@Milliy_til_1
Javohir Yo’ldoshev
ONA TILI VA ADABIYOT 9
1. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasida
kelgan jamlovchi son qatnashgan?
A) Shundan keyin uchalasi o‘rmonda
do‘stona yashay boshladi.
B) Ishchilardan ikkitasini uzoq viloyatga ish
safariga jo‘nating.
C) Ularning ikkovi bilan ham alohida-
alohida gaplashib qo‘yaman.
D) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam
sig‘adigan yigit bo‘libdi.
2. Tuyuq haqida berilgan qaysi ma’lumot
to‘g‘ri emas?
A) Tuyuqlar turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti
ta’sirida vujudga kelgan.
B) Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat
bo‘lishi kerak va har doima-a-a-atarzida
qofiyalanishi, ya’ni har to‘rtala misra o‘zaro
qofiyalanishi shart.
C) Tuyuqda ijodkor tajnisni yuzaga keltirish
uchun bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy
(original, ya’ni bir martalik) shakldoshliklar
yaratishi mumkin.
D) Tuyuq ramali musaddasi mahzuf (yoki
maqsur) vaznida yoziladi.
3. "...ning zulmini iqror etish haqiqatan ham
taajjubka loyiq edi. ...ning Turkiston
xonlig‘ining eng zolim va mustabid
sanalg‘an beklarining biri va uning o‘z
qaramog‘ida bo‘lg‘an Toshkand aholisig‘a
qilg‘an zulmlari Farg‘onaga doston. . .
"O‘tkan kunlar" romanidan olingan
ushbu parchada fikr yuritilgan Toshkent
aholisini o‘z istibdodidan to‘ydirgan zolim
bek nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) Xudoyorxon
B) Normuhammad qushbegi
C) Azizbek
D) Musulmonqul
4. Qaysi javobda ko‘makchi vazifasida
qo‘llana oladigan fe’l turkumiga mansub
so‘zlar keltirilgan?
A) avval, boshlab
B) bo‘ylab, qarab
C) o‘zga, muvofiq
D) doir, uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |