Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.9-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi
13.6. Raqobat konsepsiyasi Maykl Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o‘zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potensial raqiblar, o‘rinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog‘liqdir. Potensial raqiblar va o‘rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg‘otsa, mijozlar va etkazib beruvchilar esa 238 o‘zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (rasmga qarang). Mana shu kuchlarning o‘zaro ta’siri oxir-oqibatda tovar bozorining rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar turli bozorlarda turlicha bo‘lishi mumkin (13.9-rasm). 13.9-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi Raqobatning besh kuchi quyidagilar: • Mavjud kompaniyalar uchun yangi raqobatchilar, yangi qatnashuvchilarni bozorda paydo bo‘lishi imkoniyati; • Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilariga ta’minotchilaning ta’sir etish imkoniti; • Xaridorlarning bozorda hukmronligi (rыnochnaya vlast); • Ma’lum tovar o‘rinbosarlarining bozorda paydo bo‘lish imkoniyati; • Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat. Birinchi kuch, bozorda mavjud kompaniyalar tomonidan to‘siqlar mavjud bo‘ladi.Tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar turli sabablarga ko‘ra tug‘ilishi mumkin va turli xarakterga egadir. Tarmoqqa raqobatchilarni kirishini cheklash, to‘siqlarni tug‘dirish, yaratish uchun 6 ta shart-sharoit ko‘rsatiladi: • Ishlab chiqarishning yuqori masshtabi,tejashni yaratadi,qachonki bozorda Potensial raqobatchilar O’rinbosarlar Ta’minotchilar Mijozlar Tarmoqdagi raqobatchilar Ishlayotgan firmalar o’rtasidagi raqobat Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi O’rinbosar tovarlar xavfi Etkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati Mijozlarning savdolashish qobiliyati 239 yangi kompaniya xulq atvoriga juda ta’sir etadi.Masshtab hisobiga tejash yangi firma uchun uncha qat’iy bo‘lmagan sharoitdir. • Maxsulot differensiatsiyasi • Nisbatan yuqori xarajatlar • Kapitalga ehtiyoj • Taqsimot kanallari. Masalan: Mobil aloqa bozorida yangi raqiblarni kelish imkoniyati uncha katta emas.Bu shu bilan tushuntiriladiki,bozor shakllangan faoliyatni amalga oshirishi uchun katta xarajatlar talab etiladi,shuningdek tarmoqqa kirishdagi yuqori to‘siqlar bilan birgalikda. Bu ushbu tarmoqning faoliyatida raqobat kuurashida aks etadi va uning xususiyatlarini yaratadi. Bozor ishtirokchilari yangi kompaniyalar tamonidan raqobatdan qo‘rqmaydi. Ikkinchi kuch ta’minotchilarni bozor kuchi. U ular taklif etayotgan tovarlavr yoki xizmatlarni narxini va sifatini o‘zgarishi imkoniyati bilan ifodalanadi. Ta’minotchilar imkoniyatini raqobatga ta’sirini ta’minlaydigan bir qator omillar ajratiladi: • Agar tarmoqda uncha ko‘p sonli bo‘lmagan kompaniyalar bo‘lsa va ular cheklangan sonli xom-ashyo ta’minotchilari bilan ishlasa, ularning raqobat holatiga ta’siri aniq bo‘ladi; • Agar maxsulot nodir bo‘lsa, ta’minotchi tarmoqdagi raqobatga ta’sir ko‘rsatadi; • Ta’minotchilar tarmoqdagi raqobatga ta’sir etishi mumkin; • Ta’minotchilar tarmoqqa kirishga aniq harakatlar yordamida xalaqit berishi mumkin; • Ta’minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi. Bu juda xavfli holat ,ta’minotchi o‘z narxini qo‘yib,xaridor qiziqishlarini hisobga olmay,istimolchilar tamonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarni qo‘llab- quvvatlamaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling