Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163
Bog'liq
Marketing

 
13.6. Raqobat konsepsiyasi 
Maykl Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat 
konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan 
foydalana olish qobiliyati faqatgina o‘zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, 
balki shu bozordagi potensial raqiblar, o‘rinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib 
beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog‘liqdir. Potensial raqiblar va o‘rinbosar 
tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg‘otsa, mijozlar va etkazib beruvchilar esa 


238 
o‘zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (rasmga qarang). Mana shu 
kuchlarning o‘zaro ta’siri oxir-oqibatda tovar bozorining rentabelligini belgilaydi. 
Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar turli bozorlarda turlicha 
bo‘lishi mumkin (13.9-rasm). 
13.9-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi 
 
Raqobatning besh kuchi quyidagilar: 
• Mavjud kompaniyalar uchun yangi raqobatchilar, yangi qatnashuvchilarni 
bozorda paydo bo‘lishi imkoniyati; 
• Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilariga ta’minotchilaning ta’sir etish 
imkoniti; 
• Xaridorlarning bozorda hukmronligi (rыnochnaya vlast); 
• Ma’lum tovar o‘rinbosarlarining bozorda paydo bo‘lish imkoniyati; 
• Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat. 
Birinchi kuch, bozorda mavjud kompaniyalar tomonidan to‘siqlar mavjud 
bo‘ladi.Tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar turli sabablarga ko‘ra tug‘ilishi mumkin va turli 
xarakterga egadir. 
Tarmoqqa raqobatchilarni kirishini cheklash, to‘siqlarni tug‘dirish, yaratish 
uchun 6 ta shart-sharoit ko‘rsatiladi: 
• Ishlab chiqarishning yuqori masshtabi,tejashni yaratadi,qachonki bozorda 
Potensial 
raqobatchilar 
O’rinbosarlar 
Ta’minotchilar 
Mijozlar 
Tarmoqdagi raqobatchilar 
Ishlayotgan firmalar o’rtasidagi 
raqobat 
Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi 
O’rinbosar tovarlar xavfi 
Etkazib 
beruvchilarning 
savdolashish 
qobiliyati 
Mijozlarning 
savdolashish 
qobiliyati 


239 
yangi kompaniya xulq atvoriga juda ta’sir etadi.Masshtab hisobiga tejash yangi firma 
uchun uncha qat’iy bo‘lmagan sharoitdir. 
• Maxsulot differensiatsiyasi 
• Nisbatan yuqori xarajatlar 
• Kapitalga ehtiyoj 
• Taqsimot kanallari.
Masalan: Mobil aloqa bozorida yangi raqiblarni kelish imkoniyati uncha katta 
emas.Bu shu bilan tushuntiriladiki,bozor shakllangan faoliyatni amalga oshirishi 
uchun katta xarajatlar talab etiladi,shuningdek tarmoqqa kirishdagi yuqori to‘siqlar 
bilan birgalikda. Bu ushbu tarmoqning faoliyatida raqobat kuurashida aks etadi va 
uning xususiyatlarini yaratadi. Bozor ishtirokchilari yangi kompaniyalar tamonidan 
raqobatdan qo‘rqmaydi. 
Ikkinchi kuch ta’minotchilarni bozor kuchi. 
U ular taklif etayotgan tovarlavr yoki xizmatlarni narxini va sifatini o‘zgarishi 
imkoniyati bilan ifodalanadi. 
Ta’minotchilar imkoniyatini raqobatga ta’sirini ta’minlaydigan bir qator omillar 
ajratiladi: 
• Agar tarmoqda uncha ko‘p sonli bo‘lmagan kompaniyalar bo‘lsa va ular 
cheklangan sonli xom-ashyo ta’minotchilari bilan ishlasa, ularning raqobat holatiga 
ta’siri aniq bo‘ladi; 
• Agar maxsulot nodir bo‘lsa, ta’minotchi tarmoqdagi raqobatga ta’sir 
ko‘rsatadi; 
• Ta’minotchilar tarmoqdagi raqobatga ta’sir etishi mumkin; 
• Ta’minotchilar tarmoqqa kirishga aniq harakatlar yordamida xalaqit berishi 
mumkin; 
• Ta’minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi. 
Bu juda xavfli holat ,ta’minotchi o‘z narxini qo‘yib,xaridor qiziqishlarini 
hisobga olmay,istimolchilar tamonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarni qo‘llab-
quvvatlamaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling