Ergashgan qo’shma gap test
Download 16.68 Kb.
|
ERGASHGAN QO\'SHMA GAP
ERGASHGAN QO’SHMA GAP TEST 1.Ega tobe (ergash) gapli qo`shma gapni toping A) Qalb salomat bo`lsa, aql ham, fikr ham salomat bo`ladi. B) Xalqimiz tushundiki, istiqlolni saqlash, uni rivojlantirish oson emas ekan. C) Hayot qaysi biriga qattiq tegib ketsa, o`shanisi kuchliroq tovush beradi. D) Unga tomon qancha yursang, u sendan shuncha uzoqlashadi. E) Yutug`imiz shundaki, har bir xodim o`z vazifasini vijdonan bajaradi. 2.Qaysi qatorda ega tobe gapli qo`shma gap berilgan? A) Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. C) Iltimos qilaman, oldin rais so`zlasalar. B) Kimdan xalqqa jabr-zulm sodir bo`lsa, u bizning dushmanimizdir. D) Kelgusi taraqqiyot zamini shu – hamma kompyuterni ishlata bilishi va undan foydalana olishi shart. 3.Nisbiy so`z yordamida birikkan ega ergash gapli qo`shma gapni toping. A)Kimki ilm urug`inisepsa, u ulug`lik mevasini teradi. B) Shunisi qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi. C) Eng yaxshi yo`l shuki, yaxshi do`st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi. D) Bu savollardan ma’lum bo`ldiki, aybnoma uydirma emas. 4. Ega ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1) Kim ko`p o`qisa, dunyoqarashi keng bo`ladi. 2) Kim alam chekmaydi umrida bir bor, meni anglamas, anglamas aslo. 3) Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. 4) Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan. A)2, 4 B)faqat 2 C)1,2,3,4 D) 1, 2, 4 5.Ega tobe gapli qo`shma gapni aniqlang. A) O`qish davrida Mavlonqulov qayerda bo`lsa, Mutalov ham shu yerda bo`lar edi. B) Tanlov katta bo`lsa ham, ular ishonch bilan kelishgan. C) Bu bo`stonda do`stlar bermasa ko`mak, Nasib bo`lmas maqsad gulini termak. D) Kim mehnat qilsa, u rohat ko`radi. 6.Tarkibida otlashgan sifat mavjud bo`lgan ega ergash gapli qo`shma gap ber-n qatorni aniqlang. A) Kimning yuragida yaxshilik bo`lsa, u doimo boshqa odamlarga yaxshilikni ravo ko`radi. B) Quvonarlisi shuki, sinfdagi hamma o`quvchilar bir-biri bilan ahil. C) Shu narsa aniqki, xudbin hech qachon elga qayishmaydi. D) Kimki rostgo`y, samimiy bo`lsa, u el o`rtasida qadr topadi. 7.Berilgan qo`shma gaplarning qaysi birida ergash gap bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan egani izohlab kelgan? A) Umidim uldurkim, so`zim martabasi avjdin quyi inmagay. B) Kishi dardiga kim hamdard emasdir, kishi nazdida ul mard emasdir. C) Kimki birovga choh qazisa, unga o`zi tushadi. D) Kimki yaxshi bo`lsa, doimo oshini yeydi. 8.Qaysi javobda ega ergash gapli qo`shma gap berilgan? A) Kimki rostgo`y, samimiy bo`lsa, u el o`rtasida qadr topadi. B) Kimki yalqov bo`lsa, uning qo`lida obod yer ham xarob bo`ladi. C) Kimning quroli bilim bo`lsa, uning kelajagi porloq. D) Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qo`shilmaydi. 9. Qaysi qatorda ega ergash gapli qo`shma gap berilgan? A) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o`quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. B) Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog`ingiz darkor. C) Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. D) Kimning aqli ko`p bo`lsa, ayblari yashirin va do`stlari ko`p bo`ladi. 10.Quyida berilganlardan ega ergash gapli qo`shma gap(lar)ni aniqlang. 1) Barchamizga ma’lumki, inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib boradi. 2) Kimning qalbi pok bo`lsa, to`g`ri va baxtli hayot kechiradi. 3) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o`shaniki bo`ladi. 4) Vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to`kilgan muqaddas zamindir. A)1,2 B)1, 2, 3, 4C) 1, 3, 4 D) ega ergashgapli qo`shma gap berilmagan 11.Qaysi qatorda to`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap berilgan? A) Shohga bildirdilarki, navkarlar boshqa bir puldor beklar xizmatiga o`tib ketadi. 3) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. 4) Vaziyat shundayki, hammaog`irlik bizga tushgan. A)1, 3,4 B)1,2,3 C)1,2,3,4 D)2,3,4 12. Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1)Kimning quroli bo`lsa, uni porloq kelajak kutadi. 2) Kimning ko`ngli to`g`ri bo`lsa, yo`li ham to`g`ri bo`ladi. 3) Hayot shundayki, uning sinovlaridan hamma ham muvaffaqiyatli o`tolmaydi. 4)Sevgi shunday navbahorki, u tikandan gul qilur. A)2,4 B)1,2 C)1,2,3,4 D) 2, 3, 4 13. Qaysi qatorda bosh gapga shart mayli shakli yordami bilan birikkan aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan? A) Siz nimani tushunmasangiz, u sizga begona. B) Joni doim xavf-xatarda bo`lsa ham, u hech narsadan tap tortmas ekan. C)Kim tushunib o`qisa, uning bilimi mustahkam bo`ladi. D) Muhabbat bilan do`stlik shunday bir ahil aks tasodifki, ular olgan narsasinigina bir-biriga qaytaradi. 14.Qaysi qatorda aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap berilgan? A) Agar odam o`z hayot yo`lida yangi do`st orttirmasa, u tezda yakkalanib qoladi. B) Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar, shuning uchun ham ular marhamatli, oqko`ngil, xushmuomala va ko`ngilchandirlar. C) Shunday jinoyat borki, uni oqlab bo`lmaydi. D) Kitobning vazifasi hayotni bilishni osonlashtirish va tezlashtirishdir, lekin u hayotning o`rnini bosolmaydi. 15.Qaysi gap ergashgan qo`shma gapning aniqlovchi ergash gapli turiga mansub? A)Fikr tiniq bo`lsa, nutq ravon va chiroyli bo`ladi. B) So`z shunday qurolki, u bilan eng yuksak cho`qqilarni zabt etish mumkin. C) Birinchi qaldirg`och parvozini ko`rgan odam qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi. D) O`simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo`l hosil olasan. Download 16.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling