Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Bozor segmentasiyasi deganda nimani tushunasiz? 2. Bozor segmentasiyasining qanday turlarini bilasiz? 3. Bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering. 4. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz? 5. Differensiallangan marketing strategiyasi deganda nimani tushunasiz? 6. Konsentrlangan marketing strategiyasining mazmuni nimadan iborat? 7. Makrosegmentlash deganda nimani tushunasiz? 8. Mikrosegmentlash deganda nimani tushunasiz? 9. Avvaldan segmentlash deganda nimani tushunasiz? 10. Tovarni pozitsiyalashtirish deganda nimani tushunasiz? 148 9-BOB. TOVAR SIYOSATI 9.1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Bular fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi mumkin. Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir. Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi. Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib, AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan. Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi. Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir. Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar. Tovarning uch darajali klassik modeli 9.1-rasmda keltirilmoqda. Tovar assortimenti – bu ishlatilish tamoyillari bo‘yicha bir – biriga o‘xshash, maqsadli auditoriyalari, siljitish uslublari hamda narx diapazoniga tegishli o‘xshash tovarlar yoki xizmatlar guruhidir. Tovar nomenklaturasi – bu korxonaning barcha tovar assortimentlari va jihozlari yig‘indisidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling