Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
13.5. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari Raqobatbardoshlik – kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va ushbu ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir. Raqobatbardoshlik ko‘p darajali shakllarga ega: • tovarning raqobatbardoshligi; • xodimning raqobatbardoshligi; • tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi; • tarmoqning raqobatbardoshligi; • mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi). Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari o‘rtasida jips ichki va tashqi o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Mamlakat va tarmoqning raqobatbardoshligi pirovardida muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish qobiliyatiga bog‘liq. Raqobatbardoshlikning mazmuni va mikro va makro darajadagi shakllari keltirilgan. Makrodarajadagi raqobatbardoshlikni baholashda mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholashda firmaning raqobatbardoshligini baholash ko‘zda tutiladi. Iqtisodiyotni globallashtirish davrida uning samaradorligi va 233 ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "raqobatbardoshlik" tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang‘ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi. O‘zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish, yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab etiladi. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar 13.7 - rasmda keltirilgan. Ularni 3 ta turga ajratish mumkin: •funksional xususiyati; •firmalararo ta’siri; •shakli bo‘yicha mahsulotlarni solishtirish mumkin. Mahsulot bo‘yicha raqobatning ikkita usuli mavjud bo‘lib, ularga narxli va narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin. Mahsulotning raqobatbardoshligi bozor ulushi, talab dinamikasi, talabning elastikligi kabi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. Uning omillariga esa narx-sifat, savdodan keyingi xizmat, etkazib berish shartlari, iste’mol xarajatlari kiradi. Tovarning sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‘z ichiga ko‘plab elementlarni oladi. Bular 234 birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling