Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
13.7-rasm. Mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik ko‘rsatkichlari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va mikdori, ilg‘or tajriba natijalariga javob beruvchi va alohida xususiyatlari. Mahsulot raqobati Iste’mol xossalari bo’yicha o’xshash, biroq turli firmalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar o’rtasida Bir xil maqsadga mo’ljallangan, lekin parametrlarida jiddiy farqlar bo’lgan mahsulotlar o’rtasida (avtomobil quvvati o’rtasidagi farqlar) Bir xil talabni turli usullar bilan qondiradigan mahsulotlar o’rtasida (sport va dam olish uchun mo’ljallangan tovarlar) Mahsulotlarni taqqoslash bo’yicha Raqobat usuli bo’yicha Bir mahsulotni boshqasiga qarshi qo’yishda asosiy parametr sifatida narx qaraladi Bir mahsulotni boshqasiga qarshi qo’yish sifat parametrlari asosida qaraladi Funksional Shakl Narxli Narxsiz Firmalararo 235 Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko‘paytirish va mehnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo‘limlarining muhim vazifasidir. Reslublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan va texnika yutuqlarini tobora kengroq, qo‘llashning asosidir. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar 13.8-rasmda keltirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling