Ergashgan qo`shma gap qismlarida ma’no munosabati, Ergashgan qo`shma gaplarda ergash gap va bosh gapning o`rni


Download 37.64 Kb.
Sana20.04.2020
Hajmi37.64 Kb.
#100417
Bog'liq
.Sintaksis (Qo'shma gap 3)


Ergashgan qo`shma gap qismlarini bog`lash uchun xizmat qiladigan vositalar, Ergashgan qo`shma gaplar tarkibidagi bog`lanish vositalarini izohlash, Ergashgan qo`shma gap qismlarida ma’no munosabati, Ergashgan qo`shma gaplarda ergash gap va bosh gapning o`rni, Ergashgan qo`shma gap va gap bo`laklari

Ergashgan qo`shma gap turlari
1.(05)Ega tobe (ergash) gapli qo`shma gapni toping

A) Qalb salomat bo`lsa, aql ham, fikr ham salomat bo`ladi.

B) Xalqimiz tushundiki, istiqlolni saqlash, uni rivojlantirish oson emas ekan.

C) Hayot qaysi biriga qattiq tegib ketsa, o`shanisi kuchliroq tovush beradi.

D) Unga tomon qancha yursang, u sendan shuncha uzoqlashadi.

E) Yutug`imiz shundaki, har bir xodim o`z vazifasini vijdonan bajaradi.

2. (06) Qaysi qatorda ega tobe gapli qo`shma gap berilgan?

A) Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. C) Iltimos qilaman, oldin rais so`zlasalar.

B) Kimdan xalqqa jabr-zulm sodir bo`lsa, u bizning dushmanimizdir.

D) Kelgusi taraqqiyot zamini shu – hamma kompyuterni ishlata bilishi va undan foydalana olishi shart.


3. (08) Nisbiy so`z yordamida birikkan ega ergash gapli qo`shma gapni toping.

A)Kimki ilm urug`ini sepsa, u ulug`lik mevasini teradi.

B) Shunisi qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi.

C) Eng yaxshi yo`l shuki, yaxshi do`st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi.

D) Bu savollardan ma’lum bo`ldiki, aybnoma uydirma emas.

4. (08) Ega ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang.

1) Kim ko`p o`qisa, dunyoqarashi keng bo`ladi.

2) Kim alam chekmaydi umrida bir bor, meni anglamas, anglamas aslo.

3) Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.

4) Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan.

A)2, 4 B)faqat 2 C)1,2,3,4 D) 1, 2, 4

5. (10) Ega tobe gapli qo`shma gapni aniqlang.

A) O`qish davrida Mavlonqulov qayerda bo`lsa, Mutalov ham shu yerda bo`lar edi.

B) Tanlov katta bo`lsa ham, ular ishonch bilan kelishgan.

C) Bu bo`stonda do`stlar bermasa ko`mak, Nasib bo`lmas maqsad gulini termak.

D) Kim mehnat qilsa, u rohat ko`radi.

6. (10) Tarkibida otlashgan sifat mavjud bo`lgan ega ergash gapli qo`shma gap ber-n qatorni aniqlang.

A) Kimning yuragida yaxshilik bo`lsa, u doimo boshqa odamlarga yaxshilikni ravo ko`radi.

B) Quvonarlisi shuki, sinfdagi hamma o`quvchilar bir-biri bilan ahil.

C) Shu narsa aniqki, xudbin hech qachon elga qayishmaydi.

D) Kimki rostgo`y, samimiy bo`lsa, u el o`rtasida qadr topadi.

7. (10) Berilgan qo`shma gaplarning qaysi birida ergash gap bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan egani izohlab kelgan?

A) Umidim uldurkim, so`zim martabasi avjdin quyi inmagay.

B) Kishi dardiga kim hamdard emasdir, kishi nazdida ul mard emasdir.

C) Kimki birovga choh qazisa, unga o`zi tushadi. D) Kimki yaxshi bo`lsa, doimo oshini yeydi.

8. (13) Qaysi javobda ega ergash gapli qo`shma gap berilgan?

A) Kimki rostgo`y, samimiy bo`lsa, u el o`rtasida qadr topadi.

B) Kimki yalqov bo`lsa, uning qo`lida obod yer ham xarob bo`ladi.

C) Kimning quroli bilim bo`lsa, uning kelajagi porloq.

D) Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qo`shilmaydi.

9. (13) Qaysi qatorda ega ergash gapli qo`shma gap berilgan?

A) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o`quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil.

B) Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog`ingiz darkor.

C) Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan.

D) Kimning aqli ko`p bo`lsa, ayblari yashirin va do`stlari ko`p bo`ladi.

10. (13) Quyida berilganlardan ega ergash gapli qo`shma gap(lar)ni aniqlang.

1) Barchamizga ma’lumki, inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib boradi.

2) Kimning qalbi pok bo`lsa, to`g`ri va baxtli hayot kechiradi.

3) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o`shaniki bo`ladi.

4) Vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to`kilgan muqaddas zamindir.

A)1,2 B)1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4

D) ega ergash gapli qo`shma gap berilmagan

11. (06) Qaysi qatorda to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap berilgan?

A) Shohga bildirdilarki, navkarlar boshqa bir puldor beklar xizmatiga o`tib ketadi.

B) Yutug`imiz shundaki, har bir xodim o`z vazifasini yaxshi biladi.

C) Ukam o`qisin deb, kitob sotib oldim.

D) Qayerda janjalli ish bo`lsa, o`sha kishini ro`para qilamiz.

12. Qaysi gapda so`roq olmoshi ko`rsatish olmoshi b-n ifodalangan to`ldiruvchiga ishora qilgan?

A) Kishi qayerda tug`ilib o`sgan bo`lsa, o`sha joyda doim ildiz otadi.

B) Kimki o`z ishidan rozi bo`lsa-yu shod bo`lsa, uning ishtahasi ham yaxshi bo`ladi.

C)Kimki bilimga tayansa, u doimo kamol topadi.

D)Kimki yaxshilik qilsa,unga ham yaxshilik qaytadi.

13. (09) Berilgan gaplarning qaysi biri to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap emas?

A) Shuni bilingki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. C) Barchasi to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

B) Shuni unutmasligingiz kerakki, Vatanning istiqboli sizning qo`lingizda.

D) Shunisi muhimki, biz kelajagi buyuk davlat farzandlarimiz.



14. (10) Bosh gapning to`ldiruvchisi vazifasidagi ko`rsatish olmoshi qo`llanmagan to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gapni aniqlang.

A) Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.

B) Shuni bilib qo`yginki, sen suyangan tog`ning tagi nurab qolgan.

C) Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan ko`ra yaqinroq kimsa yo`q.

D) Bilingki, jim turib salomat bo`lish gapirib malomatga qolishdan afzal.

15. (10) Tarkibida so`zlarning o`zaro teng bog`lanishi (so`z qo`shilmasi) mavjud bo`lgan to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang.

A) Kimki samimiy va pokdil bo`lsa, ishlari o`ngidan kelaveradi.

B) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o`shaniki bo`ladi.

C) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko`p bo`ladi.

D) Bilingki, aql bilan odob – jism bilan jon.

16. (11) Quyidagi qaysi qatorda to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap berilgan?

A) Hayotxon bu gapni shunday g`amgin tovush bilan aytdiki, G`ulomjon beixtiyor to`xtadi.

B) Yigitlar yuzlarini berkitsalar ham, qumlar yuzlariga qadalar edi.

C) U tarixchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar, tabiblar, binokorlarni o`z atrofiga yig`di.

D) Bilib qo`yki, sening ulug` noming bor.

17. (11) Qaysi qatorda bosh gapda qo`llanmagan to`ldiruvchini izohlab kelgan to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap berilgan?

A) Kun issiq edi, shuning u-n cho`milgani ketishdi.

B) Shuni bilingki, moshkichirining yaxshisi palovdan a’lo.

C) Abror bildiki, oson yo`l bilan maqsadga erishilmaydi.

D) Gap shundaki, butun qishloq qahramonni kutib olayotgani bilinsin.

18. (11) Qaysi qatorda nisbiy so`zli to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap berilgan?

A) Shuni bilingki, yaxshi odamlar oramizda ko`p.

B) Kim yaxshi o`qisa, uni hamma hurmat qiladi. D) Angladimki, til bilgan el biladi.

C) Kim halol mehnat qilsa, u el orasida obro` topadi.

19. (13) To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gapni toping.

A) Kimki harakatchan bo`lsa, u maqsadiga erishadi.

B) Naql qiladilarki, bir kishi sahroda borayotgan ekan.

C) Hunar shunday otdirki, mingan kishini rohat va e’tibor manziliga yetkazadi.

D) Kim o`zi harakat qilmasa, o`zidan ko`rsin.

20. (16) Ergash gap bosh gapdan keyin kelgan to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gapni aniqlang.

A) Bu oqpadar o`g`il bilmaydiki, o`zi jerkib, yerga urayotgan kishisi – otasi!

B) Kim mendan sir yashirsa, o`shanga qiziqaveraman.

C) Kim umumning manfaati uchun xizmat qilsa, uni xalq hamisha qo`llab-quvvatlaydi.

D) Alam qiladigan yeri shuki, bu qo`rg`onni ko`z oldimizda tiklatishdi.

21. (01) Qaysi qatordagi savolga aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap bilan javob berish mumkin?

A) Siz nimaga ishonasiz?

B) Kimni xalq hamisha qo`llab-quvvatlaydi?

C) Qayerda tinchlik barqaror bo`ladi?

D) Biz qanday davrda yashayapmiz? E) Vaziyat qanday?

22. (05) Aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap berilgan qatorni toping.

A) Har qancha uzr aytsam ham, inobatga o`tmadi.

B) Ko`ziga nima ko`rinsa, shu uni qiziqtira boshladi.

C) Bu shunday bir daraki, Rahimxon qirq ming askari bilan kelib yo`l topolmay ketgan.

D) Kelgusi taraqqiyot zamini shu – hamma kompyuterni ishlata bilishi va undan foydalana olishi shart.

E) Buni esdan chiqarmang: shu ozod va obod Vatan barchamizniki.

23. (08) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang.

1) Saxiylikni odat qilgan bo`lsa kim, Qo`lidan davlati ketmasin uning.

2) Bu suvni ichgandan so`ng kim yolg`on gapirsa, qulog`i o`sib ketarmish.

3) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi.

4) Vaziyat shundayki, hamma og`irlik bizga tushgan.

A)1, 3,4 B)1,2,3 C)1,2,3,4 D)2,3,4

24. (09) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang.

1)Kimning quroli bo`lsa, uni porloq kelajak kutadi.

2) Kimning ko`ngli to`g`ri bo`lsa, yo`li ham to`g`ri bo`ladi.

3) Hayot shundayki, uning sinovlaridan hamma ham muvaffaqiyatli o`tolmaydi.

4)Sevgi shunday navbahorki, u tikandan gul qilur.

A)2,4 B)1,2 C)1,2,3,4 D) 2, 3, 4

25. (11) Qaysi qatorda bosh gapga shart mayli shakli yordami bilan birikkan aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan?

A) Siz nimani tushunmasangiz, u sizga begona.

B) Joni doim xavf-xatarda bo`lsa ham, u hech narsadan tap tortmas ekan.

C)Kim tushunib o`qisa, uning bilimi mustahkam bo`ladi.

D) Muhabbat bilan do`stlik shunday bir ahil aks tasodifki, ular olgan narsasinigina bir-biriga qaytaradi.

26. (12) Qaysi qatorda aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan?

A) Agar odam o`z hayot yo`lida yangi do`st orttirmasa, u tezda yakkalanib qoladi.

B) Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar, shuning uchun ham ular marhamatli, oqko`ngil, xushmuomala va ko`ngilchandirlar.

C) Shunday jinoyat borki, uni oqlab bo`lmaydi.

D) Kitobning vazifasi hayotni bilishni osonlashtirish va tezlashtirishdir, lekin u hayotning o`rnini bosolmaydi.

27. (12) Qaysi gap ergashgan qo`shma gapning aniqlovchi ergash gapli turiga mansub?

A)Fikr tiniq bo`lsa, nutq ravon va chiroyli bo`ladi.

B) So`z shunday qurolki, u bilan eng yuksak cho`qqilarni zabt etish mumkin.

C) Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan odam qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi.

D) O`simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo`l hosil olasan.

28. (13) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan javobni aniqlang.

A) Ayrim shunday ishyoqmas odamlar bo`ladiki, ularning hech qachon biri ikki bo`lmaydi.

B) Amir Temur aytganidek, qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo`ladi.

C) Iltimos qilamanki, pastga tushsangiz.

D) Demokratik-huquqiy davlatni shakllantirish qonunning ustuvorligi, uning so`zsiz bajarilishini taqozo etadi.

29. (13) Havola bo`lak ishtirok etgan aniqlovchi ergash gapli qo`shma gapni aniqlang.

A) Kim birovga yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytadi.

B) Sizni qo`rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.

C)Sevgi shunday navbahorki, u tikandin gul qilur.

D)Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan kishi qanday sevinsa,Avaz ham bundan shunday quvonadi.

30.Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gapni toping.

A) Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag`ishlaydi, baxt keltiradi.

B) U shunday qobiliyatga ega ediki, bir marta eshitgan narsani hech o`zgarishsiz qayta hikoya qilib beraverardi.

C) Oltin, kumushi bo`lmagan odam kambag`al emas, balki kasb-hunari bo`lmagan odam kambag`aldir.

D) Jahl kelsa, aql qochadi.

31. (16) Qaysi javobda aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilmagan?

A) Kimning farzandlari undan yuz o`girsa, uning taskin topishi amrimahol.

B) Kimki oilani muqaddas bilmasa, u uchun muqaddas narsaning o`zi yo`q.

C) Kimki nuqul o`tmishidan nolisa, uning kelajagi ham barbod bo`ladi.

D) Kim ko`zguga ko`p qarasa, xotirasi susayib ketarkan.

32. (07) Qaysi javobda faqat hol ergash gapli qo`shma gaplar berilgan?

A) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko`p ediki, so`rab oxiriga yetolmasday ko`rindi.

Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf turganday ko`rinardi.

B) Yodingizda saqlangki, birovga yolg`on gapirish eng katta gunohdir.

Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.

C) Qayerda ahillik bo`lsa, o`sha yerda qut-baraka bo`ladi.

Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.

D) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding.

Oyna opa xatni oxirigacha o`qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.

33. (07) Nisbiy so`zlar yordamida bog`langan hol ergash gapli qo`shma gap berilgan javobni toping.

A) Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo`ladi.

B) Har kim o`z og`zining qorovuli bo`lsa, uning nafasi hech qachon bo`g`ilmaydi.

C) Nima ro`zg`orga kerak bo`lsa, dadam o`shani bozordan keltiraverardi.

D) Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat 5 ga tayin qilganmiz.

34. (08) O`rin ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang.

1) Katta arava qaysi yo`ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo`ldan yuradi.

2) Qayerda ish to`g`ri yo`lga qo`yilgan bo`lsa, o`sha yerda rivojlanish bo`ladi.

3) Qayerda ahillik bo`lsa, o`sha yerda qut-baraka bo`ladi.

4) Ahillik bor yerda temir suvga cho`kmaydi.

A)2,3,4 B)2,3 C)1,2,3,4 D)1,2,3

35. (12) Qaysi qatorda nisbiy so`zli hol ergash gapli qo`shma gap berilgan?

A)Bahor keldi, shuning uchun biz dala ishlarini boshladik.

B) Nur borki, soya bor.

C) Kim ko`p mehnat qilsa, u yo`qchilik zahmatini chekmaydi.

D) Men qanchalik yaqin borsam, u shunchalik uzoqlashadi.

36. (12) Dutor chalib o`tirsam, tori uzilib ketdi. Ushbu gap hol ergash gapning qaysi turiga mansub?

A) payt ergash gap B) o`rin ergash gap C) sabab ergash gap D) maqsad ergash gap

37. (12) Hol ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni toping.

A) Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko`rmagansan.

B) Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.

C) Berilgan gaplarning barchasi aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap sanaladi

D) Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.

38. (13) Hol ergash gapli qo`shma gap haqidagi to`g`ri fikrlarni aniqlang.

1) hol ergash gapli qo`shma gapdagi deb bog`lovchisi uchun ko`makchisi bilan erkin almasha oladi

2) hol ergash gapli qo`shma gaplarda har doim oldin bosh gap, keyin ergash gap keladi

3) hol ergash gap bosh gapga nisbiy so`zlar yordamida bog`lana oladi

4) hol ergash gapli qo`shma gaplar sodda gaplar bilan sinonim bo`la olmaydi

A) 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1, 3 D) 1, 2, 3, 4

39. (14) Havola bo`lak ishtirok etgan hol ergash gapli qo`shma gapni aniqlang.

A) Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi.

B) Hurmat qilsang, hurmat ko`rasan.

C) Sizni qo`rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.

D)Sevgi shunday navbahorki, u tikondin gul qilur

40. (16) Quyidagi gaplarning nechtasi havola bo`lakli hol ergash gapli qo`shma gaplar sanalmaydi?

1. Sizni qo`rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.

2. Bu gapdan Saida shunday hayajonlandiki, yuragi qinidan chiqquday bo`lib urib ketdi.

3. Hurmat qilsang, hurmat ko`rasan.

4. Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi.

5. Sevgi shunday navbahorki, u tikondin gul qilur.

A) 4 tasi B)2tasi C)3tasi D)1 tasi

41. (01) Bironta yirik badiiy asar yo`qki, unda mehribon jonkuyar odamlarning obrazi aks ettirilmagan bo`lsin. Ushbu gap…

A) natija ergash gapli qo`shma gap B) to`siqsiz ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

E) ega ergash gapli qo`shma gap

42. (01) Masalaning qizig`i shu yerdaki, ular uch soatda uch kunlik ishni bajarishgan. Ushbu gap –

A) o`rin ergash gapli qo`shma gap B) yoyiq o`rin holi qatnashgan sodda gap

C)kirish gap qatnashgan murakkablashgan sodda gap

D) kesim ergash gapli qo`shma gap

E) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

43. (02) Bundan chiqdiki, biz zolim boy ekanmiz-da! Ushbu gap –

A) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

C) ega ergash gapli qo`shma gap

D) kesim ergash gapli qo`shma gap

E) natija ergash gapli qo`shma gap

44. (02) Odamlar borki, bisotidagi bir hovuch so`zni aylantirib, oyligini olaveradi. Ushbu gap –

A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap B) ega ergash gapli qo`shma gap

C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

E) hol ergash gapli qo`shma gap

45. (09) 1. Aql qancha oz bo`lsa, shuhratparastlik shuncha kuchayadi.

2. Kimda aql oz bo`lsa, undagi shuhratparastlik shuncha kuchayadi.

3. Kimda aql oz bo`lsa, unda shuhratparastlik shuncha kuchayadi.

Berilgan ergashgan qo`shma gaplar qaysi turga mansub?

A) 1 – miqdor-daraja, 2 – aniqlovchi, 3 – to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

B) 1 – miqdor-daraja, 2, 3 – to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

C) 1, 2– miqdor-daraja, 3 – to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

D)1, 2, 3– miqdor-daraja ergash gapli qo`shma gap

46. (09) 1) Alam qiladigan joyi shundaki, uning yurak dardlarini hech kim tinglagisi kelmasdi.

2) Shunisi borki, biz mahallalarni obod qilishga o`z hissamizni qo`shishimiz kerak.

3) Kimki hayotga xo`mrayib boqsa, hayot ham unga zarda bilan qaraydi.

Ushbu gaplar qo`shma gapning qaysi turiga mansub?

A) 1, 2, 3 – to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gaplar

B) 1 – kesim, 2 – ega, 3 – to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

C) 1 – kesim, 2, 3 – ega ergash gapli qo`shma gap

D) 1, 3 – to`ldiruvchi, 2 – ega ergash gapli qo`shma gap

47. (10) Berilgan qo`shma gaplarning qaysilari havola bo`lakli qo`shma gap sanaladi?

1. Kimning himmati baland bo`lsa, uning qadr-qimmati ham baland bo`ladi.

2. Shuni bilki, yalqovlik muhtojlik eshigidir.

3. Kimningki qo`lidan yaxshilik kelmasa, u yomonlik qilishdan saqlansin.

4. Kishi dardiga kim hamdard emasdir, kishi nazdida ul mard emasdir.

A) 1, 3 B)2,4 C)1,2,3 D)1, 2,3, 4

48. (10) Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko`ylagiga qadaladigan 10-15 ta tugma sochilib yotibdi. Ushbu gap –

A) shart ergash gapli qo`shma gap B) payt ergash gapli qo`shma gap

C) to`siqsiz ergash gapli qo`shma gap D) murakkablashgan sodda gap

49. (10) Mehmonga borsang, mezbonga ko`proq yengillik kiritishga intil. Ushbu gap –

A) kesim tobe gapli qo`shma gap B) hol tobe gapli qo`shma gap

C) ega tobe gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap

50. (10) Har kimki hayotga xo`mrayib boqsa, hayot ham unga zarda bilan qaraydi.

Ushbu qo`shma gap turi haqida bildirilgan to`g`ri hukmni aniqlang.

1) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap 2) ega ergash gapli qo`shma gap

3) nisbiy so`zlar yordamida hosil bo`lgan qo`shma gap

4) havola bo`lakli qo`shma gap

A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 4

51. (10) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!” deb chaqirgan paytda, Saida qanchalik xursand bo`lgan bo`lsa, hujrasini ko`rib shunchalik ta’bi tirriq bo`ldi. Ushbu qo`shma gap –

A) payt ergash gapli qo`shma gap

B) daraja-miqdor ergash gapli qo`shma gap

C) qiyos ergash gapli qo`shma gap

D) murakkab qo`shma gap

52. (10) Qozonda nima tushgan bo`lsa, cho`michga ham o`sha chiqadi. Ushbu maqol –

A) sabab tobe gapli qo`shma gap

B) ega tobe gapli qo`shma gap

C) shart tobe gapli qo`shma gap

D) natija tobe gapli qo`shma gap

53. (10) Vatanni sevishimning sababi shundaki, u– mening kindik qonim to`kilgan muqaddas zamin.

Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turi hisoblanadi, uning tarkibida nechta ochiq bo`g`in mavjud?

A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap; 14 ta ochiq bo`g`in

B)kesim ergash gapli qo`shma gap;15ta ochiq bo`g`in

C) kesim ergash gapli qo`shma gap;13ta ochiq bo`g`in

D)sabab ergash gapli qo`shma gap;12ta ochiq bo`g`in

54. (11) Ona biladiki, endi har nahor Butun Vatan bo`ylab to`lishar bahor. Ushbu gap –

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

C) sabab ergash gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

55. (11) Ma’lumki, o`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Ushbu gap…

A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap D) ega ergash gapli qo`shma gap

56. (11) Kim sening kamchiliklaringni to`g`ri aytsa, u sening haqiqiy do`stingdir. Ushbu gap –

A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) ega ergash gapli qo`shma gap

57. (11) Buning natijasi shu bo`ldiki, To`laganning qanshariga musht tushdi.

Ushbu gap ergash gapli qo`shma gapning qaysi turiga kiradi?

A) kesim ergash gapli qo`shma gap B) natija (hol) ergash gapli qo`shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap D) ega ergash gapli qo`shma gap

58. (11) Mashina qaysi yo`ldan yursa, otliqlar xuddi shu yo`ldan yurmoqda edilar.

Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub?

A) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) ega ergash gapli qo`shma gap

59. (11) Otaning farzandi oldidagi qarzi shundan iboratki, unga yaxshi nom qo`yishi, ilm yo hunar o`rgatishi, uni mustaqil hayotga tayyorlashi kerak.

Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turi hisoblanadi?

A) to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap B) ega tobe gapli qo`shma gap

C) hol tobe gapli qo`shma gap

D) kesim tobe gapli qo`shma gap

60. (12) Bu suvni ichgandan so`ng kim yolg`on gapirsa, qulog`i o`sib ketarmish.

Ushbu qo`shma gap turi qaysi qatorda to`g`ri izohlangan?

A) hol ergash gapli qo`shma gap

B) payt ergash gapli qo`shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap D) ega ergash gapli qo`shma gap

61. (12) Biz istar edikki, yana go`zal hayotimizni aks ettiradigan rasmlar chizsangiz.

Ushbu gap haqidagi qaysi javob to`g`ri?

A) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap B) shart ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) kesim ergash gapli qo`shma gap

62. (12) Qayerda ahillik bo`lmasa, o`sha yerda bema’nilik ham avj oladi.

Ushbu gap qanday ergash gapli qo`shma gap?

A) hol ergash gapli qo`shma gap B) ega ergash gapli qo`shma gap

C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

63. (12) Vatanimiz kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotgan aholining katta qismini yoshlar tashkil qiladi. Ergashgan qo`shma gapning qaysi turi?

A) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap

C) ega ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap

64. (12) Amr qildilarki, vazirlar ushbu to`rt sifatga ega bo`lgan kishilardan bo`lishi lozim.

Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub?

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap

65. (12) Shunisi qiziqki, ularning ko`p odatlari bir-biriga o`xshab ketardi. Ushbu gap –

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

66. (12) Ayrim kishilar borki, onasini unutadi. gapi qanday ergash gapli qo`shma gap?

A) natija ergash gapli qo`shma gap B) sabab ergash gapli qo`shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap D) to`siqsiz ergash gapli qo`shma gap

67. (12) Kim birovga yaxshilik qilsa, …

Ushbu berilgan ergash gapda bosh gapni qo`shish orqali ergash gapli qo`shma gapning qaysi turini hosil qilish mumkin?

1) ega ergash gapli qo`shma gap

2) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

3) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

A)2,3 B)faqat 1 C)1,2,3 D)1,2

68. (12) Inson nimagaki erisholmasa, o`sha aziz tuyuladi. Ushbu gapning turini aniqlang.

A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap B) ega ergash gapli qo`shma gap

C) sodda gap D) hol ergash gapli qo`shma gap

69. (12) Bilingki, jim turib salomat bo`lish gapirib malomatga qolishdan afzal.

Ushbu gapning turini aniqlang.

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

70. (12) Biz istaymizki, kadrlarimiz rivojlangan davlatlarning mutaxassislaridan kam bo`lmasin.

Ushbu gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub?

A) kesim ergash gapli qo`shma gap B) hol ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

71. (12) Kim insonlikni o`zida sinab ko`rmagan bo`lsa, hech qachon odamlarni chuqur bilmaydi.

Quyidagi qo`shma gap tarkibidagi ergash gap bosh gapdagi qaysi bo`lakni izohlab kelgan?

A) egani B) to`ldiruvchini C) holni D) kesimni

72. (12) Bilamanki, g`isht qolipdan ko`chgan. Ushbu gap –

A) ega ergash gapli qo`shma gap

B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

D) kesim ergash gapli qo`shma gap

73. (12) Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan odam qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi. Ushbu gap ergash gapli qo`shma gapning qaysi turiga kiradi?

A) ega ergash gapli qo`shma gap

B) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

C) hol ergash gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

74.(13)Quyidagi ergash gaplarning turini aniqlang.

1) Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo`lsang, shuni bilmoq bizga farzdir.

2) Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulga tukondek oshyon bo`lmas emish.

3)O`zingga nima tilasang, birovga ham ravo ko`r.

4) Kimga mehr bermoqchi bo`lsam, mendan o`zini olib qochadi.

A) 1, 3, 4 – to`ldiruvchi ergash gap, 2 – hol ergash gap

B) 1, 3 – to`ldiruvchi ergash gap, 2 – hol ergash gap, 4 – ega ergash gap

C) 1 – aniqlovchi ergash gap, 2 – hol ergash gap, 3, 4 – to`ldiruvchi ergash gap

D) 1 – to`ldiruvchi ergash gap, 2 – hol ergash gap, 3, 4 – ega ergash gap

75. (13) Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat o`rniga aql-idrok, fikr, ilg`or texnologiyalar ahamiyat kasb etadi.

Ushbu gap turini aniqlang.

A) kesim ergash gapli qo`shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap

76. (13) Quyidagi gap haqidagi to`g`ri fikrni aniqlang.

Kishi dardiga kim hamdard emasdur, Kishi nazdida ul mard emasdur.

A) ega ergash gapli qo`shma gap

B) bog`lovchisiz qo`shma gap

C) hol ergash gapli qo`shma gap

D) qismlari uyushgan qo`shma gap

77. (13) Senga ola qarabdi kim, ko`r bo`lmay qolmas. Ushbu gap…

A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap B) hol ergash gapli qo`shma gap

C) ega ergash gapli qo`shma gap D) kesim ergash gapli qo`shma gap

78. (14) Ushbu gapning turini aniqlang. Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho.

A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

C) sodda gap D) bog`lovchisiz qo`shma gap

79. (14)Kim birovga chuqur qazisa,unga o`zi tushadi.

Ushbu gap haqidagi to`g`ri fikrlarni aniqlang.

1) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap; 2) ega ergash gapli qo`shma gap;

3) unga olmoshi ergash gapga ishora qiladi; 5) havola bo`lak ega bo`lib kelyapti.

4) unga olmoshi ergash gapdagi to`ldiruvchiga ishora qilgan;

A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 3

80. (14) Kimda g`am ko`p bo`lsa, o`sha – mening onam.

Berilgan gap haqidagi to`g`ri fikr(lar)ni toping.

1) ega ergash gapli qo`shma gap; 2) kesim ergash gapli qo`shma gap;

3) gapda olmoshning uch turi qatnashgan; 4) gapda ikkita shaxs oti qatnashgan.

A) 1, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1

81. (14) Kim el uchun ranj cheksa, ganjga muyassar bo`ladi.

Ushbu gap haqidagi to`g`ri fikrni aniqlang.

A) ega ergash gapli qo`shma gap

B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

C) hol ergash gapli qo`shma gap

D) bog`lovchisiz qo`shma gap

82. (14) Boshimini bilim kuchi uyg`otsa, bo`lg`usidir bizning uchun bayram. Ushbu gap turini aniqlang.

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) hol ergash gapli qo`shma gap

C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

83. (15) Kimki so`zni qadrlasa har qachon, O`z-o`zini qadrlagay begumon.

Berilgan gap ergash gapning qaysi turiga mansub?

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

C) kesim ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

84. (15) Otaga shunday o`g`il zarurki, u ikki girdob: olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa olsin. Ushbu ergashgan qo`shma gap turini toping.

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

C) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap D) hol ergash gapli qo`shma gap

85. (15) Go‘zallik shundan iboratki, u insonda mehr-muhabbat, shodlik, erkinlik va shunga o‘xshash tuyg‘ularni uyg‘ota olishi shart. Ushbu qo‘shma gap turini toping va so‘zga yangi ma’no beruvchi nechta qo‘shimcha qatnashgan?

A) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, beshta ko‘makchi morfema

B) kesim ergash gapli qo‘shma gap, to‘rtta ko‘makchi morfema

C) kesim ergash gapli qo‘shma gap, beshta ko‘makchi morfema

D) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap, beshta ko‘makchi morfema

86. (16) Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining keyingi bo`y-basti, salobati unga bog`liq bo`ladi. Ushbu qo`shma gap haqida berilgan to`g`ri fikrlarni aniqlang.

1) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap 2) havola bo`lakli qo`shma gap

3) ergash gapga havola qilgan bo`lak to`ldiruvchi vazifasini bajargan

4) qo`shma gapning hokim va tobe qismlari nisbiy so`zlar vositasida bog`langan

A) 2, 3 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 2

87. (16) Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi. Ushbu gap haqidagi noto`g`ri fikrlarni aniqlang.

1) ergash gapga havola qiluvchi bo`lak tarkibida jarangli til va lab undoshlari qatnashgan

2) bir-birini taqozo qilgan bo`laklar (nisbiy so`zlar) bir xil gap bo`lagi vazifasida kelgan

3) bir-birini taqozo qilgan bo`laklar har xil gap bo`lagi vazifasida kelgan

4) ergash gapga havola qilgan bo`lak momustaqil kesimga ergashgan

A) 2, 4 B) 1, 3, 4 C) 1 D) 1, 4

88. (16) Ba'zi kishilar borki, tanqidni yoqtirmaydilar. Qo`shma gapning turini aniqlang.

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

89. (16) Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymon kafan.

Berilgan ergash gapli qo`shma gapning turini aniqlang.

A) ega ergash gapli qo`shma gap B) kesim ergash gapli qo`shma gap

C) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap

90. (16) Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, ularni jam etgan holda bir kitob yozmog`ingiz darkor. Ushbu ergashgan qo`shma gap haqidagi fikrlarning nechtasi to`g`ri?

1) bosh va ergash gap nisbiy so`z orqali bog`langan;

2) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap;

3) bosh gap qismi egasi yashiringan gap;

4) ergashgan qo`shma gap qismlarini bog`lovchi nisbiy so`zlar hokim qismga bitishuv va boshqaruv usulida bog`langan.

A) ikkitasi B) bittasi

C) uchtasi D) to`rttasi

91. (16) Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, ularni jam etgan holda bir kitob yozmog`ingiz darkor.

Ushbu ergashgan qo`shma gap haqidagi fikrlarning nechtasi noto`g`ri?

1) bosh va ergash gap nisbiy so`z orqali bog`langan;

2) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap;

3) bosh gap qismi egasi yashiringan gap;

4) ergashgan qo`shma gap qismlarini bog`lovchi nisbiy so`zlar hokim qismga bitishuv va boshqaruv usulida bog`langan.

A) ikkitasi B) bittasi

C) uchtasi D) to`rttasi

92. (16) 1. Kimki o`rganishni or bildi, Har qadamda o`zini xor bildi.

2. Kimki birovga choh qazisa, unga o`zi tushadi.

3. Kimki o`zining ma’naviy quvvatidan foydalanmasa, bu quvvat tark etadi.

4. Agar piyola bexosdan sinsa, qayg`urmang, bu – baxtdan nishona.

5. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygan edi, katta ko`zlari dumaloq shakl olgan edi.

Ushbu gaplar haqidagi to`g`ri ma’lumotlarni aniqlang.

1) 1-gap to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap

2) 2-gap ega ergash gapli qo`shma gap

3) 3-gap ega ergash gapli qo`shma gap

4) 4-gap murakkab qo`shma gap

5) 5-gap bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap

A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5


53. (16) Havola bo`lakli qo`shma gap haqidagi nechta hukm noto`g`ri?

1. Havola bo`lakli qo`shma gaplar har doim sodda gap bilan sinonim bo`la oladi.

2. Havola bo`lakli qo`shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin.

3. Bosh gapni ergash gap tarkibidagi olmosh o`rniga qo`yish mumkin.

4. Havola bo`lakli qo`shma gaplarda bosh gap tarkibida ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo`lishiga ishora (havola) qiladigan ko`rsatish olmoshlari ishtirok etadi.

A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 1 ta





Download 37.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling