Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3-rasm. Tovarni pozitsiyalashtirishning asosiy belgilari
8.6. Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish
Tovarni bozorni pozitsiyalashtirish – bu alohida bozor segmentlarida mahsulot konsepsiyasini aniqlash texnologiyasidir. Pozitsiyalashtirishning maqsadi – mavjud 146 va shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot parametrlariga bo‘lgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu segmentida mahsulotni raqobatli ustunligini ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini marketing chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan tuzishdan iborat. Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifni muhim tavsifnomalarini, xarid to‘g‘risida qaror qabul qilishda mo‘ljal bo‘lib hisoblanuvchi omillar ta’sirini o‘rnatish va o‘rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa, mahsulot sifati, sifat darajasi, ishonchliligi, energohajmi, dizayni va tovarni raqobatbardoshligini boshqa ko‘rsatkichlari bo‘lishi mumkin. 8.3-rasm. Tovarni pozitsiyalashtirishning asosiy belgilari Tovarni bozorda pozitsiyalashtirishni to‘g‘ri tashkil etilishi marketing rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti bo‘lib hisoblanadi. Pozitsiyalashtirish differensiatsiya strategiyasini amalga oshirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar tomonidan 1979 yilda pozitsiyalashtirish konsepsiyasi taklif etilgan. Aniq pozitsiyalashtirish uchun firma pozitsiyalashtirish belgisini o‘rnatish kerak. Pozitsiyalashtirish belgisi – xarid motivatsiyasi manbasi yoki asosiy tovarning iste’molchi nuqtai nazaridan foydaliligidir. Raqobatchiga nisbatan tovar pozitsiyalashtirish belgisi ikkita usuldan biri bo‘lishi mumkin: Pozisiyalashtirish belgisi Narx darajasi Tovarning yuqori sifati Imij Qo'llash usuli Turli naflarning mazmuni Boshqa 147 1) raqobatchiga o‘xshash – bu holatda firma bozordagi raqobatchini siqib chiqarish vazifasini hal qiladi. 2) Noyob. Birinchi strategiyada quyidagi uch xil sharoitdan bittasini qo‘llab – quvvatlash maqsadga muvofiq: - Firma raqobatchi tovaridan ustun tovarlarni yaratish mumkin; - Bozor bir necha raqobatchilarni yig‘dirish holatidadir; - Firma pozitsiyalashtirayotgan tovar bo‘yicha resurs va imijga ega bo‘ladi. Ikkinchi strategiya esa: -firma noyob tovarlarni ishlab chiqarish uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga ega bo‘ladi; -noyob tovarning potensial iste’molchilarining etarli soni mavjud bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling