:
O`tkazgichni zaryadlash uchun zaryadlar orasidagi o‘zaro itarish kuchini yengishda ish bajariladi. Bu
ish hisobiga, o‘tkazgich energiyaga ega bo‘ladi. Zaryadlangan jismning olgan energiyasi miqdor jihatdan
(Wel – bu energiya elektr maydon energiyasi deb ataladi) uni zaryadlashda bajarilgan ishning miqdoriga
aynan teng bo‘ladi, ya’ni A = Wel. O‘tkazgichni zaryadlashda bajarilgan ish qanday hisoblanadi? Dastlab
jism zaryadlanmagan bo‘lsa, uning potensiali nolga teng bo‘ladi. Unga q zaryad berilsa, uning potensiali
noldan φ gacha o‘zgaradi. Jismni zaryadlashda bajarilgan ish:
A = q · φ
o‘rt
Har bir kondensator nafaqat o‘zida zaryad to‘plash, shuningdek, energiya to‘plash xususiyatiga ham ega.
Kondensator olgan energiya qoplamalar orasidagi muhutda bo‘ladi. Bu energiyani kondensatorda uzoq vaqt
davomida saqlab bo‘lmaydi. Kondensator olgan zaryadini vaqt o‘tishi bilan uni o‘rab turgan atrof muhitga
uzatadi.Kondensator elektr qarshiligi kichik bo‘lgan zanjir orqali zaryadsizlanganda, o‘z energiyasini deyarli
bir zumda beradi.
IV. O`rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
ERGASHOV JALOLIDDIN +998911595353
O`qituvchi o`quvchilar bajargan yozma va og`zaki javoblar uchun qo`yilgan baholarni e`lon qiladi va
yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:
O`rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |