin.
Masalan: 1. Kim koʻp oʻqisa, u koʻp biladi. // Koʻp oʻqigan ko’p biladi. 
2. Shuni bilingki, kengga keng, torga tor dunyo. // Dunyoning kengga 
keng, torga tor ekanligini bilingki. 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling